• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayrutdagi samolyotlarni yakson qilgan Isroil, Sergey Yeseninning o‘limi va kosmosda “ish tashlagan” AQSH astronavtlari. Kun xronologiyasida 28-dekabr

    28-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Sergey Yeseninning o‘limi, Bayrutdagi samolyotlarni yo‘q qilgan Isroil maxsus kuchlari hamda kosmosda ish tashlash e’lon qilgan AQSH astronavtlari oid faktlar o‘rin olgan.

    O‘z joniga qasd qilgan Sergey Yesenin

    1925-yil 28-dekabr kuni shoir Sergey Yesenin vafot etgan. Rasmiy ravishda uning o‘limiga o‘z joniga qasd qilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Mashhur shoirning o‘limi uning do‘stlari, yaqinlari va hamkasblari uchun kutilmagan voqeaga aylangan. Hech kim Yesenin o‘zini o‘zi o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligiga ishonmagan. Uning vafotidan 60 yil o‘tgach, shoir o‘z xohishi bilan hayotdan ketgani to‘g‘risida ilk shubhalar paydo bo‘la boshlagan. Va buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi.

    Foto: “Kulture.ru”

    Oldinroq psixonevrolik klinikada davolanib chiqqan Sergey Yesenin 24-dekabr kuni Leningradga kelib, “Angleter” mehmonxonasidan nomer aytgan. Keyingi bir necha kun davomida u mehmonlarni qabul qilgan: eski qadrdoni Georgiy Ustinov va uning rafiqasi Yelizavetani, shuningdek, boshqa do‘stlarini ham. 27-dekabr kuni Ustinovlar kun bo‘yi uning yonida qolib, choy ichishgan, turli mavzularda suhbat qurishgan. Ular bilan birga shoirning oldiga yana ikki tanishi — Volf Erlix hamda Dmitriy Ushakov kelgandi. Yesenin ularga o‘zining yangi she’rlarini o‘qib bergan. Ushakovning eslashicha, “Qora odam”stolmasi barchada alamli va mayus taassurot qoldirgan.

    Kechki soat 18:00 lar atrofida mehmonlar o‘z xonalariga tarqalgan. Ketishdan oldin Yesenin Erlixning hamyoniga bir varaqchani solib, hozir o‘qimaslikni buyurgan. U yerga shoirning oxirgi  “Alvido, do‘stim, alvido...”,  she’ri yozilgandi. Ustinov 27-dekabr tongida Yeseninning oldiga bir necha daqiqa kirganini tasdiqlagan. U qo‘lining tilinganini ko‘rsatib, siyoh yo‘qligi sabab qoni bilan she’r yozganini ko‘rsatgan.

    Erlix portfelini unutib qoldirgani bois bir necha daqiqadan keyin qaytib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shoir bu vaqtda stolga o‘tirib, ishlayotgan bo‘lgan. Soat 22:00 larda Yesenin portyening oldiga borib, xonaga hech kimni qo‘ymaslikni qattiq talab qilgan. Shundan keyin uni hech kim ko‘rmagan.

    Ustinovlarning samovari Yeseninning xonasida qolib ketgani bois Yelizaveta ertalab uning nomeriga kelgan. Ammo eshik taqillashiga hech qanday javob bo‘lmagan. Bu vaqt uning yonidan Erlix o‘tib ketayotgan edi va u ham eshikni taqillata boshlagan. Ular mehmonxona xizmatchilariga murojaat qilib, eshik ichkaridan yopilganini, komendantdan zaxira kalitini olish lozimligini so‘ragan. Bir necha daqiqadan keyin komendant kelib, eshikni ochgan. Erlix va Ustinova isitish trubasiga osilgan shoirga duch kelgan. Shovqin ko‘tarilgan, komendant zudlik bilan militsiyani chaqirgan, tergov boshlangan.

    Foto: “Kulture.ru”

    Tumba va qandil yerda ag‘darilib yotardi. Biroq mehmonxona nomeridagi boshqa hamma narsa o‘z joyida edi. Marhumning qo‘lidan kesilish alomatlari aniqlangan, chap ko‘zi ko‘kargan, qanshari ustida — to‘rt santimetr keladigan sezilarli ezilish, oyoqlarida — bir nechta ko‘karishlar bo‘lgan.

    Yeseninning jasadi Obuxov shifoxonasiga yuborilgan. Bu vaqtda uchastka militsioneri Gorbov guvohlarni, Ustinovlar, Erlix va Ushakovni so‘roq qilgan.

    Marhumning jasadini yorib ko‘rish asnosida Yesenin bo‘g‘ilishdan o‘lgani ma’lum bo‘lgan. Qotillikning hech qanday alomatlari yo‘qligi sabab 1926-yil 23-yanvar kuni ish to‘xtatilgan.

    Sergey Yesenin va Aysedora Dunkan

    Sergey Yesenin va Aysedora Dunkan
    Foto: “TASS”

    Yesenin Moskvaga kelganida o‘n yetti yoshda edi. Uning yagona maqsadi — Rossiyadagi eng mashhur shoir bo‘lishdan iborat bo‘lgan. Bir yil o‘tgach, tipografiyada u bilan ishlaydigan Anna Izryadnovani qattiq sevib qolgan.

    Anna bilan qurilgan nikoh ilk kunlardanoq unga xato bo‘lib ko‘rina boshlaydi. O‘sha paytda uni ko‘proq karyera qiziqtirardi. U oilasini tashlab, baxt izlash maqsadida Petrogradga ketgan. Izryadnova o‘z xotiralarida uni yodga olib, shunday deydi: “Vafotidan bir oz vaqt oldin uni ko‘rgan edim. Xayrlashish uchun kelganini aytdi. Nima uchun bunday deyayotganini so‘raganimda shunday dedi: Ravona bo‘lyapman, ketyapman, o‘zimni yomon his qilyapman, o‘lsam kerak. O‘g‘limizni asrash va erkalatmaslikni aytdi”.

    Foto: “Kulture.ru”

    Sergey va Annaning farzandi Yuriyning taqdiri fojiaviy tarzda yakun topgan: 1937-yilning 13-avgust kuni u Stalinga suiqasd uyushtirishda yordam ko‘rsatgani aybi bilan otib o‘ldirilgan.

    1920-yillarning boshida Yesenin pala-partish tarzda hayot kechira boshlagan: ichgan, qahvaxonalarda janjal ko‘targan, tasodifiy aloqalarga yengil qaragan. Aynan shu paytda u amerikalik raqqosa Aysedora Dunkanni uchratadi. Dunkan shoirdan 18 yoshga katta edi, rus tilini bilmas, Yesenin esa ingliz tilida gapira olmasdi. Tanishishganidan yarim yil o‘tgach, ular turmush qurgan. Sergey Yesenin hayotining ushbu sahifalari — cheksiz janjal va urushlar bilan kechgan. Ular bir necha bor ajrashib, yana qayta topishgan va nihoyat “o‘zaro tushunmovchilik”ni yenga olmagan. Aysedora shoir vafotidan ikki yil o‘tgach, o‘z sharfiga bo‘g‘ilib, fojiali tarzda o‘lim topadi.

    Bayrut aeroportida operatsiya o‘tkazgan Isroil maxsus kuchlari

    Isroilning “Dar” maxsus bo‘linmasi 1968-yil 28-dekabr kuni kechqurun Bayrut aeroportida opertsiya o‘tkazgandi. Ramat-David aviabazasidan joy olgan bo‘linmalarga brigada generali Rafael Eytan boshchilik qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Falastin xalq ozodligi fronti (FXOF) harbiylari 1968-yilning 22-iyul kuni Rim—Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan “El-Al” avikompaniyasi samolyotini egallab olib, uchuvchilarni Jazoirdagi shaharga qo‘nishga majbur qilgandi. Qo‘nish amalga oshirilgach, 35 nafar isroillikdan boshqa barcha yo‘lovchi ozod etilgan. Ko‘p o‘tmay Isroil hukumati falastinliklar talabini bajarishga majbur bo‘lib, ularning qamoqda saqlanayotgan sheriklarini qo‘yib yuboradi. Ertasi kuni yahudiy ayol va bolalar ozod etilgan, ammo asirda qolgan 12 nafar yo‘lovchi erkak va ekipaj a’zolari ozodlikka bir oydan keyin chiqarilgan. Mazkur voqea Isroil oliy rahbariyatida qattiq vahima uyg‘otgan. Hukumat topshirig‘iga binoan Isroil Mudofaa armiyasi bosh shtabi ofitserlari javob harbiy operatsiyasi ustida ish boshlaydi.

    Falastin xalq ozodligi fronti 26-dekabr kuni Afin aeroportidagi samolotni o‘qqa tutadi va oqibatda bir nafar Isroil fuqarosi halok bo‘ladi. Otishmadan keyin “qasos olish operatsiyasi”ga o‘zgaritish kiritiladi. Bayrut xalqaro aeroportidagi arab aviakompaniyalarining samolyotlarini yo‘q qilishga kelishilgan — bu Livan hukumatini falastinliklar bilan hamkorligiga chek qo‘yishi kerak edi.

    Operatsiyada ishtirok etishga “Sayeret Sanxanim” va “Sayeret Matkal” maxsus bo‘linmalari jalb etilgan. Ular Ramat-David aviabazasiga joylashtirilgan bo‘lib, brigada generali Rafael Eytan rahbarligi ostida harakat qilgan. Rejaga ko‘ra, Bayrut aeroporti hududi uchta sektorga bo‘lingan va uning har birida 20—22 kishidan iborat bo‘linma harakat qilish kerak edi. Ular imkon boricha arab kompaniyalariga ko‘proq zarar yetkazishni maqsad qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Operatsiyada Isroil Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-dengiz kuchlaridan tashqari quyidagi texnikalar ham ishtirok etgan: 15 ta vertolyot, “Skayxok” nomli ikkita va to‘rtta “Votur” qiruvchisi, 6 ta ko‘makchi samolyot, “Saar” sinfiga kiruvchi 4 ta raketa kateri, 2 ta ropedo kateri va bir nechta motor desant polka.

    Isroilning “Super Frelon” vertolyoti havoga 20:37 da ko‘tarilgan. Oradan 40 daqiqacha o‘tgach, ular belgilangan joyga yetib borgan va desantlashtirilgan. Boshqa vertolyotlarga tutunli to‘siqlar o‘rnatilgan va avtomobillar harakatini to‘xtatish uchun aeroport yo‘liga temir mixlar tashlangan. Shuningdek, Isroil vertolyotlari Eliezer Koenning buyrug‘i bilan mashinalarga qarata bir nechta ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

    Isroil harbiylari yerda hech qanaqa qarshilikka duch kelmagan. Maxsus kuchlar xodimlari arablarniki deb hisoblagan samolyotlarni minalashtirib, ularni portlatgan. Soat 21:47 da evakuatsiya boshlangan va u 15 daqiqa davom etgan. Operatsiya qurbonlarsiz yakunlangan.

    Foto: Wikipedia

    Reyd natijasida Livan fuqarolik flotiga qarashli samolyotlarning deyarli yarmi yo‘q qilingandi — Livanning Middle East Airlines hamda Liviyaning Air Livia aviakompaniyalarining 13 ta fuqarolik samolyoti portlagan, yana bir samolyotdagi mina ishlamay qolgan. Yetkazilgan zarar 50 million dollardan oshgan. Bundan tashqari, desantchilar aeroportdagi o‘t o‘chirish mashinalarini ishdan chiqargan, Livan armiyasining yuk mashinasi esa vertolyotdan o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan.

    Isroilning mazkur operatsiyasi qator xalqaro tashkilotlar va dunyo davlatlari tomonidan qoralangan. Ayrim davlatlar Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llagan. Masalan, Fransiya harbiy-texnik hamkorlik qisqartirilishi e’lon qilgan. Shundan keyin Isroil AQSH bilan harbiy hamkorlikka asosiy e’tiborni qaratgan.

    Orbitada ish tashlash e’lon qilgan astronavtlar

    1973-yil 28-dekabr kuni “Skayleb” orbital stansiyasi ekipaji va NASA Parvozlarini boshqarish markazi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu sabab astonavtlar orbitada haqiqiy ish tashlash e’lon qilgan va voqea OAVda keng yoritilgan edi.

    Foto: NASA

    Uch astronavtdan iborat ekipaj kosmik stansiyaga yetib kelganida uchuvchi Bill Pougning ko‘ngli ayniy boshlagan. Bu kutilmagan hodisa edi, chunki Jonson Bill nomidagi kosmik markazda mashg‘ulotlarida u tinimsiz mashqlarda ham o‘zini yo‘qotmagan, aylanuvchi o‘rindiqlarda mahkam turardi.

    Ammo ushbu parvoz uchala astonavt uchun ham birinchi edi. Ekipaj komandiri Jerri Karr Billga oshqozonini tinchlantirish uchun konserva qilingan pomidorlarni yeyishni tavsiya qilgan. Bu yaxshi taklif emasdi.

    “Skayleb” orbital stansiyasi Amerikaning ilmiy laboratoriyasi edi. Astronavtlar olimlarga kosmik parvozning inson organizmiga ta’sirini o‘rganishga yordam bergan, Quyosh va Yerni kuzatish orqali turli tajribalar o‘tkazgan. “Skayleb-4” ekipaji stansiya tarixidagi oxirgi bo‘lishi kerak edi, shu bois ular bajaradigan vazifalar juda ko‘p bo‘lgan. 84 kunga mo‘ljallangan missiya eng kichik detallarigacha belgilab qo‘yilgandi.

    NASA astonavtlardan biri kasal bo‘lib qolishidan qattiq xavotirda bo‘lgan, chunki bunday qolatda orbitadagi qimmatli vaqt bekorga yo‘qotilardi. Hozirda Amerika kosmik agentligi ushbu missiyani rejalashtirishda astronavtlarga vaznsizlikka ko‘nikish uchun imkoniyat berilmaganini tan oladi. Ularga darhol ko‘plab ishlar yuklangan va ochiq kosmosga chiqishlar soni ikkitadan to‘rt martagacha oshirilgan.

    Foto: NASA

    “Biz avvaliga ishlarni o‘z joyiga qo‘yib olib, keyin Yerni ogohlantirmoqchi edik. Shu sababli Billning ko‘ngli ayniyotgani bo‘yicha hisobot bermadik”, — deya eslaydi Ed Gibson.

    Ammo astronavtlar bortdagi barcha ovozlar yozib olinayotganini unutib qo‘ygan va Parvozlar boshqarmasi markazi barchasidan xabar topgandi. Jerri Karr intervyularidan biri shunday degan: “Baxtga qarshi ko‘ngli aynigan Bill kommunikatsiya uchun javobgar shaxs edi va u moslamani yoniq qoldirgani bois barcha suhbatlar yozib olingan. Kechasi uxlaganimizda Yerdagi yigitlar hammasidan xabar topgan”.

    Shu sabab ertasi kuni stansiyadagi dinamiklardan astronavtlar bo‘linmasi komandiri Alan Shepardning ovozi yangragan va uning gap-so‘zlarini nafaqat orbitadagilar, balki butun dunyo eshitgan: suhbat to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan.

    “U aloqaga chiqdi va hamma narsani darhol aytmaganimiz uchun tanbeh berdi. El o‘zini yaxshi tutdi, ammo butun dunyo oldida bizni yerga urishi juda yoqmadi”, — deydi Gibson.

    Shepard Yer atrofida kosmik parvozni amalga oshirgan birinchi amerikalik edi. Keyinroq Shpard “Apollon-14” missiyasi komandiri sifatida Oyga borgan va tabiiy yo‘ldosh yuzasidagi sayrda ikkita golf koptogini uloqtirgan edi. Shu sababli “Oyda golf o‘ynagan insonning o‘zidan tartib-qoidani buzish bo‘yicha tanbeh eshitish” g‘alati bo‘lgan.

    Foto: NASA

    Ekipaj rejani buzmaslik uchun kuniga 16 soatlab ishlashga majbur bo‘lgan, Billning ahvoli esa yaxshilanmagan. Dastlabki oyda orbitaga birorta ham chiqish amalga oshirilmagan. Astronavtlar o‘zlarini orbital stansiyadagi oldingi missiya — “Skayleb-3” bilan taqqoslashlarini bilgan. Ushbu ekipaj a’zolari rejadan ortiq ish bajargani bois ularni “150 foizli jamoa” deb atashardi.

    Oldingi ekipajning hatto yangilar ustidan hazil qilishga ham vaqti bo‘lgan — ular uchta eski kombinezonni turli chiqindilar bilan to‘ldirib, “bosh” qismiga qog‘oz paketlarni kiydirgan stansiyadagi turli o‘rindiqlarga joylashtirib chiqqan.

    Uch nafar astronavt har kuni ertalab amalga oshiriladigan brifingda o‘zlaridan faqat bir kishi ishtirok etsa yetishini hisoblab, navbatma-navbat qatnashishga kelishib olgan.

    Foto: NASA

    Orada astronavtlar bilan Yer atrofida bir marta aylanishga ketadigan vaqt — 90 daqiqacha aloqa bo‘lmagan. U vaqtlarda aloqa taxminan 10 daqiqada bir marta amalga oshirib turilgan. “Yerdagilar buni ish tashlash deb baholadi. Ammo bu qasddan amalga oshirilmagan edi, bu bizning xatomiz bo‘lgan. Matbuot afsona to‘qib, aylantirishni davom etgan va hozirga qadar biz bu bilan yashashga majbur bo‘lyapmiz”, — degan Gibson.

    2000-yilda intervyu bergan Jerald Karr o‘sha kungi “ish tashlash”ni oddiy dam olish kuni sifatida kechganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, barchasi yaxshi ketgan, ekipaj a’zolari hordiq chiqargan, faqat radioni unutib qo‘ygan va belgilangan vaqtda Yer bilan aloqaga chiqishmagan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Afg‘oniston yetakchisi qarorgohini egallagan “KGB” maxsus kuchlari, Moskvada portlatilgan avtobus va Gitlerga rad javobini bergan Franko. Kun xronologiyasida 27-dekabr

    28.12.2022, 10:00   Izoh (0)   46607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Italiya Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 10 mln yevro ajratganini ma’lum qildi

    28.12.2022, 09:49

    Kreml MDH mamlakatlari yetakchilariga sovg‘a qilingan uzuklar yuzasidan izoh berdi

    28.12.2022, 09:35

    Merkel Rossiya-Ukraina nizosini tartibga solishda qatnashmoqchi emas

    28.12.2022, 09:22

    Xersondagi kasalxonaning tug‘uruq bo‘limi o‘qqa tutildi — foto

    28.12.2022, 00:54

    Germaniya Ukraina tufayli qurol eksporti bo‘yicha deyarli rekord o‘rnatdi

    28.12.2022, 00:42

    Rossiya harbiylari yil oxirigacha Donetsk viloyatini egallashni rejalashtirgan — Ukraina Mudofaa vazirligi

    28.12.2022, 00:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.