O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi.
Davlat rahbari o‘z nutqida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqirdi.
“Yevropalik hamkorlarni mintaqamiz xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng tanishtirish maqsadida biz noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Bunday tadbirlarni har yili – Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tarafdorimiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari turizm sohasida yirik imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusi yilda Xiva shahrida o‘tkaziladigan “Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo” birinchi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakchi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etishni taklif etdi.
Izoh (0)