• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum menda juda bir tashvishli hissiyot uyg‘otdi” — iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida Samarqanddagi iqtisodiy forum va mamlakat iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi fikrlarini bildirgan.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    2022-yil 3-4-noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan ikkinchi iqtisodiy forum menda juda bir tashvishli hissiyot uyg‘otdi. Bunga bir qancha faktlar sabab bo‘ldi.

    Birinchidan, forumni tayyorlagan mamlakatimizning iqtisodiy boshqaruv bloki rahbarlari bunday forumni o‘tkazishga umuman tayyor emasligi ochiq-oydin ko‘rindi. Bunga biz faqatgina asosiy sessiyadagi savol-javoblardan emas, balki barcha berilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, amin bo‘ldik.

    Bunday iqtisodiy forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston iqtisodi bugun (bu yilning dastlabki natijalari bo‘yicha) qay ahvolda, qanday yutuqlarga erishildi-yu, qanday muammolarga duch kelindi, bu muammolarni hal qilish uchun qanday rejalar ishlab chiqildi va amalga oshirilyapti, degan an’anaviy savollarga javob berish.

    Maqsad – bizga katta miqdorda qarz bergan xalqaro moliyaviy institutlarni O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgani, bu rivojlanish tagida juda kuchli va uyg‘un iqtisodiy zamin – drayverlar borligi, mamlakat iqtisodiyotini boshqaruvchi rahbarlar vujudga kelgan tahdidlarni ko‘ryapti, ularga to‘g‘ri baho beryapti va ularni negativ ta’sirini kamaytirishga konkret amallarni qo‘llayapti, degan messejni (asosiy g‘oyani) tarqatish va unga barchani ishontirish. Xo‘sh, butun o‘tgan uchrashuvlar va munozaralar davomida biz bu savollarga aniq va to‘laqonli javoblar oldikmi? Aniqki, yo‘q.

    Hamma gap bizning ortiqcha manmanligimizda. Bizda investor va davlat, xalq va davlat, tadbirkor va davlat o‘rtasida samarali va surunkali muloqot maydoni yo‘q. Prezident tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va viloyatlarga tashrif davomida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar fundamental iqtisodiy ziddiyatlarning tabiatini ochib bermaydi. Eng yaxshi ko‘rinishda bu uchrashuvlar juda yonib turgan va tez hal qilsa bo‘ladigan muammolar yechimini topib beradi.

    Natijada forumdagi asosiy (panel) uchrashuvni olib borayotgan notiqning (Bloomberg TV muxbiri Rayan Chilkot – tahr.) oddiy va tabiiy savolariga javob berishga ham biz tayyor emasmiz. Aniqki, bizda qo‘yilgan savollarga aniq tadbirlar va hisoblarga asoslangan javobning o‘zi yo‘q. Aminmanki, asosiy sessiyani olib borayotgan notiq ham bunchalik abgor holni kutmagan edi.

    Ikkinchidan, aslida iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning nutqi emas (u yerda biz biror yangi yoki e’tiborni jalb qiladigan gap eshitmadik), balki moliya vaziri Timur Ishmetovning nutqi juda katta diqqatga sazovor edi. Moliya vaziri vujudga kelgan jiddiy iqtisodiy tanglikni ochiq tan oldi va davlat budjeti kamomadi, davlat xarajatlari o‘sib borayotgani ortida turgan xavfni alohida ta’kidlab o‘tdi va inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan tadbirlar ko‘ngildagidek natija bermayotganini alohida urg‘uladi. Aynan shu faktlar bizni juda jiddiy o‘ylantirishi kerak edi. Va biz moliya vaziridan o‘zi ko‘rsatib o‘tgan tahdidlarning negativ ta’sirini kamaytirish borasida hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralar ro‘yxati va amaldagi statusini bilishimiz kerak edi. Afsus-ki, bu tabiiy savollar ham chetlab o‘tildi.

    Aytish kerakki, Markaziy bank nomonetar tabiatga ega bo‘lgan inflyatsiya bilan monetar yo‘llar orqali kurashmoqchi. Bu qo‘pol qilib aytganda to‘pponcha bilan tankni yo‘q qilishga urinishga o‘xshaydi. Chunki inflyatsiya o‘ziga bog‘liq narsa emas. Urush bo‘ldi. Inflyatsiya import qilingan mollar bilan kirib kelmoqda. Biz inflyatsiyani import qilyapmiz. O‘zimizda inflyatsiya yuqoriligi va narxlar o‘sib ketishiga katta sabab – iqtisodiyotning monopolistik strukturasidir. Bu yerda monetar siyosatning hech qanaqa ahamiyati yo‘q. Biz uchun inflyatsiya 13 foiz nima-yu, 15 foiz nima, bizga eng muhimi 5 so‘m bo‘lsa ham ishlab topish.

    Uchinchidan, biz yana asosiy e’tiborni mamlakatimiz tomonidan jalb qilinayotgan qarzlarga qaratdik. Menda shunday bir taassurot qoldiki, biz olgan qarzi bilan maqtanadigan dunyodagi yagona mamlakatmiz. Forum natijasi bo‘yicha baralla ovoz bilan aytildiki, biz xalqaro moliyaviy tashkilotlardan yana qo‘shimcha 900 million AQSH dollari hisobida tashqi davlat qarzlarini jalb qildik. Tashqi qarzimiz kamaygani, tashqi qarzni jalb qilish xarajatlari (narxi) kamaygani haqida emas, yanada ko‘proq qarzga botganimiz bilan ko‘kragimizni keng qilamiz.

    Vaholanki, moliya vaziri olingan tashqi qarzlar aynan qaysi sohalarda ishlatilgani va u mamlakatimizga qanday ko‘zga ko‘rinadigan, statistik hisobotlarda tasdiqlangan foydalarni keltirgani, qaysi sohalarda foyda o‘rniga zarar olingani haqida gapirsa, hamma uchun ko‘proq foydaliroq bo‘lardi.

    To‘rtinchidan, biz iqtisodiy rivojlanish modelimizning asl ma’nosi nimadan iborat ekani haqida hech kimga hech qanday tushuncha bermadik. Boz ustiga, mamlakat ichida bir necha marta qattiq tanqidga sabab bo‘lgan inflyatsiyani jilovlash siyosatini juda muhim ekanini yana bir marotaba ma’qulladik.

    Aslida esa bu siyosat tashqi investitsiyalarga butunlay bog‘lanib qolganimiz va mamlakatning mavjud ichki iqtisodiy potensialini mana 3 yildirki qo‘llab-quvvatlamaganimiz bilan birgalikda O‘zbekiston iqtisodiyotini butunlay orqaga tortayotganini hech tan olmadik. Rasmiy raqamlarga e’tibor bersak, bu gaplarni isbotini to‘la ko‘rishimiz mumkin.

    2004-2015-yillar davomida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining o‘sish sur’atlari yiliga kamida 7-8 foizni tashkil etgan. 2016-2021-yillar davomida biz faqatgina 2021-yilda 7,4 foiz miqdorida YIM hajmi o‘sishiga erishdik.

    Bu voqelikning asosiy sabablari – aylanmadagi pul massasining iqtisodiyot o‘sish sur’atlaridan, mamlakatga jalb qilingan investitsiya hajmlaridan ortda qolishi (inflyatsiyani jilovlash borasidagi siyosat tufayli) hamda kichik va o‘rta biznesning soliq va kredit siyosati ta’sirida mamlakat iqtisodiyotidagi nufuzi keskin tushib ketishida.

    Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalar miqdori 2004-2016-yillarda (13 yil davomida) umumiy miqdorda 48,6 trillion so‘mga o‘sgan bo‘lsa, 2017-2021-yillarda (5 yil davomida) 188,32 trillion so‘mga o‘sdi (3,87 barobar). Lekin bu ko‘rsatkichning YIM o‘sish sur’atlariga deyarli ta’sir qilmaganini ko‘rishimiz mumkin.

    Lekin 2013-2022 (yilning 9 oyi natijasi bo‘yicha) yillar mobaynida “tor pul massasi – M1 agregati” ko‘rsatkichi 68,84 trillion so‘mga (6,47 barobar) o‘sgan, banklardagi depozitlar xajmi esa 81,65 trillion so‘mga o‘sgan (yoki 8,37 barobar). Shu jumladan, chet el valyutasida bo‘lgan depozitlar xajmi 44,55 trillion so‘m (yoki 9,05 barobar) o‘sgan. Boshqacha qilib aytganda, inflyatsiyani jilovlash siyosati ortidan jalb qilingan investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga xizmat qilishi o‘rniga, asosan, banklarda depozit sifatida jamlanib borgan.

    Aynan shu yillar davomida kichik va o‘rta biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini yaratishdagi ulushi deyarli 70 foizdan 50 foizgacha tushib ketdi. Boz ustiga davlat xarajatlari keskin o‘sib, davlat budjeti kamomadi 0,5 foizdan 4 foizgacha ko‘tarilib ketdik.

    Demakki, biz tanlagan iqtisodiy rivojlanish modeli ishlamayapti, teskari natijalar beryapti va buning sabablari fundamental tabiatga ega.

    Bu ahvolni negativ ta’sirini kamaytirish uchun tezda bank kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida tushirish, iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlovchi “iqtisodiyotdagi pul massasini oshirishga qaratilgan yumshatish” siyosatini amalga oshirish va kichik va o‘rta biznesga bo‘lgan turli pul almashuvi cheklanishlarini bosqichma-bosqich yo‘qotish hamda soliq og‘irligini kamaytirish, davlat xarajatlarini keskin qisqartirish kerak. Bu omillarning aniq yo‘nalishlari va samarasi haqida alohida gaplashishimiz mumkin.

     Abdulla Abduqodirov, iqtisodiy tahlilchi

    08.11.2022, 20:19   Izoh (0)   27203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada musodara qilingan Nexia-3 ni qariyb 4 ming dollarga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    08.11.2022, 19:57

    O‘zbekiston 9 oyda Rossiyaga 73 mingta televizor eksport qildi

    08.11.2022, 19:51

    Samarqandda hujjatlarsiz, mast holda mashina boshqargan haydovchi YPX xodimlaridan qochishga urindi

    08.11.2022, 19:45

    AQSH diniy erkinlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi

    08.11.2022, 19:18

    Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi? Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari javob berdi

    08.11.2022, 19:11

    “Befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz”. Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

    08.11.2022, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.