Davlat statistika qo‘mitasining YuNISEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 81 foizida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bir nafar bola istiqomat qiladi.
Shuningdek, 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 79 foizi oilada ota-onasi bilan, 16 foizi faqat onasi bilan, 2 foizi esa faqat otasi bilan birga yashaydi. Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi.
Avvalroq qo‘mita bolalar salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan 7 foiz bolalarning bo‘yi esa o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006-yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 foiz) nisbatan 2 barobarga pasaygan.
Ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 foizida (o‘g‘il bolalar 5 foiz, qiz bolalar 4 foiz) kuzatilmoqda. 2006-yilda o‘tkazilgan MIKS kuzatuvida bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)