• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan koni shtabida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarining 2022-yil yakunlari tanqidiy muhokama qilindi va 2023-yil uchun rejalar belgilab olindi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida geologiya sohasini rivojlantirish va uning barcha bo‘g‘inlarida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator, jumladan, geologiya ishlarining 10 yillik dasturini ishlab chiqish, 6 ming metrdan ortiq chuqurliklarda gaz uyumlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, konlarni ishlatish va ular bo‘yicha berilgan litsenziyalarni hamda majburiyatlar bajarilishini qayta ko‘rib chiqilishi kabi maqsadli vazifalar belgilab berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Sho‘rtan konidagi shtabda ushbu vazifalarni bajarish maqsadida 2022-yilda amalga oshirilgan neft va gaz geologiya qidiruv ishlari va ularning natijalari, jumladan, 5 ta yangi kon ochilganligi, 35 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 1,6 mln tonna suyuq uglevodorod zahiralari ko‘paytirilganligi alohida qayd etildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zLITIneftgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ, “IGIRNIGM” davlat muassasasi va “Shlyumberje” kabi korxonalarning hamda joylardagi burg‘ilash, qazib chiqarish boshqarmalarining rahbar va mutaxassislari, geologlar, geofiziklar, muhandislar ishtirokida “O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yildagi neft va gaz geologiya qidiruv ishlarining ustuvor vazifalari hamda erishilishi kutilayotgan natijalari batafsil muhokama qilindi.

    Dastlab “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022-yilning yakunida yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari rejasini bajarish, zaxiralarni ko‘paytirish va yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish hamda ularning kelgusi istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir takliflar batafsil tahlil qilindi.

    Shu bilan bir qatorda, 2022-yilda neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xususan burg‘ilashga kiritish uchun yetarli darajada yangi maydonlar tayyorlanmaganligi, burg‘ilash ishlarini bajarishdagi kamchiliklar va ular ustidan yetarlicha geologik nazorat olib borilmaganligi, mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida burg‘ilash eritmalari bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar, seysmik qidiruv ishlari ustidan doimiy monitoring ishlarining sust bajarilganligi va quduqlarda o‘rnatilgan geologik texnologik stansiyalar faoliyatidagi kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

    Ushbu kamchilik va nuqsonlarni tezkor bartaraf etish yuzasidan barcha tegishli rahbar va mutaxassislarga aniq muddatlarini belgilagan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    Qo‘mita va uning tarkibidagi tashkilotlar bilan birga Respublikada neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatida Qoraqalpog‘iston Republikasi va Respublikamizning boshqa hududlari ham belgilab olinganligi, Ustyurt mintaqasida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha Kelajak maydonida 6500 metrga izlov quduqlarini burg‘ilash tadbirlarni loyihalashtirish, ularni maqsadli amalga oshirish, tabiiy gazning yangi konlarini ochish, qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi hamda kelgusi yillarda birinchi navbatda qaysi yangi maydonlarda chuqur burg‘ilash ishlarini boshlash kelishilib olindi.

    “O‘zbekgeofizika” AJ bilan birgalikda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tayyorlanayotgan istiqbolli strukturalar bazasi kamligi e’tiborga olinib kelgusida “O‘zbekgeofizika” AJ va Davlat geologiya qo‘mitasi tomonlaridan 3D seysmik qidiruv ishlari natijasida tayyorlanadigan istiqbolli strukturalar sonini yanada kengaytirib, kelgusi 2023—2032-yillar mobaynida doimiy to‘ldirilib borilishi ta’kidlab o‘tildi hamda Davlat geologiya qo‘mitasi mutaxassislari ham o‘z vazifalarini belgilab olishdi.

    Shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasiga “O‘zbekneftgaz” AJ uchun kelgusida Respublikamizning neft va gazga istiqbolli hududlaridan kerakli bloklarni ajratib berish bo‘yicha takliflar aytib o‘tildi hamda ushbu barcha ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar geologiya-qidiruv ishlarini kelgusi 10 yillik dasturida aks etirilishi belgilab olindi.

    Bundan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga qo‘yilgan geologiya-qidiruv ishlari vazifalarni bajarish uchun kelgusi 2023—2032-yillarga geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqishda “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ va Davlat geologiya qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan “Ishchi guruh” tuzilgan holda ishlarni tezkor tashkillashtirishga ko‘rsatma berildi.

    Tadbir davomida Ustyurt hududining qo‘shimcha istiqbollarini o‘rganish maqsadida “Shlyumberje” kompaniyasi bilan o‘rnatilgan hamkorliklar asosida jamiyat bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar holati, olingan va erishilayotgan natijalarning samaradorligi ham o‘rganib chiqildi. Ushbu kompaniya bilan keyingi yillarda Muborak, Sho‘rtan va Gazli hududlari istiqbollarini baholash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish va davom etirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Shu bilan birga “O‘zLITIneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi barcha neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, departamentlardagi barcha geologiya xodimlarini “Shlyumberje” kompaniyasida 2023-2024-yillarda mutaxassislarni malakaviy o‘qitish, ularni saviyasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkillashtirilishiga kelishib olindi.

    Boshqaruv raisi shuningdek burg‘ilash ishlarida hamda uglevodorod qazib chiqarish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham tanqidiy muhokama qilib, tegishli rahbar va mutaxassislarga ularni bartaraf etish, bugungi kundagi dunyodagi geosiyosiy holatni e’tiborga olgan holda, material-texnik resurslar ta’minotini tezkor hal qilish, qisqa muddatlarda tadbirlar samaradorligini keskin oshirish bo‘yicha ham zarur ko‘rsatmalar berdi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari yuqorida keltirilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish orqali Respublika uglevodorod xom ashyo bazasini mustahkamlash va uni kelgusida barqaror rivojlantirish, shuningdek aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qilish maqsad qilingan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    23.12.2022, 22:33   Izoh (0)   9766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi ko‘p kvartirali uylarda resirkulyatsion nasoslar o‘rnatilmoqda

    23.12.2022, 22:09

    O‘zbekistonda budjet mablag‘larining ishlatilishi elektron nazorat qilinadi

    23.12.2022, 20:46

    Andijonda ikki korxona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    23.12.2022, 20:27

    Qoramollarda brutsellyoz va oqsil kasalligi tarqalgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    23.12.2022, 20:03

    Nikita Makarenko Samarqandda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘talga qarshi siroplar yuzasidan JSST oktabr oyida ogohlantirish bergani haqida yozdi

    23.12.2022, 19:22

    “Muammoni aytyapmiz, rahbarlar eshitib, ko‘rib tursa-da, jim”. Toshkentda salkam 600 mln so‘m ish haqini ololmayotgan tadbirkor (video)

    23.12.2022, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    200 dollarlik imzo: Jizzaxda ikkita mansabdor qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 20:18

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    Hindiston shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 240 nafarga yetdi

    Dunyo | 13 avgust, 20:15

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga bordi

    Dunyo | 13 avgust, 20:05

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.