• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tataristonda respublika prezidentini rais deb nomlash taklif qilindi

    Tatariston Davlat kengashi prezidiumi respublika konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini tayyorladi, unga muvofiq, respublikadagi oliy mansabdor shaxs “Tatariston Respublikasi rahbari” va “Tatariston Respublikasi raisi” deb ataladi.

    Qozon Kremli

    Qozon Kremli
    Foto: Global Look Press

    Bu haqda, “Biznes Online” nashri yozishicha, 23-dekabr kuni Davlat kengashi sessiyasida davlat qurilishi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish qo‘mitasi raisi Albert Xabibullin ma’lum qildi.

    “O‘ylashimizcha, bunday yondashuv bizga bir tomondan, 414-federal qonun (“Rossiya Federatsiyasi subyektlarida jamoat hokimiyatini tashkil qilishning umumiy tamoyillari to‘g‘risida”gi) talablarini hisobga olish, ikkinchi tomondan esa Tataristonning tarixiy, milliy va madaniy o‘ziga xosliklarini aks ettirish imkonini beradi”, — dedi u.

    Shu bilan birga, respublikaning amaldagi rahbari Rustam Minnixanov avvalgidek, prezident deb nomlanishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda, yangi qoidalar yangi saylanadigan oliy mansabdor shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Qo‘mita rahbari ta’kidlashicha, Minnixanov “prezident sifatida saylangan”, fuqarolar unga prezidentlikka nomzod sifatida ovoz bergan.

    Tuzatishlar Minnixanovga 2025-yilda respublika rahbari lavozimiga qayta saylanish imkonini beradi, u ushbu lavozimni 2010-yildan buyon egallab kelmoqda.

    Tatariston — Rossiya subyektlari orasida rahbari prezident deb ataladigan yagona respublikadir. 2021-yil oxirida Rossiya Davlat dumasi hudud rahbari prezident deb nomlana olmasligini ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi. Shu munosabat bilan Tatariston 2023-yil 1-yanvargacha o‘z konstitutsiyasi va ustavini federal qonunga muvofiqlashtirishi lozim.

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yil iyul oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta rasmiy hujjatda Tatariston rahbari Rustam Minnixanovga nisbatan “prezident” maqomini qo‘llamagan edi. Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan RF Davlat kengashi a’zolari to‘g‘risidagi farmonda Tatariston prezidenti Minnixanovning maqomini “Tatariston Respublikasi rahbari” deb o‘zgartirdi.

    “Prezident” lavozimini bekor qilish haqidagi qonun

    O‘tgan yil sentabrida Rossiya parlamenti quyi palatasi Davlat dumasining bir qator deputatlari Rossiya Federatsiyasining federal darajadagi subyektlarining oliy ma’muri nomidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlagan edi.

    Qonun loyihasi Tatariston Respublikasi Davlat kengashiga yo‘naltirilgan va 25-oktabr kuni 100 deputatdan 82 ta ovoz bilan rad etilgan edi.

    Shunga qaramay, 14-dekabrda qonun loyihasi Davlat dumasi tomonidan ma’qullandi, ertasi kuni Federatsiya Kengashi tomonidan qabul qilindi, 21-dekabr kuni esa Rossiya prezidenti tomonidan imzolandi.

    Qonunga muvofiq, federatsiya tarkibiga kiruvchi hududlar oliy rahbarlari “hudud rahbari” deb ataladi. Qonun 2022-yil iyunida kuchga kirdi.

    Muhokamalar 20 yil avval boshlangandi

    Hududlar mahalliy qonunchiliklarini sinxronlashtirish bo‘yicha ishlar chog‘ida 2001-yilgi federal qonunchilik bilan hudud rahbarlari mansabini belgilash bo‘yicha muammo yuzaga keldi.

    2010-yilda masala qayta muhokama qilinayotgan paytda o‘sha vaqtda Checheniston prezidenti lavozimini egallab turgan Ramzan Qodirov mamlakatda faqat bitta shaxs davlat rahbari maqomiga ega bo‘lishi mumkinligini aytib, prezident maqomidan voz kechgan birinchi ma’murga aylangandi.

    Tegishli qonun Checheniston parlamenti tomonidan qabul qilindi.

    So‘ng, o‘sha yiliyoq hududlar rahbarlariga “prezident” maqomiga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonun Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilindi va prezident Dmitriy Medvedev tomonidan tasdiqlandi.

    Tatariston va Boshqirdiston qonun loyihasiga qarshi chiqdi

    2013-yilda ushbu qarorga faqat Tatariston va Boshqirdiston respublikalari qarshi chiqdi.

    2014-yilda Boshqirdiston deputatlari “prezident” lavozimini bekor qilib, “Boshqirdiston Respublikasi rahbari” atamasidan foydalanishni ko‘zda tutuvchi tuzatishni ratifikatsiya qilib, federal qonunni hayotga tadbiq etdi.

    Tatariston prezidenti Minnixanov qonunni qabul qilishda Tatariston hukumati pozitsiyasi hisobga olinmaganini, ammo baribir respublika uni ijro etishini aytdi.

    Mavzuga doir:

    • Tatariston respublikada prezident lavozimini saqlab qolish uchun Rossiya hududlariga oid qonunga tuzatishlar tayyorladi
    • Tatariston parlamenti respublika prezidenti lavozimini qayta nomlash to‘g‘risidagi federal qonun loyihasiga qarshi chiqdi

    23.12.2022, 16:00   Izoh (0)   10258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Londondagi turk restoranida 200 kishi is gazidan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi

    23.12.2022, 15:28

    Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya bilan aloqalarni to‘xtatishga qaratilgan “kichik ishoralari” ham ular uchun katta xarajatlarga olib keladi — Rossiya TIV

    23.12.2022, 14:09

    AQSH Ozarbayjon va Armanistonni keskinlikni yumshatish va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari uchun zarur qadamlarni ko‘rib chiqishga chaqirdi

    23.12.2022, 13:53

    ISW: Putin Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklari uchun javobgarlikni boshqalarga to‘nkashga urinmoqda

    23.12.2022, 13:34

    Italiya bosh vaziri aholidan Ukraina bilan birdamlik sifatida elektr energiyasini o‘chirishni so‘radi

    23.12.2022, 13:11

    Makron: “Fransiya uchun asosiysi — Rossiyaga xavfsizlik kafolatlarini berish emas, Ukrainani himoya qilish”

    23.12.2022, 12:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.