Ukraina va Eron mutaxassislari Rossiya armiyasining Shahed dronlaridan foydalanishini muhokama qildi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvdan maqsad Rossiya Eronning uchuvchisiz uchish apparatlarini frontda qo‘llashi yuzasidan “tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik” hisoblanadi. Tehron The Washington Post gazetasida Rossiyada Eronning zarba beruvchi dronlari ommaviy ishlab chiqarilishi haqidagi maqoladan so‘ng ekspertlar bilan uchrashishni so‘ragan. Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Adrian Uotson maqolada Eron Rossiyaga ukrainaliklarni o‘ldirishda yordam berayotganini aytgandi.
“Eron va Ukraina mudofaa bo‘yicha ekspertlari o‘rtasidagi qo‘shma hamkorlikda muhim qadamlar qo‘yildi. Bu boradagi tushunmovchiliklar bartaraf etilmaguncha davom etadi”, — dedi Eron tomoni.
Bayonotda Rossiya va Eron mudofaa sohasida uzoq yillik hamkorlikka urg‘u berishi, Tehron harbiy sohada ehtiyoj va ustuvorlikka ko‘ra boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishi mumkinligi ta’kidlandi.
“Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Eron aniq pozitsiyani egallab, BMT Nizomi va xalqaro huquq tamoyillari va maqsadlariga to‘liq rioya etilishini ta’kidladi”, — deydi Eron vakili.
Mavzuga doir:
- AQSH Shahed dronlarini ishlab chiqaruvchi Eron kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya bu qurollardan Ukraina bilan urushda foydalanmoqda
- Rossiya dronlar evaziga Eronga 140 mln yevro naqd pul va qo‘lga olingan G‘arb qurollarini yuborgan — OAV
- AQSH Eronni Rossiyaga dronlar yetkazayotgani uchun javob berishi haqida ogohlantirdi
Izoh (0)