• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi? Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari javob berdi

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot, xususan, noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga qarshi kurashish doimgidan-da dolzarb bo‘lib bormoqda. Sababi so‘ngi 2 yil ichida respublikada tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi 4 foizdan 15 foizga ortgan.

    Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma bosh inspektori Salimjon Mamatqulovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, qo‘mita xodimlari tomonidan joriy yil davomida bir qator noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yilgan.

    “O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan davrida 19 ta holatda 67 million 400 ming so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olib qo‘yildi. Bunga ayrim “tadbirkorlar” tamakini noqonuniy savdoga qo‘ygani sabab bo‘lgan. Hukumatning 2021-yil 7-yanvardagi qaroriga asosan, sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Unga muvofiq, sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish tartibi belgilangan”, – dedi mutaxassis.

    Salimjon Mamatqulov

    Salimjon Mamatqulov
    Foto: “Daryo”

    Salimjon Mamatqulovning aytishicha, tamaki mahsulotlari sotish litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyat emas.

    “O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari sotish uchun faqat yuridik shaxslarga ruxsat berilgan. Respublikada tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Qonunchilikka ko‘ra, ulardan mahsulot sotib olish pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Yuridik shaxslar onlayn nazorat kassa bilan ta’minlangan bo‘lishi shart”, – dedi u.

    Davlat soliq qo‘mitasi departament bosh inspektori Otabek Tangriberganovning ma’lum qilishicha, sohada noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri markirovkalash tizimidir.

    Otabek Tangriberganov

    Otabek Tangriberganov
    Foto: “Daryo”

    “Noqonuniy olib kirilgan tamaki mahsulotlari aksiz markasiz bo‘ladi. Aksiz markasi yo‘qmi, demak davlatga aksiz solig‘i ham to‘lanmagan. Shuning hisobiga bunday tovarlar narxi arzon. Inson sog‘lig‘iga juda salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qayerdan kelib chiqishi ham noma’lum. Sotilayotgan bo‘lsa, bu haqda manzil, qanday mahsulotni noqonuniy sotilayotgani haqida soliq organlariga xabar berish lozim. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, belgilangan tartibda noqonuniy mahsulotlar olinadi. Qolaversa, sigareta qutisida mahsulot sog‘liq uchun zararli ekanini ifodalovchi ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi ham shart. Agar ular bo‘lmasa, mahsulot qalbaki hisoblanadi.

    Soliq kodeksining 227-prim 1-moddasiga asosan, bunday xatti-harakatlar tadbirkorlik subyektining oldingi chorak sof tushumi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Masalan, bir dona sigareta yoki boshqa tamaki hamda alkogol mahsulotidan qoladigan foyda 5-10 ming so‘m bo‘lsa, korxonaning oldingi chorak sof tushumi turlicha, masalan, 50-100 million so‘m yoki milliard so‘m bo‘lishi mumkin. O‘sha sof tushumining jami miqdori jarimaga tortiladi. Bu juda ham katta miqdordagi jarima. Shuning uchun tadbirkorlardan savdo va markirovka qoidalariga rioya qilishni iltimos qilamiz”, – deydi bosh inspektor.

    Mavzuga doir:

    • “Byudjetga tushmayotgan soyadagi pullar”. O‘zLiDeP press-klubida yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi (video)
    • “Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat
    • “Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat

    08.11.2022, 19:11   Izoh (0)   15865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz”. Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

    08.11.2022, 18:51

    O‘zbekiston Izmir shartnomasini ratifikatsiya qilishi kutilmoqda

    08.11.2022, 18:32

    “O‘zyo‘linspeksiya”ga qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgani yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar soni oshdi

    08.11.2022, 18:22

    O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining Xitoy bozoriga eksporti kengaytiriladi

    08.11.2022, 18:14

    Maktablarga qarashli qancha yer maydoni noqonuniy olib qo‘yilgani ma’lum qilindi

    08.11.2022, 18:08

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi bo‘yicha yangi tartib o‘rnatiladi

    08.11.2022, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.