AQSHdagi suyultirilgan gaz (LNG) ishlab chiqaruvchilari Osiyoda talabning sustligi fonida Yevropaga xomashyo jo‘natishni ma’qul ko‘rmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH eksportining taxminan 68 foizi Yevropaga, 27 foizi esa Osiyoga to‘g‘ri keladi.
Kpler’ning katta tahlilchisi Laura Peyjga ko‘ra, koronavirus cheklovlari olib tashlanganidan keyin Osiyoda LNG’ga talabning o‘sishi bo‘yicha prognozlar kutilgan darajada bo‘lmagan.
Cheklovlarni olib tashlash notekis kechdi, COVID-19 hamon tarqalmoqda. Bundan tashqari, yaqinda Xitoy Yangi yili boshlanadi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, endi talabning o‘zgarishi ikki mintaqadagi harorat va Xitoydagi sanoat talabiga bog‘liq.
Tahlilchilarning fikricha, Osiyodagi keskin sovuq Yevropadan tovarlarni qayta yo‘naltirishga olib kelishi mumkin.
Yanvar oyi boshida Yevropadagi isish Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga gazni tejash va zaxiralarni tarixdagi deyarli rekord darajada saqlash imkonini berdi. Shu fonda gaz narxi bir yil avvalgi ko‘rsatkichlarga qaytdi.
Mavzuga doir: Gaz narxining yuqori chegarasi Yevropaning energiya inqirozini kuchaytirishi mumkin — Bloomberg
Izoh (0)