Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkentda gazlangan ichimlik reklamasida axloqsiz harakatlar qilinganiga munosabat bildirgandi. Holat yuzasidan shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ham ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ikki qizning uyatsiz-buzuq harakatlari aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi.
15—16-oktabr kunlari Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasi oldida o‘tkazilgan “Drift shou” tadbirida reklama firmalaridan biri ichimlik suvini reklamasi uchun ikki nafar qizni yollagan. Ushbu qizlar, ya’ni 1993-yilda tug‘ilgan Yu.B. hamda 1985-yilda tug‘ilgan A.K. tadbir davomida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etib, jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda A.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarilk to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga taqdim etildi.
Izoh (1)
Халқдан кечирим сўраб чиқиши керак бундай ахлоқсиз харакати учун.