Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Petrogradskiy tumanida o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan qulab halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Chapayev ko‘chasida joylashgan turar joy binosi qurilishi vaqtida 45 yoshli ishchi balandlikdan qulagan. U olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari hodisa Petrogradskaya qirg‘og‘ida joylashgan “Jayms Bek Manufaktura” turar joy majmuasi qurilishida yuz berganini ma‘lum qilgan. Marhum O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Mavzuga doir: