24-dekabr kuni Rossiya harbiylari Xersonni o‘qqa tutdi. O‘sha kuni kechqurun viloyat rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n kishi halok bo‘lgan, 55 kishi yaralangan. 18 kishining ahvoli og‘ir.
Tibbiy xizmatlar bemorlar uchun donorlik qoni zarurligini ma’lum qildi.
Xerson ma’muriyatiga ko‘ra, “bozor, savdo markazi, turar joy binolari, ma’muriy binolar” o‘qqa tutilgan. Favqulodda davlat xizmatining ma’lum qilishicha, zarbalar “Grad” yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlaridan berilgan. Otishma oqibatida oltita avtomobil yonib ketgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy voqeani “terror” hamda “qo‘rqitib, huzurlanish uchun qilingan qotillik” deb atadi.
Meduza Xersonga qilingan hujum oqibatlarini aks etiruvchi fotosuratlarni chop etdi. Diqqat, ularda ko‘ngilni xira qiladigan kadrlar mavjud!
Izoh (0)