Amerikaning General Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisi uchinchi chorakda uning sof foydasi 3,3 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 37 foizga ko‘p.
Korporatsiyaning umumiy daromadi 41,8 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan 56 foizga ko‘pdir.
Kompaniya unumdorlikning mustahkam o‘sishini butlovchi qismlar ta’minoti yaxshilanishi bilan izohladi.
Bu, xususan, GM avtomobillarining asosiy turlari — to‘liq o‘lchamli pikaplar va hashamatli Cadillac Escalade modelining kuchli sotilishiga olib keldi.
Bundan tashqari, GM o‘zining Chevrolet Bolt EV va Bolt EUV elektr modellari savdosini oshirib, AQSH elektromobil bozoridagi ulushini 8 foizga yetkazdi.
Yaxshi talab tufayli GM Chevrolet Bolt EV va Bolt EUV elektromobillarini ishlab chiqarishni joriy yilda 44 ming donadan keyingi yilda 70 mingtagacha oshiradi.
Kompaniya, shuningdek, 2022-yilga mo‘ljallangan 13-15 milliard dollarlik sof daromad bo‘yicha ko‘rsatmalarini yana bir bor tasdiqladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori General Motors’ning choraklik natijalariga ijobiy munosabatda bo‘ldi — ular e’lon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalari 4 foizga o‘sdi.
Izoh (0)