Venesuela olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, smartfondan kuniga 5 soatdan ko‘p foydalanish semirish xavfini 43 foizga oshirishi mumkin.
Agar bu holat “kompyuter+smartfon” kombinatsiyasi asosida, turli virtual o‘yinlar o‘ynash tarzida kechsa, zarar ko‘lami yanada ortadi. Qolaversa, bir joyda o‘tirgan yoki yotgan holatda uzoq vaqt ekrandan ko‘z uzmaslik nafaqat ortiqcha vazn, balki ko‘rish qobiliyati zaiflashishiga ham sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, gadjetlardan me’yoridan ko‘p foydalangan kishilar odatda sog‘lom va o‘z vaqtida ovqatlanish tartibiga ham to‘liq amal qilmaydi. Bu holat organizmda boshqa qator xavfli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mavzuga doir:
- Fastfudlarning qanday zarari bor? Mutaxassis nega ulardan tiyilish kerakligi haqida gapirdi
- Ona suti bilan oziqlanish, bo‘y, ortiqcha vazn: O‘zbekistondagi bolalar salomatligi bo‘yicha ma’lumot
- Maktab yoshidagi har 3 o‘g‘il-qizdan biri ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekmoqda — JSST
- Sakkiz yildan so‘ng sayyora aholisining qariyb yarmi semizlikdan aziyat chekishi mumkin