Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat yer usti energiyasini qayta tiklash uchun 1,5 milliard yevro kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Prezident Parijda bo‘lib o‘tgan “Ukraina xalqi bilan birdamlik” konferensiyasida so‘zlagan nutqida bu bo‘yicha gapirgan.
“Afsuski, elektr stansiyalarimizning aksariyati o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan yoki vayron bo‘lgan: barcha gidroelektr stansiyalar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar. Rossiya zarbalari oqibatida vayron bo‘lgan Ukraina energetika obyektlarini tiklash uchun kamida 1,5 milliard yevro kerak”, — deydi u.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada blekaut bo‘lishidan manfaatdor. Bu orqali Kreml Yevropaga go‘yoki “mag‘lubiyat” sifatida qarashi mumkin.
Mavzuga doir:
Izoh (0)