Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidan o‘tuvchi Amudaryoning qismi anomal sovuq ta’sirida muzladi.
Qoraqalpog‘iston gidrometeorologiya boshqarmasi “Qiziljar” gidrologik postida 11-yanvar kuni daryo suvi muzlagani aks etgan videoni e’lon qildi.
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 11-yanvar erta tongda Qoraqalpog‘istonning “Qo‘ng‘irot” kuzatuv stansiyasida havo harorati 26,7 daraja sovuqqacha tushgan.
Nukusda esa minimal havo harorati qiymati 21,5 daraja sovuqqa pasaydi. Nukusda o‘rtacha sutkalik harorat shu kun uchun xos iqlimiy me’yoriy ko‘rsatkichidan 10 daraja past anomal sovuq kuzatildi.
Izoh (0)