Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,82 so‘mga ko‘tarilib, 11 322,10 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,42 so‘mga oshib, 12 161,07 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,18 so‘mga ko‘tarilib, 163,93 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 11 305,28 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)