Xitoy Rossiya neftining noyob Arktika navlarini import qiladi. Ular — Arco, Novy Port va Varandey navlari. Bu haqda Vortexa tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya neftiga narx chegarasi (barreliga 60 dollar) joriy etilishidan oldin bu navlar Yevropaga eksport qilishga qaratilgan edi.
Xitoy yanvar yoki fevral oylarida yetkazib berish uchun Arktika xomashyosining uchta partiyasini sotib oldi. Biroq Vortexa ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin noyabr oyida birinchi eksportni qabul qilgan.
Arco navli neftning eksporti:
Kpler bozor tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning so‘nggi xaridlari orasida Varandey va Novy Port navli neftlar ham bor. Tahlilchilarning fikricha, bu yetkazib berishlar Yaqin Sharqdagi neft navlarini siqib chiqarishi mumkin.
5-yanvar kuni, Rossiya neftiga cheklov joriy etilganidan so‘ng, Moskva Xitoy va Hindistonga Arktika navlarini yetkazib bergan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida Rossiya Hindistonga Arco, Novy Port va Varandey navlari bo‘lgan oltita kema jo‘natgan.
Mavzuga doir: Bloomberg: Xitoy Yevropa davlatlari import qilmoqchi bo‘lgan neftni sotib olmoqda
Izoh (0)