Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘zbekistonlik 37 yoshli enaga 83 yoshli ayolga zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy Kikar nashri xabar berdi.
Tergov ma‘lumotiga ko‘ra, enaga xonani tozalashga ketganida qariyani omborxonaga qulflab qo‘ygan. O‘zbekistonlik gumonlanuvchi keksa ayolni yuzi va tanasida ko‘karishlar borligi sababli kaltaklagani taxmin qilinmoqda.
Gumonlanuvchini hibsda saqlash muddati sud tomonidan vaqti-vaqti bilan uzaytirilgan. Hozirda tergov nihoyasiga yetgan, prokuror unga nisbatan ayblov xulosasini taqdim qilmoqchi. Sud jarayoni tugaguniga qadar ayol hibsda saqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyida Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqarolar hindistonlik erkakni o‘g‘irlab ketgandi. Hindiston fuqarosi ozod qilinganidan so‘ng, holat yuzasidan Qarag‘anda politsiyasiga murojaat qilgan. 27 yoshli jabrlanuvchi noma’lum shaxslar uni majburan mashinaga o‘tqazib, Ostona shahriga olib ketishganini aytgan. Poytaxtda hindistonlik erkak kvartirada ushlab turilgan va zo‘ravonlik bilan tahdid qilinib, undan 200 ming dollar talab qilingan.
Mavzuga doir: Meksikada garovda ushlangan yetti nafar o‘zbekistonlik qutqarildi (foto)
Izoh (0)