Daryo

Toshkentda o‘quvchilar futboldagi janjal sabab mushtlashib ketdi (video)

Ularning janjali shu atrofda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan

1 daqiqa o‘qish31 726 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, 24-noyabr kuni taxminan soat 16:50 da Mirobod tumani “Parvona” mahallasida 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari futbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro urishib ketgan. Ularning janjali shu atrofda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar