Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda mintaqa mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.
Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi
Izoh (0)