Xitoy harbiy-dengiz kuchlari boshqa qo‘shin turlari bilan birgalikda Tayvan oroli qirg‘oqlarida patrul xizmati va otishma mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda Guancha xabar berdi.
Otishma va qo‘shma zarbalar ishtirokidagi harbiy mashg‘ulotlar 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan. Xitoy armiyasining rasmiy vakili Shi I mashg‘ulotlarni ”AQSH va Tayvanning kuchaygan provokatsiyalariga Xitoyning qat’iy javobi” deb atadi. U Xitoy jangovar qo‘mondonligining Sharqiy zonasi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun har qanday chora-tadbirlarni qo‘llashini ta’kidladi.
Avvalroq Tayvan tashqi ishlar vaziri Jozef Vu Xitoy yetakchisi Si Szinpin qayta saylanganidan keyin Tayvanga hujum qilish uchun yangi bahonalar topishga tayyorlanayotganini aytgandi. Uning fikricha, bunda Pekin kiberhujumlardan foydalanadi, shuningdek, orolni xalqaro miqyosda izolyatsiya qilishga qaratilgan diplomatik sa'y-harakatlarni kuchaytiradi.
O‘z navbatida, Xitoy TIV AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan mamlakatning 2023-yilga mo‘ljallangan mudofaa byudjeti “yagona Xitoy” tamoyili va davlatlar o‘rtasidagi qator kelishuvlarga zid ekanligini ma’lum qilgandi. Vazirlik Vashingtonni isyonkor oroldan “Xitoyni ushlab turish” uchun foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan.
Izoh (0)