Markaziy bank 2022-yilning 10 oyida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yil boshidan beri eng ko‘p ipoteka kreditlari berilgan hududlar orasida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 3,53 trln so‘m.
Ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyati (955 mlrd so‘m)egallagan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati (948 mlrd so‘m) uchinchi bo‘ldi.
Ipoteka kreditlarining eng kam miqdori Sirdaryo viloyatiga tegishli — 260,7 mlrd so‘m.
Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston( 358,9 mlrd so‘m), Jizzax (433,9 mlrd so‘m) va Xorazmda (469 mlrd so‘m) ham nisbatan kam miqdorda kredit ajratilgan.
Yil boshidan beri ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari:
- Moliya vazirligi — 8,3 trln so‘m;
- Bank o‘z mablag‘lari — 2,9 trln so‘m;
- Ipotekani qayta moliyalashtirish manbalari — 143,1 mlrd so‘m.
Avvalroq global uy-joy narxlarining inqirozi yaqinlashayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)