Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Anadolu agentligi xabar berishicha, bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatida ma’lum qilingan.
Muloqot chog‘ida Putin va Erdo‘g‘on energetika masalalari, Rossiya—Turkiya munosabatlari, shuningdek, Ukraina va Suriyadagi urushni muhokama qilgan.
Anadolu yozishicha, Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Turkiya prezidenti quyidagilarni aytgan:
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush mavzusiga to‘xtalar ekan, Turkiya rahbari “don yo‘lagi” to‘g‘risidagi bitim, keng ko‘lamli asirlar almashinuvi va Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarning ijobiy natijalarini eslatdi.Kreml Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar haqida hozircha xabar bermadi. Ikki yetakchining suhbati 4-yanvarga belgilangan edi.U tinchlik va muloqotga da’vatlar harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatish hamda kelishmovchiliklarni adolatli hal etish orqali qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini ta’kidladi.
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Erdo‘g‘on o‘sha kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham suhbatlashishini ma’lum qilgandi. Ushbu muzokaralar natijasi haqida xabar berilmagan.
Izoh (0)