• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Mahalliy investorlar iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi” — xorijiy mutaxassis iqtisodiy forum haqida fikrlarini bildirdi

    Bne intellinews nashri bosh muharriri Ben Aris Samarqandda bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi haqida “Daryo” uchun maxsus maqolasini taqdim etdi.

    Foto: Renegade

    Foto: Renegade
    4—5-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi muvaffaqiyat bilan o‘tdi.

    O‘zbekiston mintaqadagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, kuchli o‘sish sur’atlariga erishmoqda. Mamlakat retsessiyaga uchramaydigan, balki yiliga 6 foizga o‘sishda davom etadigan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi.

    Garchi mamlakatda 12 foizlik yuqori inflyatsiya qayd etilgan bo‘lsa ham, Markaziy bankning konservativ siyosati inflyatsiyani ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Yevrosiyoning aksariyat qismida Markaziy banklar narxlarning o‘sishini oldini olish uchun stavkalarni agressiv ravishda oshirishga majbur bo‘lmoqda.

    Lekin eng quvonarlisi mamlakatda aholi sonining keskin o‘sishidir, chunki mintaqadagi aksariyat davlatlar fuqarolari sonining qisqarishi sababli demografik falokatdan aziyat chekmoqda.

    O‘zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari orasida aholi soni bo‘yicha eng kuchli o‘sishga ega bo‘lib, yaqin uch yil ichida fuqarolar soni bo‘yicha ham Ukraina, ham Polshani ortda qoldirishi kutilmoqda. Bu esa uzoq muddatli barqaror o‘sishning asosi bo‘ladi.

     

    Biroq aholining tez o‘sib borayotgani hukumatga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda, chunki ko‘payib borayotgan yoshlarini ish bilan ta’minlash zarur. Shu bois anjuman “Xalq iqtisodiy islohotlar markazida” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Hukumat va Xalqaro moliya institutlari dasturlari oddiy fuqarolarning turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, daromadlarni ikki baravar oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratadi.

    Konferensiya islohotlarning ikkinchi bosqichi va yangi besh yillik rejaning boshlanishini anglatadi. Oxirgi reja muvaffaqiyatli bo‘ldi, chunki u o‘zgarishlar uchun zamin yaratdi va iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi sezilarli darajada oshdi.

    Davlat iqtisodiyotda jiddiy ishtirok etishda davom etayotgani uchun xususiylashtirish asosiy o‘zgarish bo‘lib qolmoqda. Masalan, bank sektori — davlatga tegishli Qishloq Qurilish Bankning birinchi IPO’si joriy yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

     

    Xuddi shunday, “UzAvto” va “O‘zmetkombinat”ning birinchi aksiyalari yaqin orada Toshkent fond birjasi listingi bilan amalga oshirilishi kutilmoqda. Birjaning o‘zi esa Clearstream xalqaro to‘lovlar va hisob-kitoblar tizimiga ulanish bosqichida.

    Bu yakunlangach, xalqaro investorlar O‘zbekiston kapital bozorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rossiya, Ukraina va Gruziya kabi mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, Clearstream bilan bog‘lanishdan so‘ng, milliardlab dollarlik investitsiya kapitali mahalliy kapital bozoriga kelib tushadi. Shundan so‘ng, ular hukumat va yetakchi mahalliy korporatsiyalar uchun asosiy yangi moliya manbalariga aylanadi.

    Biroq ushbu dalda beruvchi o‘zgarishlarga qaramay, konferensiya delegatlari oldinda uzoq va qiyin yo‘l bor deb o‘ylamaydi: uchta yetakchi kompaniyaning IPO’sida faqat kichik miqdordagi aksiyalar (10 foizdan kam) chiqarilgan, undan keyin ham kompaniyalar asosan hukumat nazorati ostida qoladi, — deb yozadi mutaxassis.

    Ularni xususiylashtirish va aksiyadorlar, shu jumladan davlat va kichik chakana investorlar oldida shaffof hisobot berish jarayoni bir necha yil davom etadi.

    Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va jozibador ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha qonunchilik bazasini modernizatsiya qilish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bir necha yil davom etishi kutilmoqda.

    Hukumat oldinda turgan muammolarni tushunishini va islohotlarni davom ettirishga to‘liq sodiqligini ko‘rsatdi, ammo konferensiyadagi aksariyat sessiyalarda yana bir takrorlanadigan mavzu — dunyo misli ko‘rilmagan “noaniqlik” davrini boshdan kechirayotganini unutmaslik kerak.

     

    Investorlar O‘zbekiston kabi chegara bozoriga sarmoya kiritishda allaqachon ehtiyotkor bo‘lmoqda, ammo hozir Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli bu yanada qiyinlashmoqda.

    Butun dunyo bo‘ylab inflyatsiya va Markaziy banklar pul-kredit siyosatining keskinlashuvi O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatdi, chunki bu xalqaro kapital bozorlarida qarz olish narxini qimmatlashtirdi.

    Clearstream’ga ulanish hukumatga yaqinda so‘mdagi obligatsiyalar chiqarilishi 1 milliard dollardan oshgan ichki obligatsiyalar bozorida yangi xalqaro investitsiyalarga kirish imkonini beradi, — deyiladi maqolada.

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki noyabr oyida O‘zbekistonning davlat so‘midagi obligatsiyalarini sotib olgan birinchi xorijiy investor bo‘ldi. Ammo xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashuv jarayonini yakunlash uchun kamida bir yil yoki undan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

    Shu bilan birga, noaniqlik sharoitida hukumat xususiy kapitalni jalb qilish asosida o‘sish modelini o‘zgartirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan investitsiya dasturlari bilan hamkorlikda tashqi kapitalni jalb qilish uchun DXSH (davlat-xususiy sheriklik) mexanizmidan foydalanish niyatida.

     

    Turkiyalik hamkorlar bilan Toshkentda yangi va yuqori samarali gaz yoqilg‘isi elektr stansiyasini qurish kabi bir qancha muvaffaqiyatli DXSH loyihalari allaqachon amalga oshirilgan.

    Ammo DXSH loyihalarini tashkil qilish qiyin va agar o‘sish xususiy kapital oqimiga asoslangan bo‘lsa, mamlakat jalb qilishi kerak bo‘lgan umumiy to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘rnini bosa olmaydi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali kichik aktivlarni xususiylashtirish natijasida jalb etilayotgan muhim xususiy kapital manbalari joriy yil oxirigacha qariyb 1 milliard dollarlik mingga yaqin aktivlarni sotuvga tayyorladi.

    Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy sammitda boshlangan O‘zbekistondagi islohotlarning ikkinchi bosqichi nomi bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston”ga o‘tishda xorijiy investorlar katta rol o‘ynaydi, — deb yozadi Ben Aris.

    O‘zbekistonni jozibador sarmoyaviy yo‘nalishga aylantirish bo‘yicha o‘zgarishlar davom etar ekan, mahalliy investorlar iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

    “Daryo”ning “Forum shunchaki pulni behuda sarflash vositasi bo‘lib qolmadimi?” degan savoliga Ben Aris quyidagicha javob berdi:

    Menimcha bunday emas. Ammo reja xususiy kapitalga o‘tish jarayoniga kuchli tayangan. Hukumat xususiylashtirish qancha vaqt davom etishi haqida qanday to‘xtamga kelganidan bexabarman. Bu jarayonda birdan ko‘p narsa kutish yaramaydi, chunki xususiylashtirish qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon.

    Shu sababli, mahalliy kapitalga tayanuvchi B rejasi kerak. Bu esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligining zimmasidagi ish. Hozir O‘zbekistonda iqtisodiyot mustahkam, chunki inflyatsiya nazorat ostida. Zaxira va o‘sish kuchli. Demak, hukumat bosim ostida emas.

    Jarayon sekin amalga oshirilsa yaxshi bo‘ladi. Demak, hukumat sarmoyadorlar ishonchini suiiste’mol qilmaslik uchun ko‘p mehnat qilishi kerak.

    Biroq investorlar hukumat va’dalarini buzmasligiga ishonch hosil qilishi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Bu bir necha yil davom etishi mumkin. Lekin forum to‘g‘ri yo‘nalishda qadam tashladi.

    09.11.2022, 23:55   Izoh (0)   23255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Urushning O‘zbekistonga ta’siri kutilganidan kam bo‘ldi” — XVJ departamenti direktori Jihad Azur

    09.11.2022, 21:55

    Sarimsoq piyoz qimmatlagan, kivi arzonlagan: O‘zbekiston bozorlarida noyabr oyida narxlar qanday bo‘lmoqda?

    09.11.2022, 21:32

    Rossiyadan ham qimmatroq: O‘zbekistonda pomidor narxlari rekord darajaga yetdi

    09.11.2022, 20:59

    O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda — Financial Times

    09.11.2022, 11:50

    Yevropa Ittifoqidagi gaz bilan bog‘liq vaziyat uzoq yillik tanqislikka sabab bo‘ladi — Bloomberg

    08.11.2022, 21:31

    Tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlarni qoplash kafolati: bog‘ va uzumzorlarni qanday sug‘urtalash kerak?

    08.11.2022, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.