• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSRdan qochish uchun 100 km suzgan okeanolog, Saddam Husaynning qo‘lga olinishi va Peruda 6 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘l. Kun xronologiyasida 13-dekabr

    13-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSRdan qochish uchun 100 kilometr suzgan okeanolog, Saddam Husaynning qo‘lga olinishi va Peruda 6 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘l oid faktlar o‘rin olgan.

    SSSRdan qochish uchun uch kun davomida okeanda suzgan okeanolog

    1974-yil 13-dekabr kuni sovet okeanologi Stanislav Kurilov SSSRdan qochib ketgandi. “Sovet Ittifoqi” kruiz layneri bortida bo‘lgan erkak 12 metr balandlikdan suvga sakrab, Filippin arxipelagi orollaridan birining qirg‘og‘iga yetib borgunga qadar uch sutka Tinch okeanida suzgan. Kurilov qanday qilib 100 kilometr masofani yegulik va uyqusiz yengib o‘tgani hozirga qadar noma’lumligicha qolmoqda.

    Foto: Facebook

    Bundan 48 yil oldin okeanolog Stanislav Kurilov SSSR tarixidagi eng ekstremal qochishlardan birini amalga oshirgan. U kruiz layneri bortidan okeanga sakrab, Siargao oroliga qadar Tinch okeanida suzgan va siyosiy boshpana so‘ragan. Azaliy orzusi oxir-oqibat uni Kanadaga olib borgan.

    Na amaldor va na maxsus xizmat xodimi bo‘lgan Kurilov norozilik tufayli umidsiz qadam tashlashga majbur bo‘lgan. U sovetlarga qarshi bo‘lmagan, shuningdek, siyosatga ham qiziqmasdi. Ammo u mamlakatga qaytmaslikda gumonlanib, xorijga chiqarilmaganidan aziyat chekib kelgan. Rasmiylarning bunday qaror qabul qilishiga Kurilovning qarindoshlari orasida “nojo‘ya xatti-harakat” sodir etganlar borligi sabab bo‘lgan — uning singlisi Hindiston fuqarosiga turmushga chiqib Kanadada yashardi.

    Leningrad gidrometeorologiya institutini “Okeanologiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan Kurilov SSSR Fanlar akamdeiyasi Okeanologiya instituti mahalliy filialida ishlagan, shuningdek, Vladivostokdagi Dengiz biologiyasi institutida suv ostida sho‘ng‘ishni o‘rgatish bo‘yicha instruktor sifatida ishlagan. Biroq uni xorij va iliq okeanlar qiziqtirgan. Mamlakatdan chiqa olmaslik maqomi uning o‘z yo‘nalishidagi karyerasiga to‘sqinlik qilardi.

    Aftidan, u juda mustahkam sog‘liq va jismoniy holatga ega bo‘lgan — Kurilov sovet odamlari orasida ommalashmagan yoga bilan shug‘ullangan. SSSRni qonuniy tark etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan Kurilov qochish rejasini tuzgan. U juda jasur va o‘ta telba inson sifatida harakat qilgan: sovet kemasidan ochiq, shu bilan birga tungi okeanga sakrab, noma’lum yo‘nalishda suzish rejasini tuzgan.

    Rejasini amalga oshirish uchun Kurilov “Qishdan yozga” kruiz turiga chipta olib, Yangi yil bayrami avvalida Vladivostokdagi turistlarni ekvatorga aylantirib, birorta portga kirmasdan yana ortga qaytishi kerak bo‘lgan “Sovet Ittifoqi” layneriga o‘tirgan. “Tashqi dunyo” bilan aloqa bo‘lmagani bois sayohat dasturi uchun kemaga chiqishga viza talab etilmagan. Kurilov butun umri davomida bir marta paydo bo‘ladigan imkoniyat ekanini tushungan.

    Foto: Wikipedia

    Sayohat qimmat edi va Sovet Ittifoqining badavlat fuqarolari yaxshigina sayohatni qo‘ldan boy bermaslikka uringan. Ayrimlar butun sayohat davomida kayutalarini tark etmagan — alkogol va yegulik uchun sheriklarini yuborib turgan. Kurilov ham boshqalar e’tiboriga tushmaslik uchun bunday maishatlarda ishtirok etib turgan, biroq asosan okeanni, yulduzlarni kuzatgan, kemani o‘rgangan.

    Laynerning yo‘nalishini taxminiy tahlil qilgan Kurilov quruqlikka eng yaqin nuqtani o‘zi uchun aniqlab olgan. 38 yoshli okeanolog o‘z kuchidan shubhalanmagan. U bolaligidan mohir suzuvchi edi va yoshligida Irtishdan suzib o‘tgandi.

    “O‘sha kuni uzoq manzillarga suzuvchi okeanografik kemalarda ishlash uchun viza so‘rab qilgan murojaatimni yana rad etishgandi, sabrim tugagan edi. Odatda menga sababini aytmasdan rad javobini berishardi. Bu safar shaxsiy ishimga quyidagicha yozilgandi: Janob Kurilovning kapitalistik davlatga borishini maqsadga muvofiq deb hisoblamaymiz. Meni chayon chaqqandek bo‘ldi, ichimdagi hamma narsa portlab ketdi. Bu, albatta, umidsizlik edi! Ozodlikka erishish uchun mitti bo‘lsa-da umid yo‘q bo‘lgan umrbod mahkumlik”, — deb yozadi Kurilov o‘z hayoti haqida.

    Kurilovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqeadan keyin unda hech qanaqa qo‘rquv qolmagan. U o‘z yurti oldida vatanparvarlik majburiyatlarini ortiq his qilmay qo‘ygan.

    Foto: Wikipedia

    Shunday qilib, 1973-yil 13-dekabr tunida Kurilov 12 metr balandlikdan suvga sakrab, teploxod parraklariga urilib ketishiga bir bahya qolgan. U g‘avvoslarning rezina oyoq kiyimi, niqobi va trubkasini taqib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha suzishni boshlagan. Meduzalar erkakni faqat bir marta chaqqan, akulalar esa umuman qiziqish bildirmagan.

    Kurilovning hisob-kitoblariga ko‘ra, u 18 kilometrgina suzishi kerak bo‘lgan. Ammo navigatsiyadagi xatolik sabab bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan masofa besh karra oshib ketgan. U qariyb uch sutka suzib, qirg‘oqqa chiqib olgan — Filippin huquq-tartibot idoralari tomonidan davlat chegarasini buzgani uchun ushlangan.

    Foto: Wikipedia

    Kurilov yarim yil Filippinda qolib, hukumatning o‘z taqdiri haqidagi qarorini kutgan. Filippin qamoqxonalaridan Kanadadagi singlisinikiga ko‘chib o‘tgan okeanolog avvaliga pitssaxonada ishlab pul topgan. Keyinroq uning bilim va ko‘nikmalaridan Gavayi orolidagi dengiz tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi firma xabar topgan. Shimoliy Amerikada Kurilov 10 yildan ortiq umrini o‘tkazgan. Keyinroq u Isroilga ko‘chib o‘tib, Xayfa okeanografiya institutida ishlay boshlagan. Kurilov bu yerda Yelena Gendelevaga uylangan.

    1998-yil 29-yanvar kuni 60 yoshli Kurilov Tabariya ko‘liga sho‘ng‘igan vaqtida suv ostidagi baliqchilar to‘riga ilib qolgan. Ballonidagi butun kislorodni ishlatib bo‘lganidan keyin, havo yetishmasligidan vafot etgan. Sovet Ittifoqida Stanislav Kurilov vatan xoini sifatida ayblanib, sirtdan 10 yilga qamoq jazosiga hukm etilgandi.

    Saddam Husaynning qo‘lga olinishi

    2003-yil 13-dekabr kuni Amerika bostirib kirganidan keyin Iroq rahbarligidan ag‘darilgan Saddam Husayn qo‘lga olingan edi. CBS telekompaniyasi so‘roviga ko‘ra, amerikaliklarning 49 foizi Saddamning ag‘darilishi AQSHning ushbu davlatga bostirib kirishini oqlamaydi deb hisoblagan. Shu bilan birga, 36 foiz aholi Amerikaning aralashuvini oqlagan bo‘lsa, 14 foiz respondent javob berishga qiynalgan.

    Foto: AFP

    AQSHning Iroqqa bostirib kirishi oqibatida qariyb 5 ming amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Saddam Husaynning hokimiyatdan chetlatilishi sunniy va shialar, shuningdek, kurdlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarni yuzaga keltirgan.

    Vashingtondagi Jons Hopkins, Kanadadagi Simon Frayzer hamda Iroqdagi Mustansiriya universitetlarining qo‘shma tadqiqotlari natijasida keltirilishicha, 2003-yildan 2011-yilga qadar Iroqda 461 ming kishi halok bo‘lgan.

    Amerika bilan hamkorlik qilgan iroqlik sobiq tarjimon Saddam Husaynning qo‘lga olinishi haqidagi batafsil ma’lumotlarni aytib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarjimon Iroq sobiq diktatorini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan AQSH harbiylari bilan birga bo‘lgan. Ular bilan hamkorlik boshlanganidan sakkiz oy o‘tib Saddam yashiringan joy haqida maxfiy ma’lumot kelib tushgan. “Bu joy Dajla daryosidan bir necha metr narida joylashgan ferma edi”, — deydi tarjimon.

    Foto: AFP

    Husayn yashiringan joy uning qo‘riqchisini kuzatish natijasida topilgan — u bozordan eng yaxshi tovarlarni xarid qilgani shubha uyg‘otgan. Aniqlangan manzilgan Amerika maxsus kuchlari bo‘linmasi yuborilgan, desantlar tashlangan. “U yerdan bir necha kishi olib chiqildi. Shundan keyin bular kimligini so‘radim… Ofitserim — bu prezident Saddam Husayn ekanini aytdi, uni qo‘lga olishga yuborilgan maxsus kuchlar bizni yaqinlashishga ham qo‘ymadi”, — deya eslaydi tarjimon. Sobiq prezident vertolyotda evakuatsiya qilingan.

    Saddam Husayn Fidel va Raul Kastro bilan birga

    Saddam Husayn Fidel va Raul Kastro bilan birga
    Foto: AFP

    Saddam Husayn bo‘lgan fermaning bir kilometr maydoniga uxlatuvchi gaz sepilgan. Iroqning sobiq rahbari yashiringan joy uzunligi 4 metrni, eni esa 3,5 metrni tashkil etgan, ikkita karovat bo‘lgan. Saddamning buyumlari orasida ikki juft ortopedik poyabzal, qimmat ust-bosh, atirlar va shaxsiy buyumlar — prezidentning qo‘l soatlari, oilasining bir nechta suratlari, bo‘sh plyonkali diktofon, o‘zining audioyozuvlari, shaxsiy revolver bo‘lgan. Husaynning aksariyat shaxsiy buyumlari harbiylar tomonidan o‘g‘irlangan — ular buni esdalik uchun olyapmiz, degan.

    Sobiq tarjimonning eslashicha, operatsiyadan keyin fermadagi apelsin daraxtlari, to‘tiqushlar, qoramollar, boshpanasiz itlar noma’lum oq modda kukuni bilan qoplangan, jumladan, hayvonlarning barchasi o‘lgan. Kukun ikki-uch kundan keyin tarqalib ketgan.

    Saddam Husayn 2006-yil 30-dekabr kuni qatl etilgan. Sobiq yetakchining advokati Muhammad Munib “U natija oldindan belgilangani, ular uning boshini istashini va hech qanday e’tiroz qabul qilinmasligini boshidanoq bilardi”, degan edi.

    Foto: AFP

    Shu bilan birga, advokatning so‘zlariga ko‘ra, Husayn Eronga o‘zining asosiy dushmani deb qarashda davom etgan.

    “U mard edi, shu ma’nodaki, biz uning biror narsadan qo‘rqayotganini hech qachon sezmaganmiz: na ko‘rinishida, na so‘zida, na suhbatida, na bergan savollarida. U yuridik fakultet bitiruvchisi sifatida so‘zga chiqdi va sudning qonuniy emasligini bilgan holda bu soxta jarayonni fosh etish maqsadida ayrim huquqiy jihatlarga oydinlik kiritdi. Shu sababdan u hech kimga sir bo‘lmagan g‘urur va hurmatni uyg‘otdi. O‘ylaymanki, uning qatl etilish lahzasi — buni hammamiz televizorda ko‘rgandik — aytganlarimni tasdiqlaydi”, — deya qo‘shimcha qilgandi Munib.

    Foto: AFP

    Anddagi xavfli ko‘l

    Palkaray va Pukaranka tog‘larining yonbag‘rida joylashgan Palkakocha ko‘li haqiqiy “harakatga keltirilgan bomba” hisoblanadi. 1941-yil 13-dekabr kuni bu yerda sodir bo‘lgan fojia oqibatida 6 mingdan ortiq odam halok bo‘lgandi. Ko‘lga tog‘lardan birining bo‘lagi qulab tushishi oqibatida ulkan to‘lqin hosil bo‘lgan va u butun boshli Uarash shahrini yakson qilgan. Yarim soat ichida mahalliy turistik markaz butunlay suv, loy va muz aralashmasi ostida qolgandi.

    Foto: Myseldon
    1970-yillarda bu yerga mahalliy suvlar oqimini to‘sish uchun to‘g‘on qurilgan. U deyarli o‘zgarmagan, biroq global isish oqibatida muzliklar eriy boshlagan va ko‘ldagi suv hajmi sezilarli darajada oshgan. 2019-yil holatiga ko‘ra, Palkakochadagi suv 1970-yilga nisbatan 34 barobarga ko‘paygan. Suv to‘lqinidan jabr ko‘rgan Uaras shahrining aholisi esa hozirda 120 ming kishidan oshgan.

    Yuz bergan fojiaga qaramay, ko‘lda hozirga qadar potensial xavfdan ogohlantiruvchi markazlashgan ogohlantirish tizimi mavjud emas. Bu vazifani kun-u tun kichik qorovulxonada soqchilik qiladigan insonlar bajaradi. Ularning vazifasi tog‘larning holatini kuzatish va nimadir sodir bo‘lsa shaharni xavfdan ratsiya orqali ogohlantirishdan iborat.

    Foto: Myseldon

    Soqchilarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida katta-katta qor bo‘laklari ko‘lga tushib turadi, biroq ular 1941-yildagi kabi talafot yetkazishga qodir emas. Asosiy muammo shundaki, favqulodda holatda soqchilar “trevoga” signalini berib, biroq o‘zlari omon qolishga ulgurmasligi mumkin. Kundan kunga ko‘lga qo‘layotgan toshlar sonining ortib borishi vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda.

    Perudagi o‘rtacha harorat oxirgi 200 yil ichida taxminan Selsiy bo‘yicha 2 darajaga ko‘tarilgan, natijada mahalliy muzliklar o‘z og‘irligining 90 foizini yo‘qotgan. Muzliklarning erishi ko‘ldagi suv hajmining 15 milliard litrga ortishiga olib kelgan — bu kattaroq muzning qulashi oqibatida to‘g‘onning istalgan vaqtda buzilishiga olib kelishi mumkin.

    Foto: Myseldon

    Uarasa aholisi ko‘lning holati bo‘yicha muntazam shikoyat qilib keladi. Ogohlantiruvchi tizimlarning o‘rnatilish jarayoni uzoq yillarga cho‘zilib ketgan. Mahalliy aholining aytishicha, bu byurokratik jarayonlar bilan bog‘liq. Peruda institutlardan birining direktori Xorxe Rechartening ta’kidlashicha, oldindan ogohlantirish tizimini o‘rnatish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi.

    Ogohlantiruvchi tizimning o‘rnatilishi Uarasa aholisiga 30 daqiqa vaqt beradi — bu butun shaharni evakuatsiya qilish uchun yetishi lozim. Mol-mulklarni qutqarish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, muhimi — insonlar hayoti. Mahalliy hukumat vakillarining aytishicha, oldindan ogohlantirish tizimi taxminan 45 foizga tayyorlangan. Ushbu majmuani ishga tushirish oqim bo‘yicha pastlikda joylashgan muzli ko‘l so‘nggi 10 yilda qirg‘oqlaridan chiqishni boshlagani sabab tezlashgan.

    1941-yilda suv toshqini sodir bo‘lgan hudud hozirga qadar potensial xavfli hisoblanadi. 1950-yillar oxiriga qadar u yerda korxonalar va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish taqiqlangan. Bugungi kunda mazkur hududda shaharning asosiy bog‘lari joylashgan.

    Foto: Myseldon

    Keksalarning eslashicha, to‘g‘onga Palkakochadagi suv sathini kamaytirishga xizmat qiladigan ulkan trubalar o‘rnatilgan bo‘lgan, biroq ular o‘z vazifasini bajara olmagan. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish vaziyatni butunlay o‘zgartirishi va Uarasa aholisining xavfsizligiga yordam berishi mumkin.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Vyetnamdagi tomoshada halokatga uchragan rus qiruvchilari, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev vafoti va AQSH parfyumeriya magnatining bedarak yo‘qolgan qizi. Kun xronologiyasida 12-dekabr

    13.12.2022, 09:30   Izoh (0)   57809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Ukrainada “tinchlik o‘rnatilishini tezlashtirish” uchun uchta qadamni taklif qildi

    13.12.2022, 09:24

    Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha qo‘shin yuborishi mumkin — OAV

    12.12.2022, 23:46

    “Turkiyada 150 mln barrel neft zaxirasiga ega yangi kon topildi” — Erdo‘g‘on

    12.12.2022, 23:37

    Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan qulab halok bo‘ldi

    12.12.2022, 22:24

    “Daryo” kundaligida 12-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    12.12.2022, 22:00

    Smartfonlar semizlikni keltirib chiqarishi mumkin — olimlar

    12.12.2022, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.