• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kutilmaganda vafot etgan Brejnevning dafn marosimi, SSSR foydasiga ishlagan Britaniya josusining ritsarlikdan mahrum etilishi va Sevastopol isyoni. Kun xronologiyasida 15-noyabr

    15-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan kutilmaganda vafot etgan Leonid Brejnevning dafn marosimi, SSSR foydasiga ishlagan Britaniya razvedkasi xodimining ritsarlik unvonidan mahrum etilishi hamda leytenant Shmidt va Sevastopol isyoniga oid faktlar o‘rin olgan.

    Kutilmaganda vafot etgan Brejnev

    1982-yil 15-noyabr kuni Moskvadagi Qizil maydonda SSSR yetakchisi Leonid Brejnevni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tgandi. 76 yoshli rahbar 10-noyabr kuni Moskva viloyatidagi dachasida olamdan o‘tgan, zamondoshlarining xotirlashicha, Markaziy qo‘mita bosh kotibi anchadan buyon betob bo‘lsa-da, uning o‘limi barcha uchun kutilmagan hodisaga aylangan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Vafotidan uch kun oldin, 7-noyabr kuni u inqilob bayramidagi paradda ishtirok etgan va odatdagidan dadil ko‘ringandi. So‘nggi yillarda shifokorlar Brejnevning sog‘lig‘idan qattiq xavotirga tushgan. “Uning markaziy nerv tizimi shu qadar o‘zgarib ketganki, oddiy tinchlantiruvchi vosita ham unga kuchli ta’sir qiluvchi doriga aylangan. Ularni ichirmaslik bo‘yicha barcha urinishlarimiz bosh kotibning istalgan talabini bajarishga tayyor insonlar bois samarasiz kechardi”, — deya eslaydi Brejnevni davolagan shifokor, taniqli kardiolog Yevgeniy Chazov.

    Yuriy Andropov shifokorlarning iltimosiga binoan barchani bunday dorilarni bermaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirgan, Leonid Ilichning o‘zini tinchlantirish uchun shu kabi dorilarning ko‘rinishida maxsus platsebolar tayyorlangan.

    1982-yil yozida Brejnev ittifoq davlatlarining rahbarlarini qabul qilishni davom etgan, biroq ushbu uchrashuvlar shunchaki protokol uchun edi — u tayyorlangan matnni o‘qib berar, suhbatdoshini tinglar, keyin esa tushlik edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    O‘z faolligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida Brejnev shifokorlarni tashvishga qo‘yib nafaqat basseynda, balki dengizda ham cho‘milar edi. Unga yaqin bo‘lgan insonlarning xotirlashicha, Brejnevning hali ancha yashashdan umidi bo‘lgan: umrining oxirgi kunlarida u o‘zini ancha yaxshi his qilgan, o‘limi kunida esa kayfiyati a’lo bo‘lgan, hazil qilgan, gazeta o‘qigan.

    Brejnev ovdan qaytib kelib, kechki ovqatni tanovul qilgan, “Vremya” dasturini, bir nechta hujjatli filmlarni ko‘rgan va soat 08:00 da uyg‘otishlarini aytib, uxlashga kirib ketgan. 10-noyabr tongida Chazovga Brejnevning tansoqchisi qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvoli og‘irlashganini bildirgan. Oradan 12 daqiqa o‘tgach, Kreml shifokori Zarachyedagi dachaga yetib kelgandi.

    U soqchi harakatsiz yotgan bosh kotibning yuragini massaj qilayotganini ko‘rgan, biroq uning nigohlaridan Brejnev bir necha soat oldin vafot etgani ma’lum edi. Aniqlanishicha, Brejnevning rafiqasi Viktoriya Petrovka soat 08:00 da uyg‘ongan va Leonid Ilich yonboshlab yotganini ko‘rib, uni uxlayapti deb o‘ylagan va xonadan chiqib ketgan.

    Keyinroq soqchi Brejnevni uyg‘otish va uning kiyinishiga yordamlashish maqsadida xonaga kirgan, biroq davlat rahbarini jonsiz holatda topgan.

    10-noyabr kuni mamlakatda militsiya kuni nishonlangan, biroq teledasturlar ro‘yxati o‘zgartirilgan, barcha ko‘ngilochar, sport va bolalar ko‘rsatuvlari olib tashlangan. 11-noyabr tongida televideniye va radio orqali Leonid Brejnevning o‘limi hamda to‘rt kunlik motam e’lon qilingan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rish komissiyasi raisi etib Yuriy Andropov tayinlangan, u bosh kotib vakolatlarini o‘z zimmasiga olgandi. Xayrlashuv marosimi to‘rt kun davom etgan. Ittifoq uyidagi zalga o‘rnatilgan tobutdagi jasadni ko‘rgani Moskva, ittifoq davlatlari va xorij delegatsiyalaridan yuz minglab insonlar tashrif buyurgan.

    Xususan, Leonid Ilichning dafn marosimiga Todor Jivkov (Bolgariya), Fidel Kastro (Kuba), Erik Xonneker (GDR), Voysex Yaruzelskiy (Polsha), Nikolae Chaushesku (Ruminiya), Gustav Gusak (Chexoslovakiya), Samora Mashel (Mozambik) va boshqa xorij davlatlarning yetakchilari kelgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Men tobut yonida, bir tarafim bilan Viktoriya Petrovnani, ikkinchisi bilan Galina Leonidovnaga ko‘maklashib ketardim. Ortimizdan Yuriy Leonidovich rafiqasi bilan, Leonid Ilichning jiyanlari, nabiralari — Andrey va Lenya kelayotgandi… Leonid Ilichning qarindoshlari partiya va davlat yetakchisi bilan vidolashmayotgandi, biz o‘zimiz uchun eng qadrli bo‘lgan insonni ko‘mayotgandik”, — deya eslaydi keyinchalik Brejnevning kuyovi Churbanov.

    Viktoriya Petrovnaga Qizil maydongacha yetib olish uchun mashina taklif qilishdi, biroq u keskin rad etdi: “turmush o‘rtog‘im bilan so‘nggi yo‘lni o‘zim bosib o‘taman”. Mavzoley minbaridan Yuriy Andropov, Dmitriy Ustinov va Moskvadagi zavodlardan birining xodimi bo‘lgan Viktor Pushkaryov motam nuqtlarini o‘qigan. Soat 12:45 da tobut yopilib, qabrga joylashtirilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Dafn marosimi 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Uch kun oldin, 12-noyabrda esa Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining plenumida Yuriy Andropov bosh kotiblikka saylangandi. Sobiq “KGB” rahbari, og‘ir betob Andropov 15 oy davomida SSSRni boshqargan.

    SSSR foydasiga ishlagan Britaniya josusi

    1979-yil 15-noyabr kuni Endryu Boylning “Xoinlik atmosferasi” maqolasi e’lon qilingan bo‘lib, unda sovet razvedkasiga ishlagan yuqori martabali shaxs haqida so‘z boradi. Britaniya bosh vaziri ushbu inson ismini e’lon qiladi — u Qirollik kartinalar galereyasi nazoratchisi va san’at bo‘yicha qirollik maslahatchisi professor Entoni Blant edi. Natijada Blant ritsarlik unvonidan mahrum etiladi.

    Foto: PA

    Foto: PA

    Entoni Blant — Kembrij beshligining eng sirli, shu bilan birga, ommaga tanish shaxslaridan. Britaniya jamiyatining eng yuqori martabali insonlari bilan muloqotda bo‘lgan Blant faqat orzu qilish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plagan.

    Aristokrat oilada tug‘ilgan Blant uchun barcha eshiklar ochiq edi. Avvaliga u taxtga yaqin oilalarning farzandlari o‘qiydigan Malborodagi maktabda o‘qigan. Keyin esa 1926-yilda Kembrijdagi nufuzli Triniti kollejiga o‘qishga kirgan. Blant aniq fanlarni o‘qigan, birinchi bosqichni a’loga tamomlagan bo‘lsa-da, fransuz va nemis tillari bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. Tez orada u rasman eng yaxshi talaba deya tan olinadi.

    Blant nafaqat talabalar bilan, balki boshqa insonlar bilan masofa saqlashni bilgan. Shu bois uni kibrda va haddan ortiq o‘ziga bino qo‘yganlikda ayblab kelishgan. Aftidan, uning aynan masofa saqlash qobiliyati razvedka ishida qo‘l kelgan. U kelajakda kimdan foyda tegishi mumkinligini, kimga esa vaqt sarflash ham kerak emasligini yaxshi bilgan.

    Blant Italiya va Germaniyada bo‘lib qaytgan. Ushbu mamlakatlarda hokimiyat tepasiga kimlar kelgani ma’lum edi. Rim san’atiga bo‘lgan qiziqishga qaramay, Entoni Mussolini rejimini qoralagan, Gitlerni esa umuman yomon ko‘rgan. Qirollik qoni oquvchi aristokrat nima sababdan marksizm tarafdorlari tomoniga o‘tgani shundan ma’lum.

    Bundan tashqari, yana bir arzirli sabab mavjud. 1935-yilda Blant SSSRga tashrif buyurgan. U urushdan endigina qutulib chiqqan yosh Sovet respublikasi muzey ishini yo‘lga qo‘ygani va xalq uchun ajoyib kolleksiyani taqdim etganiga hayratga tushgan.

    Bu vaqtga kelib fashizm g‘oyasi nufuzli Britaniya oilalariga, jumladan, qirol Eduard VIII ga ta’sir ko‘rsata boshlagan, Blant esa buning katta xavfligini his etgan. Shu sababli u Gitlerga qarshi Sovet Ittifoqi tarafida kurashishni ma’qul ko‘rgan.

    Foto: PA

    Foto: PA

    Urush boshlangan. Avvaliga Kembrij kapitani Entoni Blant harbiy politsiya safiga yuborilgan. Ular Belgiya bilan chegarada vaqtini besamar o‘tkazgan. Bu yerdan Blantni uning iltimosiga ko‘ra chaqirtirib olishgan. Shundan keyin u Parij yaqinidagi Britaniya ekspeditsiya korpusi shtab-kvartirasiga yuborilgan. Fransuz va nemis tilini yaxshi bilan Blantning bilimi bu yerda qo‘l kelgan. Blantning bo‘linmasi nemis josuslarini aniqlash bilan shug‘ullangan.

    Tez orada Blant Mi-5 xizmatiga o‘tib, maxfiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Kontrrazvedkada muvaffaqiyatli ishlagan Blant o‘zi bilan uyiga olib ketgan hujjatlarni kechalari bilan Moskva uchun ko‘chirib chiqardi.

    Blantning o‘ziga xosligi, tez qaror qabul qilish qobiliyati, tanishlarning keng doirasi uni aniq ajratib turardi. Atrofidagi odamlarga xos bo‘lmagan intizom va punktuallik uning ishiga qiymat qo‘shgan. Bunday ofitser Mi-5 boshlig‘i o‘rinbosari Gay Lidellning nazariga tushadi. Blant birin-ketin lavozim zinapoyalaridan ko‘tarilishni boshlaydi. 1943-yilda mayon unvonini oladi, London universitetida talabalarga ma’ruza o‘qishga ham ulgurardi.

    Blant Britaniya razvedka xizmatlarining tuzilishi va xodimlari haqida ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan. Hatto xodimlar va agentlarning ismlari ham ko‘rsatilgan hujjatlar Moskvaga yuborilgan.

    1945-yilda sovet tomoni Blant va uning sheriklariga umrbod pensiya tayinlaydi. Ularning har biriga belgilangan pensiya miqdori turlicha edi, Blantniki — yiliga 1200 funt sterling. Ammo ularning barchasi buni rad etadi. Blant pulga muhtoj emasligini bildirgan, umuman olganda ular moddiy manfaat emas, balki g‘oya uchun ishlardi.

    1947-yilda Entoni Blant rassomchilik va san’at bilan shug‘ullanuvchi Kurtold instituti boshlig‘i etib tayinlanadi, unga ritsarlik unvoni beriladi.

    Blantning sovet razvedkasidagi faoliyati urushdan keyin ham davom etgan. Blant yuqori doiralarga aloqador edi. U tomonidan yetkazilayotgan ma’lumotlar nafaqat tezkor, balki siyosiy va strategik ahamiyat kasb etardi. Ammo 1964-yilda qirolichaning qarindoshi yana shubha ostiga olinadi. Bu vaqtga kelib, ko‘p yillar oldingi ba’zi faktlar, jumladan, Blantning Byordjess bilan aloqasi ma’lum bo‘ladi. Biroq Britaniya rasmiylari shov-shuv ko‘tarishni xohlamaydi va Blant buni darhol anglab, tergov bilan hamkorlik qilishga kirishadi.

    Foto: PA

    Foto: PA

    Sud daxlsizligiga javoban u bir nechta yordamchilarining ismlarini aytadi. Bu vaqtga kelib ularning aksariyati vafot etgan yoki xorijga chiqib ketib bo‘lgandi. U ruslarga ba’zi maxfiy harbiy ma’lumotlarni berganini tan oladi, lekin ular faqat ikki ittifoqchi davlatning fashistlar Germaniyasiga qarshi birgalikdagi kurashi bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidlagan. Bu asosan Germaniya Bosh shtabining qo‘lga kiritilgan xabarnomalari edi.

    Mi-5 ning Piter Rayt ismli tergovchisi Blant olti yil davomida ko‘p marotaba so‘roq qilgan. “Blant — men tanigan insonlar ichida eng o‘qimishli edi. U beshta tilda gaplasha olardi. Blantning keng bilimi hayratlanarli taassurot qoldirgandi”, — deya eslaydi Rayt.

    Shuncha voqealarga qaramay, Entoni Blant 1964-yildan keyin ham qirollik san’at galereyasi rahbari lavozimini saqlab qolgan. U oldingidek dars bergan, san’at haqida kitob yozgan, rasmiy marosimlarga taklif etilgan. Barchasi 1979-yil 21-noyabrda bosh vazir Margaret Tetcherning rasmiy bayonotidan keyin tugagan. “Temir xonim” Blant “…urushdan oldin og‘dirib olingan”.

    Qirolicha Blantni muzeylardan mahrum etgan, uning o‘zi ritsarlik unvonidan voz kechgan. Uning qadrdon Triniti-kolleji o‘z bitiruvchisidan faxriy professor unvonini olib qo‘yib, boshqaruv a’zoligidan chiqargan. Britaniya akademiyasi akademik Entoni Blantdan yuz o‘girgan. Blant 1983-yil 25-martda 76 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.

    Sevastopol isyonining boshlanishi

    1905-yilning aynan shu sanasida Sevastopolda isyon ko‘targan dengizchilar otib tashlangan edi. Isyonda Qora dengiz flotining minglab matroslari va shahar garnizoni askarlari ishtirok etgan.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Sovet tarixchilari Sevastopoldagi isyonni birinchi rus inqilobining yorqin hodisalaridan deya hisoblaydi. Bugungi kunda voqealar ishtirokchilarining siyosatga aloqadorligi shubha ostiga olinadi. “Ochakov” kreyseridagi namoyishchilar orasida ham, shaharda ham so‘l partiya tashviqotchilari bo‘lgan.

    “Ochakov” va Sevastopoldagi voqealar 1905-yil iyun oxirlarida sho‘rvadagi go‘sht sabab isyon ko‘targan va Odessani o‘qqa tutib, Ruminiya qirg‘oqlariga ketib qolgan “Knyaz Potemkin-Tavricheskiy”ga ulanib ketgan. Sevastopolda bosh ko‘targanlarning asosiy talablaridan biri “potemkinchilarni” suddan ozod etish edi. Bu vaqtga kelib ruminlar tomonidan qaytarib berilgan “Potemkin” kemasi “Panteleymon” nomiga o‘zgartirilib, Sevastopol yaqinida reydlar o‘tkazishga jalb etilgandi.

    Butun imperiya kabi Sevastopol ham Nikolay II tomonidan 1905-yil 30-oktabrda imzolangan manifest qizg‘in muhokama qilinardi, unda podshoh o‘z vakolatlarining bir qismini Davlat dumasiga topshirgan. Ertasi kuni shahardagi mahalliy qamoqxona oldida miting uyushtirilgan. Uning ishtirokchilari siyosiy mahbuslar ozod etilishini talab qilgan. Namoyishchilar orasida 38 yoshli leytenant Shmidt o‘zining chiqishlari bilan ajralib turgan. O‘sha yilning iyun oyida u dezertirlik va g‘azna mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun sudlangandi. Ish uning yuqori martabali qarindoshi yordamida yopib yuborilgan. Keyingi oylarda Shmidt hukumatga qarshi targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullangan. Leytenant o‘z qarashlarini “partiyadan tashqari sotsialist” deb atagan.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    18-oktabr kuni qo‘shinlar mitingni o‘q otib tarqatib yuborgan. Sakkiz kishi halok bo‘lgan, ularning dafn marosimida Shmidt nutq so‘zlagan. Leytenantning ortidan ko‘p ming kishilik olaman umummilliy saylov, barcha uchun teng huquqqa erishishga qasam ichgan. Shundan so‘ng, Shmidt hibsga olingan, biroq ko‘p o‘tmay qo‘yib yuborilgan.

    Sevastopol isyoniga “Ochakov” kemasida xizmatga jalb etilgan yosh xizmatchilar ofitserlarga bo‘ysunishdan bosh tortgani sabab kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. 9-noyabr kuni Sevastopolda realistlar va gimnaziyachilar ish tashlash e’lon qilgan. Askarlar va matros miting o‘tkazgan.

    11-noyabr kuni sotsial-demokratlarning faol targ‘ibotlari ta’sirida flot matroslari va Brest polki askarlari o‘rtasida isyon boshlangan. Isyonga bog‘liq birinchi voqealardan birining ishtirokchisi matros Konstantin Petrov edi. O‘sha kuni hukumat mitinglarni taqiqlashni buyurgan. Kontr-admiral Sergey Pisarevskiy “Hech kim kazarmadan chiqarilmasin! Bo‘ysunmaganlar otib tashlansin!”, deya buyruq bergan. Bunga javoban Petrov miltiqdan o‘q uzgan. O‘qlardan biri Pisarevskiyning yelkasiga kelib tekkan. Unga yordamga shoshgan shtabs-kapitan Avgustin Shteyn ham yaralanib, ertasi kuni vafot etgan. Martos hibsga olingan, biroq olamon talabi bilan tez orada qo‘yib yuborilgan.

    15-noyabr kuni isyon ko‘targan va hukumat kemalari o‘rtasida dengiz janggi sodir bo‘lgan. Isyonchilar g‘alabaga hech qanday imkoniyat yo‘qligini tushunib, deyarli qarshilik ko‘rsatmagan. “Ochakov”dan olti marotaba o‘q uzilgan bo‘lib, birortasi nishonga tegmagan. Hukumatning isyonni bostirish bo‘yicha butun operatsiyasi bir necha soat davom etgan.

    To‘qnashuv davomida “Ochakov”ning 100 dan ortiq matrosi halok bo‘lgan, o‘nlab dengizchilar yaralangan. Qolganlar yonayotgan kemani tark etgan va hibsga olingan. Leytenant Shmidt va uning 16 yoshli o‘g‘lini ham xuddi shu taqdir kutib turgandi. Ertasi kuni tongda podshoh tarafida bo‘lganlar hujumni boshlagan.

    Qamoqxonada yaqinlari bilan uchrashgan Shmidt shunday degandi: “Qora dengiz flotining 10 ta kemasi uzra qizil bayroqni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldik. Tez orada yosh, kuchli, baxtli Rossiya ozodlik nafasini tuyadi va biz kabi jon fido qilganlar unutilmaydi”.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Shmidt va isyonchilarning yana uch nafar yetakchisi o‘lim jazosiga hukm etilgan. Hukm 1906-yil 6-mart kuni Berezan orolida otish orqali ijro etilgan. Shuningdek, yana 300 dan ortiq isyonchi og‘ir mehnatga hukm qilingan, 151 kishi intizomiy qismlarga yuborilgan. Mingdan ortiq odam sudsiz jazolangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Liviya maxsus xizmatlari tomonidan portlatilgan samolyot, Britaniya razvedkasiga ishlagan KGB polkovnigi va dunyodagi eng yosh orolning paydo bo‘lishi. Kun xronologiyasida 14-noyabr

    15.11.2022, 09:30   Izoh (0)   43281
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Bosh assambleyasi Rossiya tomonidan Ukrainaga tovon puli to‘lanishi haqida rezolyutsiya qabul qildi. O‘zbekiston betaraf qoldi

    15.11.2022, 09:19

    Moskva qamoqxonasida jazo o‘tayotgan Zambiya fuqarosi Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi

    15.11.2022, 08:15

    Qirg‘izistonda deputat prezident administratsiyasini mablag‘ tejashga chaqirdi

    15.11.2022, 07:57

    Putin Ramzan Qodirovning rafiqasiga “Qahramon ona” unvonini berdi

    15.11.2022, 07:36

    “Odamlar hayvonot bog‘lari” yoxud mustamlakachi davlatlarda ko‘rgazmaga qo‘yilgan farqli irqlar vakillari (foto)

    15.11.2022, 07:15

    Ukraina Moliya vazirligi hamkorlardan 7,8 milliard dollar olishni rejalashtirmoqda

    14.11.2022, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.