• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Odamlar hayvonot bog‘lari” yoxud mustamlakachi davlatlarda ko‘rgazmaga qo‘yilgan farqli irqlar vakillari (foto)

    XX asrga qadar ham etnologik shoularda odamlar ekzotik obyektlar sifatida namoyish etilardi. DW shafqatsiz mustamlakachilik tarixini oydinlashtiruvchi ikkita shunday ko‘rgazma haqida hikoya qildi.

    Belgiyaning Lyej shahridagi ko‘rgazma, 1905-yil

    Belgiyaning Lyej shahridagi ko‘rgazma, 1905-yil
    Foto: DW

    Belgiyaning mustamlakasi — Kongodan keltirilgan 267 nafar erkaklar va ayollar Bryussel tashqarisidagi Tervyuren shaharchasida istirohat bog‘iga joylashtirilib, qamab qo‘yilgan.

    Belgiyaga qirol Leopold II ning buyrug‘i bilan keltirilgan bu odamlar tomlari somondan yasalgan chaylalar o‘rnatilgan yasama “Kongo qishlog‘i”ga joylashtirilib, yevropaliklar uchun tomoshaga qo‘yilgan. 1897-yilgi Jahon ko‘rgazmasida ularni tomosha qilish uchun kuniga 40 ming nafargacha odam tashrif buyurgan.

    Yarmarka tugaguniga qadar kongoliklarning yetti nafari vafot etgan. Afrikada XIX asr oxirida kolonial muzey sifatida tashkil qilinib, o‘shandan buyon bir necha marta restavratsiya qilingan va qayta nomlangan  Tervyuren muzeyi endi ularning sharafiga “Odamlar hayvonot bog‘lari: mustamlakachilik ko‘rgazmalari davri” deb nomlangan maxsus ko‘rgazma o‘tkazmoqda, u 5-martga qadar davom etadi.

    O‘zining ustunligini namoyish qilish

    1884—1885-yillarda bo‘lib o‘tgan Afrika bo‘yicha Berlin konferensiyasida 14 ta Yevropa mamlakati mintaqani o‘zaro bo‘lishib oldi.

    Belgiya qiroli Leopold II ga mustamlaka sifatida o‘z mamlakati maydonidan 80 karra katta bo‘lgan hudud — Kongo taqdim etildi.

    Belgiya o‘zining “Kongoga sivilizatsiya olib kirayotganini” da’vo qilardi

    Belgiya o‘zining “Kongoga sivilizatsiya olib kirayotganini” da’vo qilardi
    Foto: DW

    Uning Tervyurendagi tirik eksponatlar bilan to‘la “Afrika saroyi” muzeyi yevropalikning ustunlikka, oliylikka bo‘lgan da’vosiga shubha qoldirmas edi: Leopold ikki qora tanli bolakay bilan birga aks ettirilgan portret tagiga shunday deb yozilgan edi: “Belgiya Kongoga sivilizatsiyani olib kelmoqda”. Aslida esa mamlakat resurslari ayamay sarflab yuborilgan, odamlardan esa ishchilar sifatida foydalanilgan yoki ular Yevropaga keltirilib, ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

    Vaqt o‘tkazishning ommabop usuli

    Tarixchi va antropolog hamda Bryusseldagi ko‘rgazma kuratorlaridan biri Marten Kouttenyening so‘zlariga ko‘ra, odamlar “hayvonot bog‘i” juda ko‘p sonli ommani jalb qilgan. U yerda kongoliklar tom ma’noda g‘orda yashaydigan, barglardan yasalgan yubka kiyib, raqsga tushadigan ibtidoiy odamlar sifatida namoyish etilgan. Ular hech qachon ziyoli, rassom yoki shunchaki oddiy odamlar sifatida ko‘rsatilmagan, dedi u.

    Belgiya qiroli Leopold II

    Belgiya qiroli Leopold II
    Foto: DW

    Kutenyening so‘zlariga ko‘ra, bu faqat shu mintaqaga tegishli noyob hodisa ham bo‘lmagan. Uning aytishicha, turli irqlar vakillari hamma joyda — Yevropada, Amerikada, Yaponiyada va hatto, Afrikada ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Biroq mexanizm doim bir xil bo‘lgan: tomoshabinlar o‘zlariga mutlaqo notanish bo‘lgan narsalarni ko‘rib, “o‘z ustunligini his qilgan”.

    Irqiy turlar haqidagi soxta fan

    Yevropa mustamlakachiligi gullab-yashnagan davrda “insonlar hayvonot bog‘lari” — yoki afrikaliklar, Amerikaning tub xalqlari va skandinaviyalik saamlar kabi guruhlar ko‘rgazmalari ommaviy sayillarda qatnashish uchun shaharlar tashqarisiga “gastrolga chiqqan”.

    1903-yilgi “irqiy turlar” diagrammasiga ko‘ra, ustunlik haqidagi irqiy fantaziyalar yevropalik bo‘lmagan odamlarni g‘ayriinsoniy maymunlar deb hisoblagan; mustamlakachi davlatlar o‘zlarining “sivilizatsiya jihatidan ustunligi”ga ishonchi komil bo‘lgan.

    “Fan” sifatida taqdim etilgan irqiy klassifikatsiya

    “Fan” sifatida taqdim etilgan irqiy klassifikatsiya
    Foto: DW

    Germaniyada hayvonlar sotuvchisi va hayvonot bog‘i asoschisi Karl Xagenbek “odamlar zooparki”ni biznes-modelga aylantirdi. Ko‘rgazmachi shoumen Fridrix Vilgelm Zibold to 1931-yilgacha Myunxendagi Oktoberfest festivalida odamlarni namoyish qilib kelgan.

    Berlin ko‘rgazmasi ham “odamlar hayvonot bog‘lari”ga qarab ortga nazar tashlamoqda

    Germaniyada ilk mustamlaka ko‘rgazmasi 1896-yilda o‘tkazilgan. Ko‘rgazma doirasida Berlinning Treptov tumanidagi bog‘da qishloqcha tashkil qilindi va u qoratanlilar uchun kamsituvchi nom bilan ataldi.

    Germaniyaning mustamlakalaridan yolg‘on va’dalar bilan keltirilgan 106 nafar afrikalik Berlinda yetti oy davomida ekzotik liboslardagi qishloq aholisi sifatida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

    Berlin jamoatchilik muzeyidagi “Ortga nazar tashlab” ko‘rgazmasi

    Berlin jamoatchilik muzeyidagi “Ortga nazar tashlab” ko‘rgazmasi
    Foto: DW

    2021-yil oktabrida Treptov muzeyida qayta ochilgan “Zurückgeschaut” (“Ortga nazar tashlab”) yangilangan doimiy ekspozitsiyasi tarixning ushbu qayg‘uli bobiga oydinlik kiritadi va buyumlarga aylantirilgan odamlar biografiyalarini keltirib o‘tadi.

    Shuningdek, jonli eksponatlar o‘zlari uchun belgilangan rollardan chiqib ketib, mahoratli mustamlakachilar qarshilikka uchragani ham ko‘rsatib berilgan.

    Masalan, kamerunlik Kvelle Ndumbe durbin sotib olib, u orqali tomoshabinlarni kuzatgan.

    Xuddi shu mexanizmlar bugun ham bor

    Kutenyening so‘zlariga ko‘ra, “odamlar hayvonot bog‘lari” asosida yotuvchi irqiy qarashlar konsepsiyasi bugun ham mavjud. Uning tanasi rangi to‘qroq bo‘lgan hamkasblari bunga har kuni, masalan ish yoki ijaraga uy qidirishda duch keladi. Uning aytishicha, bu doim bir xil jarayondir: “Men sendan ustunroqman” deya olish uchun tafovutni ta’kidlab ko‘rsatish.

    “Bolalar irqchi bo‘lib tug‘ilmaydi, — deydi u. — Biz farzandlarimizni shunday tarbiyalaymizki, ular boshqa odamlarni farqli va noraso deb ko‘radi”.

    Twitter foydalanuvchilari tarixiy irqchilik va “odamlar hayvonot bog‘lari” mavzusida o‘zlari duch kelgan suratlar bilan bo‘lishgan. Ular orasida 1900-yilda Kopengagendagi etnologik ekspozitsiyada qirg‘izlar ko‘rgazmasi aks etgan suratlar ham bor.

    Qirg‘izlar ko‘rgazmasi, 1900-yil, Kopengagen

    Qirg‘izlar ko‘rgazmasi, 1900-yil, Kopengagen
    Foto: Twitter / @shoko_tendo

    Qirg‘izlar ko‘rgazmasi, 1900-yil, Kopengagen

    Qirg‘izlar ko‘rgazmasi, 1900-yil, Kopengagen
    Foto: Twitter / @shoko_tendo

    Yana bir fotosurat 1958-yili Belgiyadagi jahon festivalida olingan bo‘lib, unda odamlar “volyer”dagi afrikalik qizaloqni tomosha qilmoqda.

    “Odamlar hayvonot bog‘i”dagi afrikalik qizaloq

    “Odamlar hayvonot bog‘i”dagi afrikalik qizaloq
    Foto: Twitter / @mashbotoy

    15.11.2022, 07:15   Izoh (0)   22361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina Moliya vazirligi hamkorlardan 7,8 milliard dollar olishni rejalashtirmoqda

    14.11.2022, 23:28

    Bayden rus qo‘shinlarining Xersondan olib chiqilishiga izoh berdi

    14.11.2022, 22:15

    Xitoy raketasi kosmosda portlab ketdi

    14.11.2022, 21:56

    Ukrainada Rossiya tomonidan jang qilgan tankchi 12 yilga qamaldi. U Mariupoldagi uylarni o'qqa tutgan

    14.11.2022, 21:34

    Kurdlar Istanbuldagi teraktga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi

    14.11.2022, 21:00

    Jim Kerridan Stepan Banderaning nabirasigacha: Rossiya Kanadaning 100 nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

    14.11.2022, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.