O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida xorijga qiymati 23,4 million dollarga teng bo‘lgan 135,9 mingta televizor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, televizor eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,2 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 9 oyda eng ko‘p televizor eksport qilingan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 73 mingta;
- Ozarbayjon – 40,5 mingta;
- Qozog‘iston – 12,8 mingta;
- Tojikiston – 2,7 mingta;
- Turkmaniston – 2,2 mingta;
- Qirg‘iziston – 1,6 mingta;
- Armaniston – 1,2 mingta.
Izoh (0)