• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chexoslovakiyada “baxmal inqilobi”, salla ichiga yashirilgan bomba yordamida Afg‘oniston sobiq prezidentining o‘ldirilishi va rasman ochilgan Suvaysh kanali. Kun xronologiyasida 17-noyabr

    17-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Chexoslovakiyada “baxmal inqilobi”ning boshlanishi, salla ichiga yashirilgan bomba yordamida Afg‘oniston sobiq prezidentiga uyushtirilgan suiqasd hamda Suvaysh kanalining ochilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Chexoslovakiyada kommunistik rejimni qulatgan “baxmal inqilobi”

    1989-yil 17-noyabr kuni Chexoslovakiyadagi “baxmal inqilobi” boshlangan edi. O‘sha kuni mamlakat maxsus kuchlari hukumat tomonidan belgilangan yo‘nalishdan yurmay, Praga markaziga yo‘nalgan talabalar namoyishini qattiq quvib yuborgan.

    Foto: Imago Images

    Foto: Imago Images
    Namoyishchilarni quvish davomida talabalardan biri o‘ldirilgani haqidagi xabar bir zumda hukumatga qarshi mitinglar boshlanishiga turtki bergan. Norasmiy muxolifat guruhlari yetakchilari “Fuqarolik forumi” siyosiy harakatini tuzib, 20-noyabr kuni Praga talabalari o‘qishni tashlashni e’lon qilgan, shu kunning o‘zida ularga mamlakatdagi boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari ham qo‘shilgan.

    1989-yilda Olomoutskiy shahridagi Palaskiy universitetining beshinchi bosqichida o‘qiyotgan Vit Poxanka o‘z fakultetida namoyishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘mita a’zoligiga saylanadi. “Ayrimlarimiz universitetidan haydalishini, ba’zilar esa hatto qamalishi mumkinligini bilardi”, — deydi Poxanka. Bu vaqtda u universitetni tamomlashni va G‘arbga qochishni rejalashtirgan. “Namoyishlarning dastlabki haftasida haqiqatda qo‘rquvga soladigan holatlar bo‘ldi”, — deya eslaydi u.

    “Baxmal inqilobi”: qanday bo‘lgandi?

    “Baxmal inqilobi” sekin-asta jadallasha borgan: hukumatga qarshi namoyishlar kundan-kunga yanada avj olib, mamlakatda umumiy ish tashlashlar boshlangan, Chexoslovakiya Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi iste’fo bergan. 1989-yil 29-dekabrda Pragadagi Grad qal’asining Vladislavskiy zalida Chexoslovakiya Federal yig‘inining ikkala palatalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilib, unda yozuvchi va dramaturg Vatslav Gavel mamlakat prezidenti etib saylanadi. Gavelning saylanishi Chexoslovakiyada 40 yildan ortiq davom etgan kommunistik boshqaruvga barham bergan yakuniy akkord bo‘lgan edi.

    O‘sha vaqtlarda o‘rta maktabda o‘qigan va politsiya tomonidan qattiq bostirilgan 17-noyabr namoyishlari ishtirokchisi bo‘lgan Magdalena Platsova keyingi haftalar davomida ham norozilik aksiyalarida qatnashgan: “1989-yil iqtisodiyot quladi. Atrof-muhitning ahvoli halokatli edi — Chexoslovakiya deyarli zaharlangan edi. Va kutilmaganda, totalitar va yopiq davlatimiz hayot ma’noga ega bo‘lgan mamlakatda aylandi”.

    G‘alaba va bo‘linish

    Nihoyat 28-noyabr kuni kommunistik hukumat hokimiyatni topshirishni e’lon qiladi va ertasi kuni Chexoslovakiya parlamenti Konstitutsiyadan kommunistik partiyaning yetakchi roli haqidagi moddani olib tashlaydi. Oradan roppa-rosa bir oy o‘tib qayta tashkil etilgan parlament Vatslav Gavelni prezident, Aleksandr Dubchekni esa parlament raisi etib saylaydi. Shu tariqa tarixga “baxmal inqilobi” yoxud “yumshoq inqilob” nomi bilan tarixga kirgan chex inqilobi hech qanday qon to‘kishlarsiz amalga oshadi. Qattiq to‘qnashuvlar va qon to‘kishlarsiz amalga oshirilgani uchun bu inqilob yuqoridagi nomni oladi. SSSR bu voqealarga hech qanday tarzda aralashmaganligi chex inqilobi g‘alabasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sovet davlatining o‘zi bu paytda ichki muammolar girdobiga tushib qolgan edi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1990-yil Chexoslovakiyda bo‘lib o‘tgan demokratik saylovlarda Vatslav Gavel g‘alaba qozonadi. U Chexoslovakiyaning ikkiga — Chexiya va Slovakiyaga ajralishiga hech qanday qarshilik qilmaydi va buni demokratik jarayon sifatida ko‘radi. 1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya rasman ikki mustaqil Chexiya va Slovakiya davlatlariga ajraladi. Bo‘linish ham yumshoq tarzda bo‘lib, barchasi tinch o‘tadi.

    Shunday qilib chex va slovak xalqlarini kommunistik rejim va SSSR boshqaruvidan xalos qilgan “baxmal inqilobi” deyarli hech qanday zo‘ravonliklarsiz o‘tkazilgani sabab tarixdagi eng mashhur inqiloblardan biriga aylandi. Ko‘p o‘tmay kommunistik mafkura quyoshi bo‘lmish SSSRning o‘zi ham parchalanib ketadi. Slovakiyaga nisbatan Chexiya davlati juda tez taraqqiy etdi va katta iqtisodiy o‘sishga erishdi. Bugungi kunda 17-noyabr Chexiyada ozodlik va demokratiya uchun kurash kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

    “Salladagi bomba” — Afg‘oniston sobiq prezidentiga suiqasd

    2001-yil 17-noyabr kuni Afg‘oniston sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniy “Tolibon” tomonidan ag‘darilganidan besh yil o‘tib, yana Kobulga qaytib kelgan. U oradan 10 yil o‘tib o‘z uyi hovlisida o‘ldirilgan. Rabboniyning o‘limi 20 yil oldin Ahmadshoh Mas’udga qarshi suiqasdga o‘xshab ketgan. O‘shanda terrorchilar Mas’udning oldiga muxbir sifatida kelib, telekamera ichiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani ishga tushirib yuborgandi. 2011-yil 20-sentabr kuni Rabboniy salla ichiga yashirilgan bomba yordamida o‘ldirilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tayyorgarlik ishlari bir necha oy davom etgan jinoiy rejasini amalga oshirish uchun toliblar Afg‘oniston Oliy tinchlik kengashi rahbari sifatida Kobul va “Tolibon” harakati yetakchilari o‘rtasidagi muloqotni tiklashga mas’ul bo‘lgan 71 yoshli siyosatchining ishonchiga kirgan. Bu ilohiyot fanlari doktori va mashhur islom faylasufi o‘tgan yillar davomida shaxsan o‘zi 2 mingga yaqin “Tolibon” jangarilarini qurollarni tashlab, tinch hayotga qaytishga ko‘ndirgan Rabboniyni kechira olmagan.

    Rabboyniy harakat a’zolarining ayrimlarini poytaxtning eng yaxshi qo‘riqlanadigan dahasida, atrofida xorij davlatlarining diplomatik vakolatxonalari joylashgan uyida qabul qilgan. Pokistonning radikal yetakchilari uni o‘lim jazosiga “hukm etgandi”. Rabboniy o‘z qarorgohidan kamdan kam hollarda chiqqan, aksincha, mehmonlarni qabul qilishni ma’qul ko‘rgan. To‘rt nafar tansoqchisi unga doimo hamrohlik qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    O‘sha mash’um kechada Rabboniyning uyiga tashrif buyurganlar buni yaxshi bilgan. Ular o‘zini “Tolibon” rahbariyatiga yaqin insonlar sifatida tanishtirib, bir necha bor Afg‘oniston sobiq prezidentining uyiga tashrif buyurgan, shu orqali afg‘on hukumati bilan murosa yo‘lini qidirayotgani borasida ishonarli yolg‘on to‘qigan. Sekin-asta ular Rabboniyning ishonchiga kirib olgan. 20-sentabr kuni ular uyga kirayotganida hatto tintuv ham qilinmagan.

    Ular uyga Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzayning yaqin maslahatchisi Masum Stanekzay bilan kelgan. Portlash Rabboniy  va toliblar o‘tirgan xonada yuz bergan. Sobiq afg‘on yetakchisi toliblardan birini do‘stona quchoqlamoqchi bo‘lganida mehmonlardan biri portlovchi qurilmani ishga tushirib yuborgan. Keyinchalik politsiyaning aniqlashicha, bomba “Tolibon” vakilining sallasi ichida bo‘lgan.

    Keyinchalik toliblar mazkur suiqasd bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olgan. “Rabboniy Muhammad Mas’umni quchoqlash uchun uch qadam oldinga yurganida unga qotirilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan, oqibatda tolib Vahid Yar va uyda bo‘lgan to‘rt qo‘riqchi halok bo‘lgan”, — degandi “Tolibon” vakili Zabihullo Mujohid. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vahid Yar toliblar hokimiyatni boshqarganida vazirlardan biri bo‘lgani bois Rabboniyning uyida ko‘p bora bo‘lgan.

    “Tolibon” harakati tomonidan Afg‘oniston sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniyning o‘ldirilishi mamlakatdagi ommaviy to‘lqinlarni yuzaga keltirgan. 21-sentabr kuni Kobul ko‘chalarida yuzlab odamlar to‘plangan. Ommaviy aksiyalarga Kobul universiteti talabalari ham qo‘shilgan. Talabalar guruhi qo‘llariga hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘targan holda ko‘chalarda harakatlangan.

    71 yoshli Kobul universitetining ilohiyot professori Rabboniy 1980-yillar boshida “Peshovor yettiligi” deb ataluvchi guruh asoschilardan biri bo‘lgan. U Ahmodshoh Mas’ud, Hikmatyor, Sayyof bilan bir qatorda Afg‘oniston siyosiy partiyalari va harakatlari vakili edi. Ular sovet harbiylarining Afg‘onistondagi ishtirokiga qarshi jihod e’lon qilgan. Aynan “Peshovor yettiligi”ning paydo bo‘lishi afg‘onlarning sovetlarga qarshi urushlarining haqiqiy ibtidosiga aylangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Burhoniddin Rabboniyning millati asli tojik edi. U 1940-yilda Badahshon viloyatida dunyoga kelgan, Misrda islom falsafasi bo‘yich ta’lim olgan. 1980-yillar boshida u 20 mingdan ortiq mujohiddan iborat qo‘shinning dala komandiri edi. 1992-yilda Afg‘oniston prezidentligiga aylangan. 1996-yili hokimiyat tepasiga “Tolibon” harakati kelgach, toliblarga qarshi jang qilgan Shimoliy alyans yetakchisiga aylangan.

    Ammo dunyoning ko‘plab davlatlari 2001-yil dekabrga qadar uni Afg‘onistonning legitim prezidenti deb hisoblagan. Toliblar rejimi qulagach, u muxolif “Islom birdamligi partiyasi” yetakchisiga aylangan. Keyinroq toliblar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yaratilgan organ — Afg‘oniston Oliy tinchlik kengashi rahbari etib tayinlangan. Rabboniy ikki yo‘nalishda harakat qilgan — “Tolibon”ning yuqori doiralari bilan tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘rnatish va jangarilarga afv va’da qilib, ularni og‘dirib olish.

    Suvaysh kanalining ochilishi

    1869-yil 17-noyabr kuni Suvaysh kanali ochilgan edi. Qizil dengizni Nilning bir qismi bilan tutashtirish g‘oyasi haqida qadimgi misrliklar ham bosh qotirgan. Eramizdan oldingi VII asr oxirlari va VI asr boshlariga oid qadimiy kanalning qurilishiga oid ishlar bunga isbot bo‘la oladi. Keyinchalik kanal vayron bo‘lgan, eramizning III asrida uni qaytarish g‘oyasi yana paydo bo‘lgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Afrikada Rim hukmronligi davrida mazkur suv yo‘li imperator Trayan buyrug‘i bilan chuqurlashtirilgan, VII asrda Misrdagi arablar istilolari davrida esa quruqlikdagi savdo yo‘llari uchun jiddiy raqobatchi bo‘lgan deb hisoblanib, kanal ko‘mib tashlangan.

    Bundan 153 yil oldin qurilgan hozirgi ko‘rinishdagi kanalsiz savdoga bog‘langan zamonaviy dunyoni tasavvur qilish qiyin. Misrda Port-Said (O‘rta Yer dengizi)dan Suvaysh kanaliga (Qizil dengiz) qadar suv yo‘li ochilgan. Kanalning qurilishi Yevropadagi suv transportlarining Osiyoga Afrikani aylanmasdan yetib borish imkoniyatini taqdim etgan.

    Suvaysh kanalining asosiy yo‘li shimoldan janubga o‘tadi va Misrning asosiy qismini Sinay yarim orolidan ajratib turadi. 2010-yil holatiga ko‘ra, Suvaysh kanalining uzunligi 190 kilometrni, chuqurligi 24 metrni tashkil etadi. Kanal suvi yuzasining eni 169 metrga yetadi. Kanalni qurish ishlari 1855-yilda boshlangan. G‘oya fransiyalik Ferdinand de Lessepsga tegishli bo‘lib, u Misr vitse-qiroli Said podsho qo‘llab-quvvatlovida bu ishga bel bog‘laydi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Said podsho dengiz kanalining qurilishi uchun kompaniya yaratishni ma’qullaydi. Loyihaga avstriyalik termiyo‘l muhandisi Aloiz Negrelli boshchilik qiladi. Lesseps 1959-yili Parijda kompaniyani ochadi, uning asosiy kapitali 200 million frankni tashkil etgan. G‘oya muallifiga ko‘ra, kanal 6 yilda qurilishi kerak edi. Said podsho Lesseps va uning avlodlariga kanaldan 99 yil foydalanish to‘g‘risidagi bitimni bergan, shuningdek, uning qurilish ishlariga 25 ming kishini yollagan.

    Misr hukumati taqdim etgan ishchilardan tashqari Yevropadan ham ishchi jalb etilgan — qurilishda jami 40 mingga yaqin odam qatnashgan. Kanalni qazish davomida moliyaviy muammolar ham yuzaga kelib turgan. Avvaliga loyihaga ajratilgan 200 million frank tez tugab qolgan. Yana 166 million frank uchun obligatsiya zayomlarini olishga to‘g‘ri kelgan, keyin yana qarz olingan va natijada 1872-yilda kanal qiymati 475 million frankka yetgan. Loyiha Misrning zarariga ishlay boshlagan va 1876-yilda mamlakat bankrot deya e’lon qilingan. Bu uning ustidan kreditor davlatlar — Fransiya va Angliya tomonidan moliyaviy nazorat o‘rnatishiga olib kelgan. Bundan tashqari, Angliya hukumati Suvaysh kanali ochilgudek bo‘lsa, mamlakat Hindiston ustidagi hukmronligini qo‘ldan boy beradi, Misr esa Turkiya qaramligidan chiqib ketadi deya hisoblab, uning qurilishiga qarshilik ko‘rsatgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Barcha qiyinchiliklarga qaramay, kanal qurilgan va 1869-yil 17-noyabr kuni ochilgan. Suvaysh kanali orqali O‘rta Yer dengizidan Qizil dengizga birinchi bo‘lib “Egl” kemasi Fransiya bayrog‘i ostida suzib o‘tgan.

    Kanal katta tantana bilan ochilgan. Misr hech qachon bunday bayramlarni nishonlamagan va Yevropaning bunchalik ko‘p martabali mehmonlarini qabul qilgandi. Ular Qohirada ochilishga katta bayramga tayyorgarlik ko‘rgan, qum ustida uchta pavilyon ko‘tarilgan: o‘rtasi faxriy mehmonlar uchun mo‘ljallangan, chap tomonda xristian xizmatlari uchun ko‘k pavilon, o‘ngda — yashil, musulmonlar uchun. Tantanli ochilish marosimida Fransiya imperatori Napoleon III ning rafiqasi Yevgeniya, Avstriya-Vengiya imperatori Frans Iosif I, Niderlandiya shahzoasi va malikasi, Prussiya shahzodasi va boshqa oliy martabali insonlar qatnashgan. Shu kuni 6 mingga yaqin mehmon uchun 500 nafar oshpaz tomonidan tayyorlangan bayram dasturxoni yozilgan.

    Avvaliga kanal inglizlar va fransuzlar egalik qilgan Suvaysh kanali kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. 1956-yilda u milliylashtirilgan va Suvaysh kanali hozirda Misrga qarashli, kanalning boshqaruv ishlari uchun maxsus ma’muriy organ tuzilgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Kanaldan kemalarning o‘tish qiymati qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq: kemaning tonnaji va tortish darajasi, yuk palubasining balandligi, ariza berilganlik sanasi va boshqa omillar. O‘rtacha tonnasi uchun 8—12 dollarni tashkil etadi. Bundan hisob-kitob natijasida katta yuk kemalari kanaldan o‘tish uchun 160 ming dollardan 1 million dollargacha pul to‘laydi. Shu bilan birga, transport vositalarining egalari mazkur yo‘lni xavfsiz va qisqa deb hisoblaydi.

    Bugungi kunda kanal Misrdagi asosiy budjetni shakllantirish loyihasi hisoblanadi. Ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu mamlakatga neft qazib olishdan ham ko‘proq mablag‘ olib keladi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Dog‘istondagi chegarachilar uyida terakt, Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot halokati va AQSH—SSSR diplomatik munosabatlarining o‘rnatilishi. Kun xronologiyasida 16-noyabr

    17.11.2022, 09:30   Izoh (0)   46994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Braziliyada qo‘g‘irchoqqa turmushga chiqqan ayol “eri” unga xiyonat qilganini aytdi

    17.11.2022, 08:07

    JSST: Milliardga yaqin odam baland musiqa tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

    17.11.2022, 07:51

    Hindistonda 8 yoshli bola o‘zini chaqqan kobrani tishlab o‘ldirdi

    17.11.2022, 07:21

    Bayden Trampning AQSH prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilganiga munosabat bildirdi

    17.11.2022, 06:19

    Zelenskiy Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni xohlayotganini aytdi

    17.11.2022, 00:16

    Ukraina xavfsizlik xizmati Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi

    16.11.2022, 23:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.