• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda havo tobora ifloslanib bormoqda. Mutasaddilar bunga qarshi choralar haqida ma’lumot berdi

    AOKAda 27-oktabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, “O‘zgidromet” markazi direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev, boshqa vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi holatining kelib chiqish sabablari va ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot va OAV vakillari savollariga javob berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda atmosferaga zararli tashlanmalarning 58 foizi (1,4 million tonna) avtotransport vositalariga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 93 foiz (397 ming tonna)ni tashkil etmoqda.

    So‘nggi 100 yil davomida global miqyosda havo haroratining ko‘tarilishi 1,2 gradusni tashkil qilgan bo‘lib, mintaqada ushbu ko‘rsatkich 2 gradusga oshgan.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda:

    Birinchidan, atrof-muhitga ta’siri bo‘lgan korxona va tashkilotlar, shu jumladan, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlovchi korxonalar (obyektlar) faoliyati ekologik normativlar belgilash orqali tartibga solinmoqda.

    Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi obyektlar bo‘yicha kategoriyasiga (I-IV) muvofiq ekologik normativlar belgilanib, ekologiya organlari tomonidan ekspertiza xulosalari taqdim etilmoqda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida yangi ishga tushirilayotgan har bir obyekt bo‘yicha samaradorlik darajasi 99,5 foizdan hamda faoliyat yuritayotgan obyektlar bo‘yicha samaradorlik darajasi 95 foizdan kam bo‘lmagan chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish majburiyati belgilanmoqda.

    Elektron hujjat almashinuvi tizimi orqali joriy yilning 9 oyi davomida 14 984 ta korxona va tashkilotlarga, shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha 100 dan ortiq atrof-muhitga ta’siri yuqori va o‘rta darajada bo‘lgan xo‘jalik subyektlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosalari taqdim etilgan. Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish maqsadida 2022—2023-yillarga mo‘ljallangan dastur asosida 270 ta korxonaning 1100 ga yaqin filtrni yangilash amalga oshiriladi.

    Hozirda yangi avtotransport vositalarining faqatgina “Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifalarga javob beradigan modellarini import qilish tartibi joriy etildi. Ayni paytda avval foydalanishda bo‘lgan transport vositalarini import qilishda ham ularning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash bo‘yicha milliy standart loyihasi ishlab chiqilmoqda.

    Ikkinchidan, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Atrof-muhitga ta’siri yuqori va o‘rta bo‘lgan korxona va tashkilotlar faoliyati ustidan muntazam ravishda monitoring amalga oshirilmoqda. So‘nggi 2 yilda monitoring dasturiga kiritilgan korxonalar soni qariyb 2 barobarga ko‘payib, hozirgi kunda qamrab olingan korxonalar soni 800 tani tashkil etmoqda. Toshkent shahrida 63 ta obyekt monitoring dasturi doirasida ekologik nazorat tizimi bilan qamrab olingan.

    Tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha ekologik monitoring kuzatuvlari Davlat ekologiya qo‘mitasining Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi va hududiy analitik laboratoriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘mita tizimidagi laboratoriyalarni zamonaviy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rtacha 70 foizga yetkazildi. Analitik nazorat markazining sinov laboratoriyalari majmuasiga ISO/IEC 17025:2019 davlat standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

    Uchinchidan, atrof-muhitga xavfi yuqori va o‘rta bo‘lgan obyektlar faoliyati ustidan ekologiya organlari tomonidan inspeksion nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2022-yilning 9 oyi davomida 648 ta subyektda davlat ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilib, atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantirganlik uchun 49,5 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari belgilangan. Shundan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun 9,5 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari hamda qonunbuzilishi holatlari yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan 411 million so‘m jarimalar belgilangan.

    Toshkent shahrida joriy yilning o‘zida 60 dan ortiq subyektlarda ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilib, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 13,5 milliard so‘m dan ortiq kompensatsiya to‘lovlari,shu jumladan, atmosfera havosiga me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun 2 mlrd so‘m dan ortiq kompensatsiya to‘lovlari belgilandi.

    Shu bilan birga, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 22 ta korxona faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sud organlariga tegishli hujjatlar kiritilib, shundan bugungi kungacha 15 ta korxonalar faoliyati ekologik talablar to‘liq bajarilgunga qadar to‘xtatildi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent havosining sifatsizligi va zararliligi bo‘yicha dunyoda bugun ham 1-o‘rinda
    • “Inson salomatligi uchun o‘ta xavfli”: Toshkent havosi bir muddat nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi
    • Yog‘ingarchilikning yo‘qligi, kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi: Toshkent havosi nega ifloslandi?
    • “Vaziyatni faqatgina yomg‘ir yaxshilashi mumkin”. Iqlimshunos Toshkent havosining keskin ifloslanish sabablarini aytdi

    27.10.2022, 23:01   Izoh (0)   17182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonni Putin rejimiga sherik qilib ko‘rsatganingiz uchun uzr so‘rashingiz kerak” — faollar Dmitriy Gordonga keskin munosabat bildirdi

    27.10.2022, 22:48

    “Daryo” kundaligida 27-oktabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    27.10.2022, 22:00

    Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

    27.10.2022, 22:00

    Minglab gektarda pista plantatsiya, aholi uchun arzon uylar va 500 o‘rinli tikuv fabrika: Dehqonobod hokimi deputatlar kengashida berilgan va’dasini uddalayaptimi?...

    27.10.2022, 21:39

    O‘zbekiston aholisining zichligi bo‘yicha ma’lumot berildi

    27.10.2022, 21:27

    “Noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz” — Shavkat Mirziyoyev

    27.10.2022, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.