Freedom Holding investitsiya kompaniyasining Rossiya biznesi o‘z nomini “Sifra”ga o‘zgartirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Rebrending Freedom Finance investitsiya kompaniyasi va shu nomdagi bankni sotilishi doirasida amalga oshirilmoqda.
Moliyaviy tashkilotlarning ustav kapitalidagi 100 foiz kompaniya asoschilaridan biri Maksim Povalishin tomonidan sotib olingan. Bitim taxminan 140 million dollarni tashkil etdi.
“Sifra — bu so‘nggi yillarda sanoat rivojlanishining asosiy tendensiyasi sifatida raqamlashtirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan oddiy nom, — deyiladi kompaniya matbuot bayonotida.
Freedom Finance — 2008-yilda tadbirkor Timur Turlov tomonidan tashkil etilgan. Brokerlik, depozitariy va dilerlik xizmatlarini taqdim etadi, asosan AQSH fond bozoridagi faoliyatga e’tibor qaratadi.
2021-yil 1-apreldan 2022-yil 31-martgacha bo‘lgan hisobot davrida Freedom Holding daromadi 565 million dollarga yetdi (yil davomida 60 foizga o‘sishga erishdi).
Freedom Finance investitsion kompaniyasi 2018-yilning aprel oyidan boshlab O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan. Kompaniya mamlakatda moliya brokerligi, investitsiya maslahatlari va bank xizmatlari kabi sohalarda ish yuritadi.
Izoh (0)