• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zo‘ravonlik, o‘lim, to‘yib ovqatlanmaslik: O‘zbekistonda bolalar o‘rtasida olib borilgan tahlillar e’lon qilindi

    O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazildi. Bu haqda Senatda bo‘lib o‘tgan bola huquqlariga oid davra suhbatida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Bahodir Begalov

    Bahodir Begalov
    Foto: “Daryo”

    Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) – UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro uy xo‘jaliklarini o‘rganish dasturidir. U orqali bolalar va ayollarning jamiyatdagi holatini baholash bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘iladi. Davra suhbatida Bahodir Begalov respublikada o‘tkazilgan MICS kuzatuvlarining bolalarga oid qismi bo‘yicha axborot berdi.

    16 foiz bolalar faqat onasi bilan yashaydi

    Kuzatuv butun respublikaning 14 ta hududini qamrab olgan va 15 mingta uy-xo‘jaligida o‘tkazilgan.

    Natijalarga ko‘ra, 81 foiz uy xo‘jaliklarida 17 yoshgacha, 42 foiz uy xo‘jaliklarida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola istiqomat qiladi. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 79 foizi oilada ota-onasi bilan, 16 foizi faqat onasi bilan, 2 foizi faqat otasi bilan birga yashaydi. Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan yashamaydi.

    Bolalar o‘limi bo‘yicha tahlillar

    Besh yoshga to‘lmasdan vafot etish ko‘rsatkichi har 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 25 tani tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2006-yilda o‘tkazilgan MICS natijalarida 57 nafarni tashkil etgan.

    Go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti har 1000 nafar tirik tug‘ilganga nisbatan 22 nafarga, neonatal (0-28 kungacha bo‘lgan o‘lim) o‘lim ko‘rsatkichi 17 nafarga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi 15 yilda go‘daklar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘ratkichining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

    Tug‘ilish va oilani rejalashtirish

    Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti har bir ayolga 3,3 ta farzand tug‘ilishini tashkil etmoqda. 15-19 yoshli o‘smirlar orasida tug‘ilish ko‘rsatkichi qishloq joylariga qaraganda shaharlarda yuqoriroq, ya’ni har 1000 nafar ayolga shaharda 34 ta, qishloqda 26 ta tug‘ish to‘g‘ri kelmoqda. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning tug‘ilishi (100 foiz) FHDY organlarida ro‘yxatga olingan.

    Onalar va go‘daklar salomatligi

    Tug‘ishgacha bo‘lgan parvarish vaqtida ayollarning 90 foizi kamida to‘rt marta, 98 foizi kamida ikki marta malakali tibbiyot xodimi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan.

    Tug‘uruqlarning 99 foizi davlat tibbiyot muassasalarida, malakali tibbiyot xodimlari ishtirokida, 21 foizi esa kesarevo jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan. Yuqori ko‘rsatkichlar, ya’ni 24 foiz boy qatlamlarda kuzatilmoqda, kambag‘alroq qatlamlarda bu ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etdi. Tug‘uruqdan so‘ng 100 foiz ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rikdan to‘liq o‘tkazilgan.

    Bolalarni erta yoshda, shu jumladan, ko‘krak suti bilan oziqlantirish

    40 foiz ayollarda tug‘uruqdan so‘ng farzandlari bir soat ichida ko‘krakka qo‘yilgani kuzatildi. Kuzatuv natijalari har to‘rt chaqaloqdan faqat bittasi (25 foiz) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlanganini ko‘rsatmoqda.

    Bolalar oziqlanishi

    Kuzatuv natijalari 5 yoshgacha bo‘lgan 7 foiz bolalarning bo‘yi o‘sishdan ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur ko‘rsatkich 2006-yil natijalariga (14,6 foiz) nisbatan ikki barobarga pasaygan. Shuningdek, bu ko‘rsatkich MDH hududidagi davlatlar orasida ham eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Kuzatuv davomida 5 yoshgacha bo‘lgan 2 foiz bolalarda to‘yib ovqatlanmaslik kuzatilayotgani aniqlandi. 2006-yil natijalariga (5,1 foiz) nisbatan pasayish qayd etildi.

    Ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 foizida (o‘g‘il bolalar 5 foiz, qiz bolalar 4 foiz) kuzatilmoqda. 2006-yilda o‘tkazilgan MICS kuzatuvida bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etgan.

    Kichik yoshdagi bolalarning rivojlanishi

    Bola hayotining dastlabki yillari kognitiv, ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivojlanish uchun juda muhimdir. 2-4 yoshdagi 78 foiz bolalar bilan oila a’zolari bolani rivojlantirishga undovchi to‘rt va undan ortiq faoliyat bilan shug‘ullangan. Shu o‘rinda otalar ishtiroki bor yo‘g‘i 5 foizni tashkil etmoqda. 3-4 yoshdagi 46 foiz bolalar erta ta’lim dasturlarida ishtirok etgan. Bu ko‘rsatkich, aynan kuzatuv vaqtidagi natijani ifodalaydi. Shu o‘rinda, 2006-yil (19,7 foiz) natijalariga nisbatan 2,3 barobarga yaxshilanganini kuzatish mumkin.

    O‘quv materiallari va bola qaramog‘i

    5 yoshgacha bo‘lgan 92 foiz bolalar do‘kondan olingan o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi. 5 yoshgacha bo‘lgan 12 foiz bolalar kuzatuvdan avvalgi hafta davomida bir soatdan ortiq vaqt mobaynida hech bo‘lmaganda bir marotaba, 10 yoshdan kichik bo‘lgan boshqa bolalar qaramog‘ida qolganligi kuzatildi.

    2-4 yoshli bolalarning 96 foizida sog‘liq, ta’lim olish va psixologik nuqtayi nazaridan normal rivojlanish qayd etildi. Bu MDH mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

    Ta’lim, qamrov va tenglik ko‘rsatkichlari

    Yuqorida qayd etilganidek, 3-4 yoshdagi 46 foiz bolalar kuzatuv paytida maktabgacha ta’lim muassalariga qatnashgan.

    Tayyorgarlik bosqichida, ya’ni boshlang‘ich maktabga rasmiy kirishdan bir yil oldin tashkil etilgan ta’limda, yuqori natija, ya’ni 72 foiz qayd etildi. Gender va mintaqaviy tafovvutlar deyarli mavjud emas.

    Boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar) va o‘rta ta’limning quyi bosqichlari (5-9 sinf)da sof davomat koeffitsiyentlari yuqoriligi qayd etildi. Tegishliligi bo‘yicha 99 foiz va 97 foizni tashkil etdi.

    O‘rta ta’limning yuqori bosqichi (10-11 sinf, akademik litsey va kasb-hunar maktablari)da davomat koeffitsiyenti 94 foizni tashkil etdi. Bu borada eng past ko‘rsatkich g‘arbiy mintaqada (91 foiz) kuzatildi.

    Boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan deyarli barcha bolalar uni tamomlaydilar. Boshlang‘ich maktabni bitirish ko‘rsatkichi o‘g‘il bolalarda 100 foiz, qiz bolalarda 99 foizni tashkil etmoqda.

    O‘rta maktabni tugatish darajasi 98 foizni tashkil etdi, shu jumladan, o‘g‘il bolalarda 98 foiz va qiz bolalarda 99 foiz.

    To‘liq o‘rta ta’lim (maktab, litsey, kollej) bo‘yicha o‘qishni yakunlash koeffitsiyenti 94 foizni tashkil etdi, shu jumladan, o‘g‘il bolalarda 94 foiz, qiz bolalarda 93 foiz. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘rta ta’limni tugatish darajasida sezilarli farqlar yo‘q.

    Ta’limda ota-onalarning ishtiroki

    Maktabga qatnaydigan va uy vazifasini bajaradigan 7-14 yoshdagi bolalarning 72 foiziga ota-onalari tomonidan yordam beriladi. Shu bilan birga, yosh bolalarga katta yoshdagi bolalarga qaraganda ko‘proq yordam beriladi.

    Ota-onalarning maktab boshqaruvi va maktab hayotidagi ishtiroki yuqoriligi qayd etildi. O‘tgan yili 7-14 yoshdagi bolalarning 98 foizida ota-onalar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish tabellari bilan shaxsan tanishilgan.

    Bolalarni tarbiyalash

    Intizomga chaqirishning har qanday zo‘ravonlik usuli ostida jismoniy jazolash yoki psixologik tajovuz turadi. Ya’ni, bolani silkitib qo‘yish, unga qichqirish yoki baqirish, shuningdek, unga nisbatan ahmoq, dangasa yoki boshqa shunga o‘xshash so‘zlarni ishlatish tushuniladi.

    MICS natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1-14 yoshdagi bolalarning 31 foizi faqat zo‘ravonliksiz, tartib-intizom usullari bilan tarbiyalanadi. Onalarning 89 foizi bolani jismonan jazolamaslik kerak, deb hisoblaydi. Shu o‘rinda, har uchinchi bola (29 foiz) jismonan jazolangan.

    10 nafar boladan 6 nafari (62 foiz) kuzatuvdan oldingi oyda har qanday zo‘ravonlik asosidagi intizomga chaqirishni boshdan kechirgan (shu jumladan, qizlarning 60 foizi va o‘g‘il bolalarning 64 foizi).

    1-14 yoshdagi bolalarni zo‘ravonlik asosida tartibga chaqirish darajasi kambag‘al uy xo‘jaliklarida boy uy xo‘jaliklariga qaraganda ko‘proq uchraydi. Jismoniy jazoga jami bolalarning 29 foizi, shu jumladan, o‘g‘il bolalarning 32 foizi va qiz bolalarning 27 foizi uchragan.

    Bolalik yoshidagi nikoh

    20-24 yoshdagi ayollarning 3 foizi 18 yoshga to‘lmasdan birinchi marta rasmiy yoki norasmiy nikoh qurgan bo‘lsa, 15 yoshga to‘lmasdan turmush qurish deyarli nol foizga teng. Ushbu ko‘rsatkich 2006-yil MICS natijalariga ko‘ra, 12,5 foizni tashkil etgan va bugungi kunga kelib keskin kamaygan. Bu mintaqadagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

    18 yoshdan oldin turmush qurishning eng yuqori ko‘rsatkichi 20-49 yoshdagi o‘rta ma’lumotlilar orasidan 13 foizni, eng past ko‘rsatkichi oliy ma’lumotlilar orasidan 3 foizni qayd etgan. Shuningdek, yuqori ko‘rsatkich Sharqiy mintaqada 11 foiz va eng pasti — Markaziy mintaqada 3 foiz kuzatildi.

    17.11.2022, 15:30   Izoh (0)   10208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV Farg‘onada kaltaklangan shifokorning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

    17.11.2022, 15:11

    Toshkent metrosining 7-bekati vaqtincha yopiladi

    17.11.2022, 14:53

    Navoiyda Lacetti yo‘ldan o‘tayotgan ikki ayolni urib yubordi

    17.11.2022, 14:46

    O‘zbekistonda onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi

    17.11.2022, 13:42

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi “Istiqlol” majmuasi bir oyga yopildi

    17.11.2022, 13:20

    Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi

    17.11.2022, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.