Navoiyda Lacetti yo‘ldan o‘tayotgan ikki ayolni urib yuborgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea 15-noyabr kuni soat 17:50 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Imom al-Buxoriy ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi X.A. Lacetti’ni boshqarib keayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni piyoda kesib o‘tayotgan ikki ayol — A.A. va B.B.ni urib yuborgan.
Oqibatda ayollar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)