• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSRdan samolyotda qochishga uringan gruzin yoshlari, gugurt tufayli yuz bergan London metrosidagi yong‘in va XX asrning eng yirik o‘z joniga qasd qilish holati. Kun xronologiyasida 18-noyabr

    18-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSRdan samolyotni olib qochishga uringan gruzin yoshlari, o‘chirilmasdan tashlangan gugurt sabab London metrosida yuz bergan yong‘in hamda XX asrning eng yirik o‘z joniga qasd qilish holatiga oid faktlar o‘rin olgan.

    SSSRdan qochish: gruziyalik “oltin avlod” vakillari nima sababdan samolyotni olib qochmoqchi edi?

    Bundan 39 yil oldin 18-noyabr kuni Gruziyadagi obro‘li oilalarning vakillari — “oltin avlod” Tbilisi—Leningrad yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshiruvchi Tu-134 samolyotini minib qochishga uringandi. Sovet matbuoti tomonidan terrorchilik deya topilgan mazkur harakati orqali ular xorijga chiqib ketishni maqsad qilgandi. Ijodkor insonlarning farzandlari bo‘lgan yoshlarning aksariyati xorijda bo‘lib qaytgan va o‘z rejalarini amalga oshirish uchun boshqa yo‘ldan ham foydalanishlari mumkin edi. Biroq tergovda aniqlanishicha, qiziqqon yoshlarni mashhur bo‘lish ilinji o‘z domiga chorlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Ular o‘z rejalarini amalga oshirishda 1970-yili An-24 samolyotini Turkiyaga olib qochgan litvalik Brazinskaslardan ilhomlangan. SSSRda bunday aksiyalar oldin ham bo‘lib turgan, ammo barchasi omadsizlik bilan yakunlangan. Xususan, 1954-yilda ekipaj a’zolari Leningrad—Tallin yo‘nalishida uchayotgan Li-2 ning olib qochilishiga to‘sqinlik qilgan. 1958-yilda Estoniyaga tegishli samolyot hujumga uchragan. O‘sha yili ta’qibdan qochgan ikki bosqinchi Yoqutistondagi aerodromga kirib borib, An-2 ni AQSHga minib qochmoqchi bo‘lgan.

    1961-yilda uch nafar yosh arman — aktyor, chilangar va chayqovchi — Yak-12M da Turkiyaga qochmoqchi bo‘ladi. Ular Sovet tuzumiga qarshi bo‘lib, repressiyalar haqida butun dunyoga gapirib berishni rejalashtirgan. Hodisa havo kemasining halokati bilan yakunlangan. Bosqinchilardan biri halok bo‘lgan, qolgan ikkisiga tegishli ma’lumotlar maxfiylashtirilgan — ular otib tashlangan yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    1964-yildan 1983-yilga qadar Sovet Ittifoqida Brazinskaslardan tashqari samolyotni olib qochishga bog‘liq 43 ta holat qayd etilgan. Bunday holatlar shu qadar ko‘payganidan 1973-yildan ularni jinoyatning mustaqil turi sifatida tasniflay boshlashgan.

    Batumida to‘xtab o‘tadigan samolyotni olib qochish niyatidagi gruzinlar Finlyandiya yoki Turkiyaga borishni reja qilgan. Ushbu kurort shaharga yaqindagina oila qurgan, taniqli kinorejissor Mixail Kobaxidzening 21 yoshli o‘g‘li German va Moskvada taniqli fizikning qizi, arxitektura fakultetining talabasi 19 yoshli Tinatin Petviashvili to‘y safariga jo‘nashi bahonasida yo‘l olgan.

    Jinoiy rejaga “Gruziya-film” kinostudiyasi rassomi Iosif Sereteli boshchilik qilgan. Guruhdan, shuningdek, Tbilisi tibbiyot instituti Gospital jarrohlik kafedrasi ordinatori Kaxa Iveriyeli, ukasi Paata, talaba David Mikaberidze va jinoyatchilarning eng kattasi — 32 yoshli ishsiz, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan Grigoriy Tabidze o‘rin olgan. Hujumga tayyorgarlik vaqtida jinoyatchilar 1983-yilda samolyotni egallashda qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha ekipaj va yo‘lovchilar yo‘riqnomasi uchun tasvirga olingan “Nabat” o‘quv filmidan foydalangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Keyinroq tergov davomida aniqlanishicha, “oltin avlod”ga samolyotni o‘g‘irlash g‘oyasini rohib Teymurz Chixladze singdirgan bo‘lib, u qurolni jubbasi ichiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq oxirgi daqiqalarda sheriklari bilan uchmagan. Shunga qaramay, jinoyatchilar Tbilisi aeroporti xodimasi Anna Varsimashvilini o‘zlariga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ladi, u aeroportdan o‘tayotgan do‘stlarining yuklarini tekshirmagan — terrorchilar shu yo‘l bilan ikkita pistolet, ikkita revolver va qo‘l granatalarini olib o‘tishga erishgan.

    18-noyabr kuni soat 15:43 da Tu-134 samolyoti Gruziya SSR poytaxtidan havoga ko‘tarilgan. Avvaliga jinoyatchilar Yak-40 ni egallashni rejalashtirgan, ammo Tbilisi—Batumi reysining yo‘lovchilari kam bo‘lgani bois ular Leningradgacha bo‘lgan reysga mindirib yuborilgan. O‘sha vaqtda hujum uyushtirilgan Tu-134 samolyotidan “Aeroflot” 10,5 yildan beri foydalanib kelayotgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Bosqinchilar hujumni soat 16:13 da boshlagan, ularning hisob-kitobi bo‘yicha samolyot Turkiyaga yaqinlashgan edi. Aslida esa ekipaj kuchli shamol sabab aeroportga qaytayotgan bo‘lgan. Styuardessa Valentina Krutikovani asirga olgan bosqinchilar uchuvchilar kabinasiga kirishga erishgan. Otishma boshlangan va oqibatda bortmexanik Anzor Chediya halok bo‘lgan, nazoratchi Zaven Sharbatyan og‘ir jarohat olgan (keyinchalik buning oqibatida vafot etgan). Javob o‘qini 29 yoshli shturman Vladimir Gasoyan ochgan. Ekipajning ushbu a’zosi Tabidjeni otib o‘ldirgan, Seretelini og‘ir yaralagan. Havo kemasining kapitani Axmatger Gardapxadze ham qurolli qarshilik ko‘rsatib, aka-uka Iveriyelini nishonga olgan. Yigitlar bunday qarshilikni kutmagan va sheriklari yaralanganidan keyin sarosimaga tushib qolgan. Shturman va komandir hujumni qaytarib, zirhli eshikni yopishga muvaffaq bo‘lgan.

    Kabinada bunday voqealar sodir bo‘lgan bir paytda hujumning qolgan ishtirokchilari huquq-tartibot organi xodimi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilarni aniqlash bilan shug‘ullangan. Ekipaj ustidan nazoratni qo‘ldan chiqargan bosqinchilar tartibsiz o‘q uzishga kirishib, bir necha kishini yaralagan. Soat 17:20 da Gardapxadze va Gasoyan havo kemasini Tbilisiga qo‘ndirgan. Aeroportda “Nabat” tezkor rejasi amalga oshirilgan. Samolyotni harbiylar qurshovga olgan. Asirlarni ozod etish, operatsiyani nazorat qilish uchun favqulodda holat joyiga Gruziya Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Eduard Shevardnadze va respublikaning boshqa yetakchilari yetib kelgan.

    Vaziyat keskinlashgan. Yo‘lovchilardan biri samolyotdan qochib chiqqan: u uchish-qo‘nish yo‘lagi orqali qo‘llarini silkitgancha yugurgani bois terrorchi deya qabul qilingan. Harbiylar unga qarata o‘q uzgan. Jinoyatchilarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish uchun aeroportga ularning ota-onalari olib kelingan. Biroq muzokaralar amalga oshmagan. Bosqinchilar yonilg‘i quyilishini va Turkiyaga parvozni talab qilgan, aks holda har besh daqiqada bittadan asirni otish yoki butun samolyotni portlatish bilan tahdid qilgan. 14 soat davomida yo‘lovchilarga ovqatlanish, suv ichish va hojatxonadan foydalanish taqiqlangan. Shu bilan birga, guruh a’zolarining ayrimlari asabiy holatga tushib qolgan. Ular vaziyatdan chiqib keta olmasliklari va qo‘lga tushishlarini anglab yetgan, Mikaberidze o‘z joniga qasd qilgan.

    Kechqurun Moskvadan “Alfa” maxsus xizmati xodimlari general Gennadiy Zaysev boshchiligida yetib kelgan. Shevardnadze shtrum uyushtirish taklifini ilgari surgan, guruhlardan birini mayor Mixail Golovatov, ikkinchisini generalning shaxsan o‘zi boshqarishiga qaror qilingan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Jinoyatchilarni chalg‘itish maqsadida shturm avvalida projektorlar o‘chirilgan, keyin yorug‘lik-shovqinli granatalar otilgan. Terrorchilarga hujum qilish buyrug‘i 19-noyabr kuni soat 06:55 da kelib tushgan. Zaysevning guruhiga eshikni to‘sib qo‘ygan terrorchining jasadi xalaqit bergan, ular uchinchi urinishdagina eshikni ochgan. Qolgan harbiylar samolyot ichiga kirgan. Petviashvili granatalar solingan paketni ko‘kragiga bosib, samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. “Alfa” xodimlari talabani zudlik bilan zararsizlantirib, uning qo‘llariga kishan taqqan. Yana bir bosqinchi yaralangan bo‘ynini ushlagancha sal narida o‘tirgan. Uchinchisi esa o‘zini o‘likka solgan holda yerda yotgan, ammo fonarda pirpiragan ko‘zlari uni sotib qo‘ygan. Qolgan ikki nafari chamadonidan granatalarni olishga uringanida ushlangan.

    Shturm umumiy hisobda 4—8 daqiqa davom etgan. “Alfa” xodimlaridan hech kimga jarohat yetmagan. Terrorchilar hujumi oqibatida besh kishi — ikki uchuvchi, styuardessa va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Yana 10 kishi turli darajada jarohatlangan.

    Gugurt sabab kelib chiqqan katta yong‘in

    1987-yil 18-noyabr kuni soat 19:30 larda London metropolitenining “Kings-Kross Sent-Pankrass” stansiyasida yuzaga kelgan yong‘in 31 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

    Foto: Pikabu

    Ko‘ngilsiz hodisa yo‘lovchilardan biri ehtiyotsizlik oqibatida yoqilgan gugurtni eskalatorga tashlashi, shuningdek, ushbu eskalatorning qoniqarsiz ahvoli sabab kelib chiqqan. Yong‘in sabab London metropoliteni rahbariyati va “London mintaqaviy transporti” tashkiloti ishdan bo‘shatilgan, bundan tashqari, xavfsizlik talablari kuchaytirilgan.

    “Kings-Kross Sent-Pankrass” stansiyasi London metropolitenining eng yirik tugunlaridan biridir. Metro stansiyasi majmuasi o‘zida oltita yo‘nalishni birlashtirgan. Kechki vaqt bu yerda doimgidek yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan. Yong‘in Pikadilli yo‘nalishi tunnelidagi eskalatorda kelib chiqqan. U ancha oldin eski standartlar asosida qurilgan edi. Uning zinalari va yon qismi yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, yong‘in tezda tarqalishiga xizmat qilgan.

    Soat 19:30 da zinalar orasida yuzaga kelgan yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Metropoliten va politsiya xodimlari Pikadilli yo‘nalishini qurshab olib, o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan. Soat 19:39 da stansiyadagi barcha yo‘lovchilarning Viktoriya yo‘nalishidagi eskalator orqali evakuatsiyasi e’lon qilingan. Soat 19:42 da to‘rtta o‘t o‘chirish hisobi stansiyaga yetib kelgan.

    Foto: Pikabu

    O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganida eskalatordagi olov kichik gulxan o‘lchamida yongan. Biroq kutilmaganda olov shiddat bilan tarqalib, odamlar bilan to‘la kassa zalini egallagan. Guvohlarning eslashicha, bu xuddi sekinlashtirilgan portlashni kutishdek bo‘lgan. Soat 19:45 da stansiya vestibyuli olov bilan to‘liq egallab olingan. O‘nlab odam tuzoqda qolib ketgan. Yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 31 kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan. 100 kishi shifoxonaga joylashtirilgan bo‘lib, ulardan 19 nafarining ahvoli og‘ir edi.

    Metropolitenning yerosti qismida sigaret chekish 1985-yil fevralidan boshlab taqiqlangan bo‘lsa-da, “Kings-Kross Snet-Pankerass” stansiyasidagi yong‘in yo‘lovchilardan biri tomonidan tashlangan gururt tufayli yuzaga kelgan deya hisoblangan.

    Britaniya parlamenti a’zosi Frenk Dobson Jamoatchilik palatasiga kuniga 200 ming kishiga xizmat ko‘rsatgan stansiya xodimlari 16 kishidan 10 nafargacha qisqartirilgani, shuningdek, 14 nafar farroshdan faqat 2 kishi qolgani to‘g‘risida ma’lumot bergan. Shunday qilib, yong‘indan avval stansiya xodimlari 18 kishiga qisqartirilgan edi.

    Foto: Pikabu

    Holatni tergov qilgan komissiyaning asosiy vazifasi olov qanday qilib bunchalik tez tarqalganini aniqlash bo‘lgan. Komissiya tezda ishga kirishgan. Ekspertlar yonib ketgan eskalatordan oldinroq payqalmay qolgan 18 ta kichik yong‘in izlarini topgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, yong‘in eskalator dvigatelining moyli qatlamiga tushgan o‘chirilmagan gugurt sabab kelib chiqqan.

    XX asrning eng yirik o‘z joniga qasd qilish holati

    1978-yil 18-noyabr kuni Gayanada Jim Jonson boshchilik qiluvchi “Xalqlar ibodatxonasi” sektasining a’zolari ommaviy o‘z joniga qasd qilishni amalga oshirishi oqibatida 911 kishi vafot etgan. Shuncha insonni o‘z xohishi bilan sianid ichishga nima majbur qilgandi?

    Amerika OAVlari “Jonstaun”dagi fojiani XX asrning eng keng ko‘lamli o‘z joniga qasd qilish holati deb atagan: o‘sha kuni Gayana shimoli-g‘arbida AQSHning 900 dan ortiq fuqarosi halok bo‘lgandi

    Amerika OAVlari “Jonstaun”dagi fojiani XX asrning eng keng ko‘lamli o‘z joniga qasd qilish holati deb atagan: o‘sha kuni Gayana shimoli-g‘arbida AQSHning 900 dan ortiq fuqarosi halok bo‘lgandi
    Foto: AP Photo

    Gayana junglilaridagi “Jonstaun” ovuliga 1974-yilda AQSHda ommaviy tanqid va quvg‘inlarga sabab bo‘lgan “Xalqlar ibodatxonasi” tashkiloti a’zolari tomonidan asos solingan. Bir necha yildan keyin ovulga sekta asoschisi Jim Jons va uning 900 nafardan ortiq izdoshlari ko‘chib kelgan.

    Ovul aholisi ko‘p ishlagan, hududni obodonlashtirgan, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, kechalari esa yig‘inlar o‘tkazgan yoki ta’lim olgan. “Jonstaun”da bo‘lgan insonlarning fikri asosan ijobiy bo‘lgan, ammo u yerda yashab, qochishga muvaffaq bo‘lgan ayrim odamlar sekta rahbariyati tomonidan zo‘ravonlik, qiynoqlar qo‘llanishi, giyohvand moddalarga qaramlik haqida gapirib bergan.

    1978-yil 18-noyabr kuni kongressmen Leo Rayan bilan bog‘liq fojiadan keyin 900 dan ortiq odam (ular orasida bolalar va go‘daklar ham bor) o‘z joniga qasd qilgan — ular sianid ichgan. “Xalqlar ibodatxonasi” rahbari Jim Jons keyinroq boshidan o‘q yegan holda o‘lik topilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, “Jonstaun”dagi hodisa o‘z joniga qasd qilish emas, balki MRBning qasosi bo‘lgan.

    “Xalqlar ibodatxonasi” diniy tashkilotiga amerikalik ruhoniy Jim Jonson tomonidan 1950-yilda Indianapolisda asos solingan. “Apostol sotsializmi”ni targ‘ib qilgan harakat AQShda faol tanqidlarga uchragan

    “Xalqlar ibodatxonasi” diniy tashkilotiga amerikalik ruhoniy Jim Jonson tomonidan 1950-yilda Indianapolisda asos solingan. “Apostol sotsializmi”ni targ‘ib qilgan harakat AQShda faol tanqidlarga uchragan
    Foto: AP Photo

    Sekta asoschisi Jeym Uorren 1960-yilda ruhoniy martabasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, bir necha bor o‘zida Iso, Budda va Lenin siymosini “mujassam etishi”ni aytgan

    Sekta asoschisi Jeym Uorren 1960-yilda ruhoniy martabasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, bir necha bor o‘zida Iso, Budda va Lenin siymosini “mujassam etishi”ni aytgan
    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1974-yilda “Xalqlar ibodatxonasi”ning bir necha a’zosi Gayana junglilaridagi maydonni ijaraga olib, u yerda “Jonstaun” ovuliga asos solgan

    1974-yilda “Xalqlar ibodatxonasi”ning bir necha a’zosi Gayana junglilaridagi maydonni ijaraga olib, u yerda “Jonstaun” ovuliga asos solgan
    Foto: AP Photo

    1977-yilda ovulga Jim Jonsning o‘zi ham ko‘chib kelgan

    1977-yilda ovulga Jim Jonsning o‘zi ham ko‘chib kelgan
    Foto: AP Photo

    Fojiadan bir kun oldin kongressmen Leo Rayan “Jonstaun”ga kelgan va bu yerdagi holatni o‘zi ko‘zdan kechirgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda yashaydigan 10 dan ortiq odam ovulni tark etib, AQSHga ketishni istagan. Xohlovchilarni qaytarish maqsadida Rayan kichik samolyot chaqirgan, biroq uni qo‘ndirish vaqtida harakat a’zolari otishma uyushtirgan. Oqibatda kongressmen va u bilan kelgan jurnalistlar halok bo‘lgan.

    Fojiadan bir kun oldin kongressmen Leo Rayan “Jonstaun”ga kelgan va bu yerdagi holatni o‘zi ko‘zdan kechirgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda yashaydigan 10 dan ortiq odam ovulni tark etib, AQSHga ketishni istagan. Xohlovchilarni qaytarish maqsadida Rayan kichik samolyot chaqirgan, biroq uni qo‘ndirish vaqtida harakat a’zolari otishma uyushtirgan. Oqibatda kongressmen va u bilan kelgan jurnalistlar halok bo‘lgan.
    Foto: AP Photo

    O‘sha kuni kechqurun Jim Jons yig‘ilish o‘tkazib, kongressmenning o‘limidan keyin harakatning hayoti avvalgiday bo‘lmasligini aytib, vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li borligini ma’lum qilgan — “o‘z joniga qasd qilish orqali inqilobiy akt”. Jonsning taklifini izdoshlarining aksariyati qo‘llab-quvvatlagan. Uning buyrug‘i bilan uzum sharbati tayyorlanib, ichiga sianid va valium qo‘shilgan. Ichimlikni dastlab bolalar ichgan. Jonsning o‘zi keyinroq boshidan o‘q yegan holda topilgan. U o‘z joniga qasd qilganmi yoki otib o‘ldirilganmi, hozirga qadar noma’lum.

    O‘sha kuni kechqurun Jim Jons yig‘ilish o‘tkazib, kongressmenning o‘limidan keyin harakatning hayoti avvalgiday bo‘lmasligini aytib, vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li borligini ma’lum qilgan — “o‘z joniga qasd qilish orqali inqilobiy akt”. Jonsning taklifini izdoshlarining aksariyati qo‘llab-quvvatlagan. Uning buyrug‘i bilan uzum sharbati tayyorlanib, ichiga sianid va valium qo‘shilgan. Ichimlikni dastlab bolalar ichgan. Jonsning o‘zi keyinroq boshidan o‘q yegan holda topilgan. U o‘z joniga qasd qilganmi yoki otib o‘ldirilganmi, hozirga qadar noma’lum.
    Foto: AP Photo

    “Jonstaun”dagi holat bo‘yicha faqat bir kishi — kongressmen va jurnatlislarga o‘q uzgan Lerri Leyton javobgarlikka tortilgan. U 2002-yilda muddatidan oldin ozod etilgan.

    “Jonstaun”dagi holat bo‘yicha faqat bir kishi — kongressmen va jurnatlislarga o‘q uzgan Lerri Leyton javobgarlikka tortilgan. U 2002-yilda muddatidan oldin ozod etilgan.
    Foto: AP Photo

    Hodisa joyiga yetib kelgan AQSH harbiy xizmatchilari bir necha kun davomida “Jonstaun”ga Gayana rahbariyatini yaqinlashtirmagan. Keyinroq murdalar Pensilvaniyaga ko‘chirilib, yuqori maxfiylik holatida yoqib yuborilgan

    Hodisa joyiga yetib kelgan AQSH harbiy xizmatchilari bir necha kun davomida “Jonstaun”ga Gayana rahbariyatini yaqinlashtirmagan. Keyinroq murdalar Pensilvaniyaga ko‘chirilib, yuqori maxfiylik holatida yoqib yuborilgan
    Foto: AP Photo

    “Jonstaun” aholisi o‘limidan keyin hudud arvoh-shaharga aylangan, 1980-yillar o‘rtalarida u yong‘in oqibatida deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. “Xalqlar ibodatxonasi” tashkiloti AQSHda rasman taqiqlangan

    “Jonstaun” aholisi o‘limidan keyin hudud arvoh-shaharga aylangan, 1980-yillar o‘rtalarida u yong‘in oqibatida deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. “Xalqlar ibodatxonasi” tashkiloti AQSHda rasman taqiqlangan
    Foto: AP Photo

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Chexoslovakiyada “baxmal inqilobi”, salla ichiga yashirilgan bomba yordamida Afg‘oniston sobiq prezidentining o‘ldirilishi va rasman ochilgan Suvaysh kanali. Kun xronologiyasida 17-noyabr

    18.11.2022, 09:30   Izoh (0)   37308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    KXDR yana raketa uchirdi, u Yaponiyaning Xokkaydo oroli yaqiniga kelib tushdi

    18.11.2022, 09:28

    Afg‘onistonda 2023-yil misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik avj olishi prognoz qilindi

    18.11.2022, 08:09

    Afg‘oniston sobiq hukumati qulashiga sabab bo‘lgan omillar sanaldi

    18.11.2022, 07:21

    Lukashenko belaruslik jurnalistlarga bir qopdan kartoshka sovg‘a qildi

    17.11.2022, 23:33

    Isroil AQSH bosimi ostida Ukrainaga qurol yetkazishni moliyalashtirgani ma’lum bo‘ldi

    17.11.2022, 22:23

    Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan guruh a’zolari qo‘lga olindi

    17.11.2022, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.