Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Samarqand ko‘chasidagi Kinder Fruits’ning 100 foiz davlat ulushi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joylashtirilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 1,46 gektar. Binoning maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Auksionga qo‘yilgan inshootning boshlang‘ich bahosi — 16,7 mlrd so‘m. Komaniyaning ustav kapitali ham 16,7 mlrd so‘m.
Arizalar 12-dekabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Namangandagi neft bazasi 218 milliard so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)