Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga ikki bolasi bilan oziqlanib yurgan ona ayiq muhrlandi.
Qayd etilishicha, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i O‘zbekistonda muhofazaga olingan noyob hayvonlardan biri bo‘lib, zaif, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Qo‘ng‘ir ayiqning ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmasa-da, hid bilish va eshitish qobiliyati kuchli. Daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar boshqa ayiqlar bilan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan hududiy nizolarning oldini oladi. Videotasvirda ham shu holatlarni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)