Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi oxirgi — 7-bekat 2 haftadan ortiq muddatga yopiladi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. O‘tkazgichning “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarining demontaj va montaj ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 7-bekat 21-noyabrdan 6-dekabr kuniga qadar o‘z yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)