Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, raqamlar 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan. Aholi zichligi hududlar kesimida:
- Qoraqalpog‘iston – 11,8 kishi;
- Andijon viloyati – 768,4 kishi;
- Buxoro viloyati – 49,7 kishi;
- Jizzax viloyati – 69,1 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 121,2 kishi;
- Navoiy viloyati – 9,5 kishi;
- Namangan viloyati – 400,4 kishi;
- Samarqand viloyati – 244,2 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 138,8 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 208,5 kishi;
- Toshkent viloyati – 196,6 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 584,9 kishi;
- Xorazm viloyati – 321,8 kishi;
- Toshkent shahri – 6549,4 kishi.
Izoh (0)