So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Iqtisodiyot

    Shri-Lanka: qanday qilib o’zgarmas hokimiyat mamlakatni bu ahvolga tushirgani, uning oqibatlari, hozirgi vaziyati va keyingi taqdiri haqida umumiy tahlil

    14.07.2022, 23:09 33876

    13-iyul kuni Shri-Lankadagi prezident saroyining bosib olinishi bilan birga ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng prezident Gotabaya Rajapaksa mamlakatni tark etib, Maldiv orollariga uchib ketgani ma’lum bo‘ldi.

    Shri-Lankaning Jaffna shahridagi otasining Tuk-tuk (an'anaviy taksi)

    Shri-Lankaning Jaffna shahridagi otasining Tuk-tuk (an'anaviy taksi) "derazasida" yosh qiz
    Foto: Natalya Davidovich / Shutterstock

    12-iyulda prezidentning ukasi va sobiq moliya vaziri Basil Rajapaksa ham mamlakatni tark etishga uringan, biroq Kolombo aeroportida to‘xtatilgan.

    Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa mamlakatni tark etgach, bosh vazir Ranil Vikramasingxe prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Parlament 20-iyulda yangi prezidentni saylaydi.

    Namoyishchilarning ta’kidlashicha, u va muvaqqat hukumat Shri-Lankani eng og‘ir iqtisodiy inqirozdan olib chiqishdek qiyin vazifani bajaradi.

    Prezident binosi ichidagi namoyishchilar

    Prezident binosi ichidagi namoyishchilar
    Foto: Chamila Karunarathe / EPA

    Shri-Lanka may oyida ikkita suveren obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lamaganligi sabab 30 kunlik imtiyozli davr tugaganidan keyin defoltga uchradi.

    Bu mamlakat 1948-yilda Britaniyadan mustaqillikka erishganidan beri suveren qarz bo‘yicha birinchi defolt bo‘ldi.

    Bunday keskin inqiroz sabablaridan biri koronavirus pandemiyasi davrida sayyohlar sonining kamayishi, chet eldan pul o‘tkazmalarining qisqarishi natijasida yuzaga kelgan valyuta tanqisligidir.

     

    Ikkinchi muhim sabab prezident tomonidan e’lon qilingan to‘liq organik dehqonchilikka o‘tish munosabati bilan mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning kamaygani bo‘ldi.

    Mamlakatga kimyoviy o‘g‘itlarni olib kirish taqiqlandi va bunday qaror natijasida guruch kabi asosiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi keskin qisqardi.

    Shundan so‘ng bunday mahsulotlarni mamlakatga chet el valyutasida olib kirishga to‘g‘ri keldi.

    Xuddi shu sababdan choy va kokos moyi kabi eksport tovarlari ishlab chiqarish hajmi pasayib, budjetga valyuta tushumi kamaydi.

    Iyun oyi boshidagi Shri-Lankaning Kandi shahrida joylashgan bozor 

    Iyun oyi boshidagi Shri-Lankaning Kandi shahrida joylashgan bozor 
    Foto: Buddhika Weerasinghe/Bloomberg

    Iyun oyi o‘rtalarida Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikramasingxe mamlakat banklarining moliyaviy ahvoli yomon ekanligini bildirdi.

     

    Davlat import qilinadigan oziq-ovqat va yoqilg‘i sotib olish uchun mablag‘ yetishmayotgani sabab gumanitar inqiroz bilan kurashmoqda, bu esa inflyatsiyaning 40 foizgacha ko‘tarilishi va defoltga sabab bo‘ldi.

    Iyun oyida respublikada iste’mol narxlari o‘tgan yilga nisbatan 54,6 foizga, transport narxlari o‘tgan oyga nisbatan 128 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari esa 80 foizga qimmatlashgan.

    Hozirda mamlakatda oziq-ovqat va yoqilg‘i tanqisligi kuzatilmoqda.

    Odamlar Shri-Lankaning Kandi shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kerosin sotib olish uchun navbat kutmoqda

    Odamlar Shri-Lankaning Kandi shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kerosin sotib olish uchun navbat kutmoqda
    Foto: Buddhika Weerasinghe/Bloomberg

    Valyuta inqirozini yengish uchun Shri-Lanka hukumati foiz stavkasini oshirdi, rupiy devalvatsiyasini e’lon qildi, resurs tejamkorligini joriy qildi va importni qisqartirdi.

    Mamlakatning 2 milliard dollar valyuta zaxirasi mavjud bo‘lsa, bu yil tashqi qarzini to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ 7 milliard dollarni tashkil etadi. Bu fonda iqtisodiyotni tiklash juda og‘ir vazifadek ko‘rinmoqda.

    Shri-Lanka iqtisodiyoti qanday ahvolda?

    Oxirgi 20 yil ichida Shri-Lankaning tashqi qarzi 3 barobar oshdi. 2020-yilda bu qariyb 50 milliard dollarni tashkil etdi.

     

    Bu 2019-yil uchun mamlakat yalpi ichki mahsulotining 58 foiziga to‘g‘ri keladi – 84 milliard dollar.

    2003-2012-yillarda mamlakatda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 6,4 foizni tashkil etgan, bu boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori edi. O‘sha vaqtdan so‘ng o‘sish sekinlashdi.

    Choy teruvchilar Shri-Lankaning Ratnapura janubidagi organik choy plantatsiyasida ishlamoqda Foto: Ishara S. Kodikara / Getty Images

    2019-yilgacha Jahon banki Shri-Lankani o‘rtacha daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shgan bo‘lsa, 2019-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar pasayib borayotgani sababli mamlakat reytingi tushirildi.

     

    2019-yilda Shri-Lanka iqtisodiyotining 58,2 foizi xizmat ko‘rsatish sohasi, 27,4 foizi sanoat va 7,4 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Mamlakatning qishloq xo‘jaligida asosan ichki iste’mol uchun guruch, Hindiston yong‘og‘i va don yetishtiriladi.

    1867-yildan beri mavjud bo‘lgan choy sanoati Davlat mulkini boshqarish va rivojlanish vazirligi tomonidan boshqariladi. U Shri-Lankaning valyuta tushumlarining asosiy manbalaridan biridir.

    Nima uchun defolt sodir bo‘ldi?

    Shri-Lankaning suveren qarz inqirozi uning iqtisodiyotini sekinlashtirib, keng tarqalgan tartibsizliklar va ijtimoiy inqirozga olib keldi.

     

    Valyuta zaxiralari deyarli tugab qolgan Janubiy Osiyo davlati defoltga uchradi va yoqilg‘i, dori-darmonlar kabi muhim tovarlar importini ta’minlashda qator muammolarga duch keldi.

    Bunday sharoitda butun mamlakat bo‘ylab oziq-ovqat inflyatsiyasi keskin oshib ketdi. Elektr energiyasining muntazam uzilishlari, ovqat tayyorlashda kerakli yoqilg‘i va gaz uchun uzun navbatlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi.

    2022-yil 23-martdan boshlab Shri-Lankadagi ko‘pchilik yoqilg‘i quyish shoxobchalari armiya tomonidan qo‘riqlanadi, shunda benzin va dizel yonilg‘isi olib kelinayotganda mojarolar bo‘lmaydi

    2022-yil 23-martdan boshlab Shri-Lankadagi ko‘pchilik yoqilg‘i quyish shoxobchalari armiya tomonidan qo‘riqlanadi, shunda benzin va dizel yonilg‘isi olib kelinayotganda mojarolar bo‘lmaydi
    Foto: Chamila Karunarathne / Vostock Photo

    Pandemiya turistik valyuta tushumlarini kamaytirdi va global inflyatsiya Shri-Lanka iqtisodiyotini pasaytirdi.

    Bundan tashqari, 2019-yilda yangi saylangan prezident soliqlarni keskin qisqartirishini e’lon qildi. Ushbu populistik chora koronavirus tufayli valyuta tushumlarining pasayishidan oldin budjetni qisqartirishga sabab bo‘ldi.

     

    Qarz yuki oshgani sayin, Shri-Lanka mavjud qarzlarni deyarli tijorat foiz stavkalarida qaytarish uchun xalqaro suveren obligatsiyalarga tobora ko‘proq murojaat qildi.

    Uning moliyaviy ahvoli yomonlashgani sababli, reyting agentliklari mamlakatning suveren kredit reytingini pasaytirdi va shu bilan uning bozor kreditidan foydalanish imkoniyatini to‘xtatdi.

    Shri-Lanka tashqi qarzining eng katta qismi xalqaro suveren obligatsiyalar egalariga to‘g‘ri keladi — Xitoy, Yaponiya va Hindiston eng katta kreditorlardir.

    Mamlakat 2022-yil aprel oyida tashqi qarz to‘lovlarini to‘xtatdi va keyingi oyda rasman defoltga uchradi.

    Kolomboda yonilg‘i kutayotgan avtomobillar

    Kolomboda yonilg‘i kutayotgan avtomobillar
    Foto: Akila Jayawardana / Zuma Press

    KRK Grup konsalting kompaniyasining Luksemburgdagi vakolatxonasi rahbari Nikita Ryabininning fikricha, Shri-Lanka iqtisodiyoti pandemiya va geosiyosiy vaziyat, shu jumladan, arxaik iqtisodiyot va hokimiyatning o‘zgarmasligi tufayli muammolarga dosh bera olmadi.

    Endi mamlakatning keyingi taqdiri nima bo‘ladi?

    Xalqaro valyuta jamg‘armasidan yordam olish uchun mamlakat kuchli islohotlardan o‘tishi va soliq stavkalarini oshirishi kerak bo‘ladi.

    Inqirozning eng yuqori cho‘qqisiga qadar Jahon banki Shri-Lanka iqtisodiyotini yaxshilash bo‘yicha bir qator yordamlarni taklif qildi: qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, qishloq xo‘jaligidan tashqari tarmoqlarda bandlik imkoniyatlarini oshirish, butun mamlakat bo‘ylab davlat xizmatlari va ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash kabi.

    O‘g‘itlar importini taqiqlash bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun Jahon banki mamlakatda kamroq zararli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni taklif qildi.

    Shri-Lanka inqirozdan chiqsa, kambag'al va zaif jamoalarga yordam berish muhim bo'ladi

    Shri-Lanka inqirozdan chiqsa, kambag'al va zaif jamoalarga yordam berish muhim bo'ladi
    Foto: Jahon banki

    Jahon banki, shuningdek, pandemiya salbiy ta’sir ko‘rsatgan turizmni rivojlantirish va kengaytirishga sarmoya kiritishni ham taklif qilmoqda.

    Norasmiy mehnat bozorida tartibsiz ish vaqti va past ish haqi tufayli samaradorlik nihoyatda past.

     

    Vector X investitsiya kompaniyasining moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni sotish departamenti direktori Sergey Zvenigorodskiy bunday rivojlanish istiqboliga unchalik ishonmaydi.

    Yevropadagi hozirgi mojaro Shri-Lankada inqirozni osonlikcha yengish uchun deyarli hech qanday imkoniyat qoldirmaydi, — deb hisoblaydi u.

    Defolt rivojlangan mamlakatlarga, ularning siyosatiga yanada ko‘proq kredit qaramligini, oddiy fuqarolarning turmush darajasining yanada ko‘proq pasayishini, ehtimol yangi fuqarolar urushini anglatadi.

    Uning fikricha, rupiy pasayishda davom etadi.

    Namoyishchilar 29-iyun kuni Gananing Akkra shahrida inflyatsiyaga qarshi namoyish paytida Prezident saroyi tomon yurishmoqda

    Namoyishchilar 29-iyun kuni Gananing Akkra shahrida inflyatsiyaga qarshi namoyish paytida Prezident saroyi tomon yurishmoqda
    Foto: Nipah Dennis/AFP/Getty Images

    Joriy yilning mart oyidan hozirgi kunga qadar Shri-Lanka rupiysi 78 foizga qadrsizlandi va men ishonamanki, yozda ham xuddi shunday miqdorni yo‘qotadi, — deydi u.

     

    Ryabininning fikricha, hozirgi iqtisodiy inqiroz Shri-Lankadagi hukmron tuzumning tubdan o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

    Shu paytgacha mamlakatda muayyan oilaviy klanlar hokimiyat tepasida bo‘lgan va aslida siyosiy ta’sir meros bo‘lib qolgan.

    Defolt dominosi

    Shri-Lankaning defolti bu yil rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday defoltlarning birinchisi bo‘lishi mumkin.

    Rossiyaning Ukrainadagi urushi, koronavirus pandemiyasi va dollar qiymatining oshishi zaif iqtisodiyotlarga jiddiy zarar yetkazdi.

    Shu oy boshida Kolombodagi namoyishchilar

    Shu oy boshida Kolombodagi namoyishchilar
    Foto: Dinuka Liyanawatt/Reuters

    Bloomberg davlat qarzining zaiflik reytingi shuni ko‘rsatadiki, defolt xavfi bo‘yicha Shri-Lankaga eng yaqin davlatlar Salvador, Gana, Misr, Tunis va Pokistondir.

    BMT tadqiqotiga ko‘ra, asosiy tovarlar narxining keskin ko‘tarilishi bu mamlakatlardagi uy xo‘jaliklari farovonligiga allaqachon putur yetkazmoqda. Asosan Bolqon, Kaspiy dengizi mintaqasi va Sahroi Kabirdan janubiy Afrikada bu holatlar keskin ortib bormoqda.

    Oxirgi olti oy ichida suveren qarzi muammoli rivojlanayotgan iqtisodiyotlar soni ikki baravar ko‘paydi — bu 19 mamlakatda umumiy 900 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

    Kolombodagi namoyishchi politsiyaga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz granatasini uloqtirmoqda

    Kolombodagi namoyishchi politsiyaga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz granatasini uloqtirmoqda
    Foto: Dinuka Liyanawatte / Reuters

    Bir hukumatning moliyaviy qulashi domino effektini keltirib chiqarishi mumkin — savdogarlar o‘xshash iqtisodiy muammolari bo‘lgan mamlakatlardan pul olib chiqadi va shu tariqa o‘z iqtisodiyotlarining tanazzulini tezlashtiradi.

    Rivojlanayotgan bozor ekspertlarining ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat 1980-yillardagi Lotin Amerikasidagi qarz inqirozini eslatadi.

     

    O‘sha paytda bo‘lgani kabi Fed endi inflyatsiyani nazorat qilish maqsadida foiz stavkalarini keskin oshirmoqda, bu esa dollar kursining oshishiga olib keladi va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlarini to‘lash jarayonini qiyinlashtiradi.

    Barclays tahlilchilari, shuningdek, hozir Shri-Lankada sodir bo‘layotgan voqealar joriy yilning ikkinchi yarmida boshqa rivojlanayotgan davlatda takrorlanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

    Avvalroq hokimiyatdagi qarindosh-urug‘chilik, prezident sayloviga kiritilgan o‘zgarishlar, defolt va krizis: qanday qilib bir oila butun mamlakatni bankrot qilgani haqida tahlil berilgan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova Shane Doe
    • Website
    • Facebook
    • Twitter
    • Pinterest
    • Instagram

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” o‘z maydonida raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, “Yuventus” Bergamoda ochko yo‘qotdi

    Bugun, 01:38

    Afg‘oniston uchta sababga ko‘ra Hindistondagi elchixonasini yopdi

    Kecha, 23:50

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi

    Kecha, 23:30

    Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda energetika tarmog‘iga investitsiya kiritmoqchi

    Kecha, 23:20

    Shavkat Mirziyoyev Power International Holding kompaniyasi boshqaruv raisi bilan uchrashdi

    Kecha, 23:00

    Namanganda Tadbirkorlar xiyoboni ochildi

    Kecha, 22:50

    Xudosini cho‘miltirayotgan hindlar, mehmonga kelgan ayiq, odamlardan yasalgan minora — hafta suratlari

    Kecha, 22:20

    Shavkat Mirziyoyev Qatarning yetakchi investitsiya xoldingi rahbarini qabul qildi

    Kecha, 21:57

    Shavkat Mirziyoyev Nebras Power kompaniyasi bilan uzoq muddatli investitsiya dasturini qabul qilishni taklif etdi

    Kecha, 21:45

    Ekstremal hodisa: Braziliyada yuqori harorat sababli yuzlab delfinlar nobud bo‘ldi

    Kecha, 21:05

    Tavsiya etamiz

    Xudosini cho‘miltirayotgan hindlar, mehmonga kelgan ayiq, odamlardan yasalgan minora — hafta suratlari

    22:00 / 01.10.2023

    Alifbodagi o‘zgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi

    10:00 / 01.10.2023

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    11:00 / 01.10.2023

    Rossiya Engels aviabazasida Tu-95 samolyotlarini chizishni boshladi — OAV (foto)

    18:00 / 01.10.2023

    “Sen haqiqat deb bilgan narsalar kim uchundir yolg‘ondan boshqa narsa emas…” — “So‘nggi duel” filmi haqida

    09:00 / 01.10.2023

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    00:00 / 01.10.2023

    Turkiyadagi IIV binosi yonida xudkush-terrorchi o‘zini portlatdi (video) 

    17:00 / 01.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.