Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda “Turkistonbank” hamda Hi-Tech Bank xususiy banklarining bank faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziyasi qaytarib berilishi yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
2022-yilning 7-oktabrida Markaziy bank “Turkistonbank” va Hi-Tech Bank’dan litsenziyalarini qaytarib olgandi va mazkur banklarni tugatish komissiyasi tuzilgandi.
Ta’kidlanishicha, Hi-Tech Bank xususiy banki tomonidan qonunchilikka muvofiq har qanday manfaatdor shaxs sudga murojaat etish huquqidan foydalangan holda Markaziy bank qarori yuzasidan sudga murojaat qilingan.
Hi-Tech Bank xususiy bankining Markaziy bank qarori yuzasidan sudga murojaati protsessual qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Avvalroq “Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari muddatidan avval qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)