• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vunded-Ni qirg‘ini — hindularning oxirgi jangi, “Vnukovo” aeroportida halokatga uchragan samolyot va dog‘istonliklar tomonidan Volgogradda uyushtirilgan teraktlar. Kun xronologiyasida 29-dekabr

    29-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Vunded-Nida qirib tashlangan hindular, “Vnukovo” aeroportiga qo‘nishda halokatga uchragan samolyot hamda Dog‘iston fuqarolari tomonidan Volgogradda uyushtirilgan teraktlarga oid faktlar o‘rin olgan.

    Vunded-Nidagi qirg‘in: hindularning oxirgi jangi

    1890-yil 29-dekabr Vunded-Ni soyidagi qirg‘inda amerikalik askarlar bir necha yuzlab hindularni o‘ldirgan edi. Qurbonlar orasida ayollar va erkaklardan tashqari bolalar ham bo‘lgan.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows
    Hindular bilan janglar 200 yil davom etgan. Yevropalik mustamlakachilarning yaqqol harbiy ustunligiga qaramay, tubjoy amerikaliklar uzoq vaqt taslim bo‘lmagan hamda bosqinchilarning o‘yin qoidalari va turmush tarzini qabul qilmagan. Ammo ochiq janglarda ular kamdan kam hollarda g‘alaba qozongan. “Minglab qurbonlar jangi” yoki AQSH 7-kavaleriya polkining yakson etilishi — hindularning eng yirik harbiy g‘alabasi sifatida qolgan. Mustamlakachilar ko‘p sonli qabilalar o‘rtasidagi ziddiyatlardan mohirlik bilan foydalanar, eng jasur hindularni aldar va o‘ldirar, ularni o‘z yerlaridan siqib chiqarar edi.

    1860—1880-yillar davomida oq tanli ovchilar millionlab bizon va bug‘ularni o‘ldirgan. Bu hindular uchun nafaqat oziq-ovqat, balki kiyim-kechak, to‘shak va boshqa maishiy buyumlar manbai bo‘lib xizmat qilgan. 1890-yilga kelib Shayenn, Siu, Payyut va boshqa hindu qabilalari g‘azab otiga mingan. Janubiy Dakotadagi qashshoqlik ularni oxiri mag‘lubiyat bilan tugashi muqarrar isyonga boshlagan.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows

    O‘sha yilning yozida Hindular va hukumat ishlari bo‘yicha byuro agentlari “yovvoyi”larning noodatiy harakatlari bu — harbiy marosim ekanini payqab qolgan. Ular darg‘azab Siu qabulasi jangga tayyorlanyapti deb hisoblagan. Aslida hindularning payg‘ambari Vovoka ularni urushga chaqirmagan, aksincha “Sizlar urishmasligingiz kerak. Hech kimga yomonlik qilmang. Doimo adolatli yo‘l tuting”, degan.

    Ammo boshqa tarafdan, ayrim hindular ushbu nasihatlarni boshqacha talqin qilgan (kurashda ilohiy qo‘llab-quvvatlov), boshqa tomondan esa mustamlakachilar yangi dinning nozik jihatlariga e’tibor qaratgan. Gazetalarda vahima ko‘tarishni boshlagan va bu haqdagi gap-so‘zlar Vashingtonga qadar yetib borgan. Natijada rezervatsiyaga bundan 14 yil oldin Littl-Bigxornda sharmandali mag‘lubiyatga uchragan 7-kavaleriya polka qo‘shinlari yetib kelgan. Ko‘plab askar va ofitserlar qasos olish niyatida bo‘lgan.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows

    Hindular buni Qo‘shma Shtatlar yangi jangga tayyorgarlik ko‘ryapti deb baholagan. General Nelson Maylz qo‘shinlari nazoratni qo‘lga olishi va hindularni qurolsizlantirishi, shuningdek, mustaqil qabila boshliqlarini asirga olishi kerak edi. 15-dekabr kuni politsiya “O‘tirgan buqa”ni hibsga olgan — oq tanlilar Littl-Bigxordagi jangda g‘alabaga erishgan mashhur sardor isyon keltirib chiqarishidan xavotirlangan. U mustamlakachilarni yomon ko‘rar va taslim bo‘lishni istamagan, natijada ikkala tomondan ham bir necha kishi, jumladan, qabila sardori va uning 17 yoshli o‘g‘li o‘ldirilgan.

    Polkovnik Jeyms Forsayt hindular bilan 1860-yillarning o‘rtalaridan buyon jang qilib kelardi. 29-dekabr soat 08:00 da qurollangan askarlar “Katta oyoq” lagerini qurshab olgan. Qabila sardorining o‘zi og‘ir pnevmoniyaga chalingani bois to‘shakda yotgan, qolgan erkaklar esa “muzokaralarga” chiqqan. Forsayt ularga qurollarni topshirishni buyurgan va ular ikkita miltiqni olib chiqqan. Bundan polkovnik va ofitserlarning jahli chiqqan — hindular o‘z qurollarini topshirish niyatida emasligi ayon edi. Shunda u kavaleriyachilar guruhiga barcha vigvamlarni tekshirib chiqishni buyurgan. Askarlar hama joyni ko‘zdan kechirishni boshlagan, ayollar bundan baqir-chaqir qilgan. Ularning ortidan erkaklar ham g‘azablangan. Birozdan so‘ng Forsaytning oyoqlari ostida 40 ga yaqin qurol to‘plangan, bu ham kamlik qilgani bois u endi erkaklarni tintuv qilishni buyurgan.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows

    Keyingi bir necha daqiqada nimalar sodir bo‘lgani aniq emas. Ayrimlarning so‘zlariga ko‘ra, tahqirlangan hindular miltiqlari bilan chiqib, askarlarni o‘qqa tuta boshlagan. Forsaytning odamlari bir necha zalp o‘t ochishlar orqali hindularni bostirgan. Artilleriyachilar lagerga o‘t ochgan, qirg‘in otishma bir necha daqiqa davom etgan, xolos. Shundan keyin hindularni ta’qib qilib, o‘ldirish boshlangan. Bunda ularning jinsi, yoshiga qarab o‘tirilmagan — barcha birdek o‘ldirilgan.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows

    Keyinroq hatto Amerika matbuoti ham sodir bo‘lgan voqeani jang emas, qonli qasos deb ta’riflagan. Tibbls ismli jurnalist shunday yozgandi: “Faol hujum, ehtimol, yigirma daqiqa davom etgan bo‘lsa-da, biror askar tirik jonni ko‘rib qolganida bombardimon bir yoki ikki soat davom etgan. Hindu ayollari va bolalari janubdagi daraga qochib ketishgan, ularning ba’zilari dashtga qochishga muvaffaq bo‘lgan, lekin askarlar ularga ergashib, shafqatsizlarcha o‘ldirgan”.

    Foto: Listennows

    Foto: Listennows

    “Vnukovo”da Chexiyadan qaytgan samolyot halokati

    Bundan 10 yil oldin 29-dekabr kuni Red Wings aviakompaniyasining “Tu-204-100V” samolyoti Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga qo‘nishda uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Havo kemasi Chexiyaning Pardubitse shahrida charter reys bilan Moskvaga qaytayotgan edi. Uning bortida sakkiz nafar ekipaj a’zosi (bort komandiri, ikkinchi uchuvchi, bortmuhandis va besh nafar styuardessa) bo‘lgan. Yo‘lovchilar esa bo‘lmagan.

    “Tu-204” samolyotini tajribali ekipaj boshqargan. Havo kemasi komandiri 15 ming soatga yaqin parvoz qilgan, ikkinchi uchuvchi hisobida esa 10 ming soat, bortmuhandisda ham xuddi shuncha parvoz vaqtlari bo‘lgan.

    Reyestr ma’lumotlariga ko‘ra, “Tu-204-100V” 2008-yil 12-dekabr kuni “Aviastar” zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, shu yildayoq Red Wings aviakompaniyasiga foydalanishga topshirilgan.

    Soat 16:36 da “Vnukovo” aeroportiga qo‘nishda havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘siqlarni buzib ketgan, uchga bo‘linib ketgan va yong‘in yuzaga kelgan. Fyuzelyajning bir qismi Kiyev shossesiga qulagan. Hodisa joyiga zudlik bilan aeroport favqulodda xizmatlar va Rossiya FVV bo‘linmalari xodimlari yuborilgan. Falokat oqibatlarini bartaraf etishga 468 kishi va 118 ta texnika jalb etilgan.

    Yong‘in soat 17:03 da o‘t o‘chirish bo‘linmalari tomonidan bartaraf etilgan, ular olovning yonilg‘i bakiga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymagan. Yong‘in zudlik bilan o‘chirilgan bo‘lsa-da (olov mashina qanotlaridan birining 100 kvadrat metr joyini egallab olgan) qurbonlardan qochib bo‘lmagan. Besh kishi halok bo‘lgan (to‘rt nafari voqea joyida, yana biri shifoxonada), uch kishi (styuardessalar) omon qolgan, biroq jiddiy jarohat olgan.

    Baxtli tasodif bilan Kiyev shossesida harakatlangan mashinalar va yo‘lovchilarga hech qanday zarar yetmagan. “Volvo” haydovchisiga shikast yetgan — samolyotning ajralib ketgan g‘ildiragi uning avtomobiliga kelib urilgan. Erkak bo‘yin umurtqasining sinishi, yopiq bosh miya jarohati va miya chayqalishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Favqulodda holat transport sohasida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirgan — “Vnukovo” aeroporti vaqtincha yopilgan, Kiyev shossesining har ikki tomoni bo‘ylab avtomobillar harakati to‘xtatilgan. Aeroport oldida mashinalar tirbandligi 6 kilometrdan oshib ketgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Bundan tashqari, samolyot uchish yo‘lagiga kirish aniqligini ta’minlaydigan tizimga shikast yetkazgandi. Soat 18:45 da “Vnukovo” aeroporti normal ishlay boshlagan, Kiyev shossesida harakat tiklangan. Favqulodda holat fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, “Rosaviatsiya” va “Rostransnadzor” ishtirokida holat tergovi boshlangan.

    Favqulodda holatning dastlabki sababi sifatida uchuvchilar xatosi hisoblangan, biroq tergov fojianing boshqa versiyasini ham ko‘rib chiqqan, jumladan, noqulay ob-havo sharoiti hamda samolyotning texnik nosozligi. Tekshiruvlar davomida prokurorlar Red Wings aviakompaniyasida qonunbuzilishlarni aniqlagan, xususan, uchuvchilar yozgi trenajyorlarda kerakli tayyorgarliklardan o‘tmagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    2013-yil 24-yanvar kuni aviatsiya hodisasini tergov qilish bo‘yicha texnik komissiya raisi “Tu-204” halokatiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qo‘nish vaqtida uning revers tizimi ishlamay qolgan, natijada ikkala dvigatelning reversiv qurilmalar tavaqasi ochilmagan, shuningdek, havo tormozlari avtomatik ishga tushmagan. Samolyot tormozlanishni amalga oshirmagan va u 32 soniyadan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Volgogradda terakt uyushtirgan dog‘istonliklar

    2013-yil oxirida Volgogradda ikkita terakt sodir bo‘lgandi: 29-dekabr kuni temiryo‘l vokzalida xudkush metallni aniqlash moslamasi yonida o‘zini portlatib yuborgan, yana bir portlash shaharda ertasi kuni tig‘iz vaqtda trolleybusda ro‘y bergandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    29-dekabr kuni soat 12:43 da Volgograd temiryo‘l vokzalining birinchi qavatida portlash ovozi eshitilgan. Milliy antiterrorchilik qo‘mitasi (MAQ)ning ma’lum qilishicha, quvvati 10 kilogramm trotilga teng bombani xudkush erkak harakatga keltirgan. Hodisa oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odam jarohatlangan.

    Kuch tuzilmalarining ma’lum qilishicha, xavfsizlik tizimi va politsiyachilarning hushyorligi bo‘lmaganida, qurbonlar soni bundan ortiq bo‘lardi. Transport politsiyasi katta serjanti Dmitriy Makovin temiryo‘l vokzali binosiga kirish vaqtida shubhali erkakni to‘xtatishga uringan, u esa politsiyachilar kelayotganini ko‘rib, portlashni amalga oshirgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Yaradorlar oldiga birinchi bo‘lib yordamga taksichilar yetib kelgan. Ko‘plab jabrlanganlarni ular shifoxonaga o‘z mashinalarida olib borgan. Birinchi tez yordam mashinasining fojia joyiga kelishi uchun to‘rt daqiqa vaqt ketgan. Jabrlanganlar GLONASS tizimi orqali shifoxonalarga taqsimlangan. Ertasi kuni ahvoli og‘irlar mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalariga ko‘chirilgan.

    Rossiya prezidentining buyrug‘i bilan FVV Volgogradga “Il-76” maxsus samolyotini yuborgan, u yuqori malakali tibbiyot xodimlari va zarur tibbiyot uskunalarini o‘zi bilan olib borgan. 29-dekabr kuni soat 19:00 da Volgograd viloyatida 15 sutkaga terrorchilik xavfining yuqori darajasi e’lon qilingan.

    Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida portlamay qolgan F-1 granatasi topilgan. Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Volgogradda ikkinchi terakt 30-dekabr kuni soat 08:27 da 15-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi trolleybusda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilar bilan to‘la transport vositasi tig‘iz vaqtda shahar markazi tomon harakatlanayotgandi. Portlash trolleybus Dzerjinskiy tumani bozori yaqinida yuz bergan. Portlash to‘lqini qo‘shni uylarning oynalarini ham sindirib yuborgan. Trolleybus saloni butunlay yonib ketgan bo‘lsa-da, haydovchi omon qolgan. Terakt 16 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

    Favqulodda holat joyiga barcha tezkor xizmatlar jalb etilgan. Umumiy guruhdagi xodimlar soni 450 kishidan oshgan va 120 ta texnika jalb etilgan, jumladan, Rossiya FVVning 200 nafardan ziyod shaxsiy tarkibi va 30 dan ortiq texnikasi yetib kelgan.

    Ikkita portlash oqibatlarini bartaraf etishga jami 1837 kishi va 506 ta texnika jalb etilgandi. Teraktlarda 34 kishi halok bo‘lgan, 78 kishi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Volgograddagi teraktlardan keyin “Girdob-antiterror” operatsiyasi o‘tkazilgan. Hayot uchun muhim obyektlar kuchaytirilgan qo‘riqlovga olingan. Fuqarolar politsiyaga faol yordam ko‘rsata boshlagan, ular shubhali shaxslar va predmetlar haqida muntazam xabar berib kelgan.

    2014-yil 7-may kuni teraktdan keyin jabr ko‘rgan temiryo‘l vokzali qayta foydalanishga topshirilgan binoga kirishga terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning ism-sharifi yozilgan memorial taxta o‘rnatilgan. Iyun oyi boshida esa trolleybus portlagan joyga granit plita yotqizilgan.

    Tergov qo‘mitasi va FXX xodimlarining sa’y-harakatlari bilan terrorchilikka aloqador barchaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Aniqlanishicha, 2013-yil oxirida “Kadarskaya” qo‘poruvchi-terrorchilik guruhi yetakchisi Jamoltin Mirzayev Volgograd shahrida terrorchilik hujumini o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘z rejasini amalga oshirish uchun u noqonuniy qurolli tuzilma shakllantirgan. Shuningdek, ularning yordamida artilleriya snaryadlaridan ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma yasagan.

    Terakt tashkilotchilariga dog‘istonlik Aloutdin Dadayev va Ibrohim Magomedov yordam ko‘rsatgan, ular o‘z uylaridan jinoyatchilarga vaqtincha boshpana bergan. 28-dekabr kechasi xudkushlar Volgograd viloyatiga yetkazilgan. 2014-yil yanvar oxirida Dog‘istonda teraktga aloqador aka-uka Magomednabi va Tagi Batirovlar ushlangan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Shu yilning 5-dekabrida Dzerjinskiy tuman sudi portlashga aloqador to‘rt nafar Dog‘iston fuqarosiga hukm chiqargan. Sud hukmi bilan ularning ikki nafari 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, yana ikki nafariga esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Bayrutdagi samolyotlarni yakson qilgan Isroil, Sergey Yeseninning o‘limi va kosmosda “ish tashlagan” AQSH astronavtlari. Kun xronologiyasida 28-dekabr

    29.12.2022, 09:30   Izoh (0)   43948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Rossiyaga diplomatik kanallar orqali Ukraina bo‘yicha qanday va’dalar bergani ma’lum bo‘ldi

    29.12.2022, 09:21

    Zelenskiy Ukrainaning Rossiya bilan nizodan ko‘zlagan yakuniy maqsadini ma’lum qildi

    29.12.2022, 09:00

    Yerning Oy bilan qanday “bekinmachoq” o‘ynashi namoyish qilindi (video)

    28.12.2022, 23:33

    Suriya va Turkiya mudofaa vazirlari 11 yil o‘tib Moskvada uchrashdi

    28.12.2022, 23:09

    Erdo‘g‘on tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

    28.12.2022, 22:23

    Xitoy mamlakatga keluvchilar uchun PZR testini bekor qiladi

    28.12.2022, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.