25-oktabrdagi birja savdolarida oltin va kumush global dollar kursining pasayishi tufayli ko‘tarilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Nyu-York tovar birjasida oltin uchun dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,6 foizga ko‘tarildi — bir troya unsiyasi uchun 1663,40 dollargacha.
Dekabrda yetkazib berish uchun kumush narxi 0,8 foizga oshib, unsiya uchun 19,34 dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, palladiy 2 foizga tushib, unsiyasi 1928,5 dollarga, platina esa 0,6 foizga tushib, unsiyasi 921,4 dollarni tashkil qildi.
Dollarning oltita valyutaga (yevro, Shveysariya franki, iyena, Kanada dollari, funt sterling va shved kronasi) nisbatan dinamikasi ICE indeks ma’lumotlari e’lon qilingandan so‘ng, 1 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
Avvalroq dollarning mustahkamlanishi dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)