Chimyon tog‘larida 7-yavnar kuni qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zgidromet” axborot xizmati xabar berdi.
Qor ko‘chki stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 12:10 da tabiiy hududi 7-8-lotoklarda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 7-lotokda 40 ming metr/kub, 8-lotokda esa 10 ming metr/kub qor ko‘chgan. Hodisa oqibatida talafot ko‘rgan va jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 5—10-yanvar kunlari qor ko‘chish xavfi mavjudligi e’lon qilingandi. Shu kunlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar kuzatiladi.
Mavzuga doir: Chimyonda Rossiya fuqarosi qor uyumlari ostida qolib, halok bo‘ldi
Izoh (0)