Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktabr oyidagi ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2022-yil oktabr oyida 1022 birlikni tashkil etib, sentabr oyiga nisbatan 2,2 foizga mo‘tadil darajada oshgan.
Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan:
2022-yilning oktabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,2 foizga mo‘tadil darajada oshib, 1022 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- korxonalarning bank hisob varaqalaridagi opreatsiyalar soni 3,5 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bo‘yicha komponent 0,5 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 0,1 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 27,7 foizga oshgan.
Avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlari “ishbilarmonroq bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)