Qirg‘izistonda parlament (Jogorku Kengesh) deputati Dastan Bekeshev hokimiyatga mablag‘ni tejashga chaqirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, budjet uchun resurslar mavjud. Biroq ma’muriy xarajatlarni kamaytirish mumkin.
“Hammasini juda yaxshi tushunaman, ko‘p xarajatlarga ehtiyoj bor. Albatta, bunday narsalarni rad etish qiyin. Lekin prezident ma’muriyati bunday ustuvor bo‘lmagan xarajatlar haqida o‘ylashi kerak. Nima uchun biz samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishga ko‘p pul sarflaymiz?”, — deydi rasmiy.
Dastan Bekeshev Jogorku Kengeshning 2022-yilgi budjeti 1 milliard 24 million som bo‘lganini ta’kidladi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 586 million somga tushadi. Deputat buning sababini so‘radi.
Parlament apparati vakilining aytishicha, Jogorku Kenesh boshqaruvchisi va davlat rahbari birlashgan. Lekin u savolga aniq javob berolmadi.
6-oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti majlisida deputat Arslanbek Maliyev mamlakat davlat ramzlariga tuzatishlar kiritishni taklif qilgandi. Maliyevning bayroqning rangi SSSR davrida tanlanganini ilgari surgan. Bu deputat avvalroq mamlakat nomini o‘zgartirishga chaqirgan. U taklif qilgan variantlar orasida Qirg‘iz eli, Qirg‘iz kaganati, Qirg‘izjer bor edi.
Izoh (0)