“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 13-soni mavzusi “12 yil xorijda yashagan toshkentlik nigohidagi Toshkent” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida xalqaro futbol eksperti Alisher Nikimbayev taklif etildi.
Qatarga 2017-yil dekabrda birinchi marta borganman, o‘shanda u yerda umuman metro yo‘q edi (bizda metro qurilganiga esa 50 yil bo‘lyapti). 5 yil ichida metro qurildi, chunki jahon chempionatidan oldin har bir stadion uchun alohida metro stansiyasi bo‘lishi kerak, deb reja qilingan edi. Bittagina stadionga metro bormadi, chunki u shaharning o‘zidan 50 km uzoqlikda edi. Lekin qolgan yettita stadion deyarli metro bilan shakllangan. Birinchi metro poyezdi yurgan kuni 2019-yil 16-may edi. Bizda metro avvaldan bor, lekin menimcha, ular bizdan o‘tib ketyapti, metroga unchalik e’tibor bermayapmiz. Men Qatarga borganimda yashash joyimizda qurilish, yo‘llar loy, kirish qiyin edi. Hozir esa trassalar, highway’lar qurildi, yo‘llar ochildi, Qatarni tanimay qoldik.To‘g‘ri, bizga qaraganda ularning mablag‘i ko‘proq, katta tadbir uchun mo‘ljal qilib qurilgan. Lekin mana shu kungacha qilishimiz kerak, degan motivatsiya bilan muhim ishlarni bitkazishdi. Balki, O‘zbekistonda ham qanaqadir tadbir o‘tkazilsa, biz uchun turtki bo‘lishi mumkin. Masalan, jahon chempionati uchun Qatarga shunchalik ko‘p avtobus olib kelingandiki, hozir ortiqcha transport vositalari Livanga sovg‘a qilib yuborildi. Aytmoqchimanki, barcha harakat bir tadbir uchun bo‘lgani bilan, strategik rejalashtirish bor, — deydi xalqaro futbol eksperti.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)