Farg‘ona viloyatida fuqaroga musodara qilingan avtotransport vositasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro G.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, unga 3 900 dollar evaziga musodara qilingan Nexia-3 avtomashinani olib berishini aytgani aniqlangan. E.X. fuqaroning 2 900 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tekshiruv davomida uning xonadonida prokuratura organlari xodimlarining eski va yangi namunadagi xizmat kiyimlari mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)