OpenAI nozik mavzularda foydalanuvchilar bilan muloqot qilishda mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ChatGPT xulq-atvor modelining yangilanishini e’lon qildi. Endi chat-bot “juftidan ajralish kerakmi” kabi shaxsiy yoki hissiy so‘rovlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahat bermaydi, deb xabar bermoqda Business Insider (BI).
-CJJcyFJw.avif)
Bundan buyon tizim ajralish bo‘yicha maslahatlar o‘rniga foydalanuvchiga vaziyatni turli tomondan ko‘rib chiqishni taklif etadi, yo‘naltiruvchi savollar beradi va shaxsiy fikrni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘zgarishlarning maqsadi murakkab hayotiy vaziyatlarda ChatGPT’ning foydaliligini oshirishdir. OpenAI avvalgi yangilanish davomida model haddan tashqari kelishuvchan bo‘lib qolganini tan olgan. Bu xatti-harakatlar endi tuzatilgan.
Bundan tashqari, uzoq davom etadigan suhbatlarda ChatGPT foydalanuvchiga tanaffus qilish kerakligini eslatib turishni boshlaydi. Bunday tavsiyalarni berish usuli iloji boricha tabiiy bo‘lishi va bezovtalikka sabab bo‘lmasligi uchun takomillashtiriladi.
Shuningdek, OpenAI ruhiy salomatlik, o‘smirlar psixologiyasi va insonning sun’iy intellekt bilan o‘zaro munosabati bo‘yicha mutaxassislardan iborat ekspertlar kengashini tuzgan. Tashabbusga 30 mamlakatdan 90 dan ortiq tibbiyot sohasidagi mutaxassislar jalb qilingan.
Bundan avval OpenAI ChatGPT’da bilimlarni bosqichma-bosqich mustahkamlashga mo‘ljallangan yangi funksiya — “O‘quv rejimi”ni (Study Mode) taqdim etdi.
Izoh (0)