Hindistonning Jagpur qishlog‘ida 8 yoshli Dipak ismli bola uni chaqqan ilonni tishlab o‘ldirdi. Bu haqda Live Science xabar berdi.
Aniqlanishicha, Dipak hovlida o‘ynab yurganida ilon chaqib olgan. Bolakay qo‘lidagi ilonni olib tashlamoqchi bo‘lgan, ammo buni uddalay olmagan. Oqibatda bola ilonni ikki marta tishlab, uni o‘ldirgan.
Shundan so‘ng bola kasalxonaga yotqizilgan. Unga zaharga qarshi preparat berilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shifokorlar kobra tarkibida zahar bo‘lmagan “quruq chaqish” sodir etgani, ammo bola tishlaganidan keyin ilon o‘lganini aniqlashgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ilonlarning “quruq chaqish” holatlari mavjud, bu ularning himoya belgisi bo‘lishi mumkin. Ehtimol, xuddi shu holat ham Dipak bilan sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Hindistonda ona 15 oylik o‘g‘lini yo‘lbarsdan qo‘llari bilan himoya qilgandi. Yirtqich og‘zi bilan bolaning boshidan tishlab, uni sudrab ketmoqchi bo‘lgan. Ammo ona bor kuchi bilan yo‘lbarsga tashlangan. Uning yordam so‘rab baqirishlari yaqin atrofdagi aholi e’tiborini tortgan, ular tayoq bilan yugurib kelib, yirtqichni haydab yuborgan.
Izoh (0)